Quyosh chiqquncha uyqudan uyg‘onish uchun 6 sabab

Quyosh chiqquncha uyqudan uyg‘onish uchun 6 sabab

Ertalab turishning xosiyati haqida ko‘p va xo‘p gapirilgan. Olimlar ham bu borada o‘z fikrlarini bildirishdi va sahar turish uchun 6 sababni ma’lum qilishdi.

1. Ertalab murakkab qarorlarni qabul qilish oson bo‘ladi

Psixologlarning ta’kidlashlaricha, iroda kuchi ham muskul kuchlari kabi tugaydigan miqdorda bo‘ladi. U kun davomida ozayib boradi va kun oxiriga kelib ertalabki qat’iyatdan asar qolmaydi. Shuning uchun biror og‘ir, yoqimsiz va charchatuvchi ishni bajarish lozim bo‘lsa, bunga ertalabda kirishing, chunki kechga borib bu ishni bajarmaslik uchun minglab bahonalar topasiz.

2. Erta tursangiz vaqtingiz bemalol bo‘ladi

Agar kuningizni shahar hali uyg‘onmasdan boshlasangiz, o‘zingizni uyqudagi qirollikka tushib qolgandek his qilasiz. Hech qanday tirbandlik bo‘lmagan bo‘m-bo‘sh ko‘chalar va xiyobonlar, hech kim qo‘ng‘iroq qilib sizni bezovta qilmaydi.
Butun olam uyquda va bu sizga o‘zingiz istagan ish bilan shug‘ullanish uchun qimmatli soatlarni taqdim etadi.

3. Ertalab kamroq chalg‘iysiz

Ertalab turib Facebook sahifangizni tekshirasiz va bor-yo‘g‘i uchta yangilikni ko‘rasiz. Elektron pochtangizga birorta ham xat kelmagan. Yangiliklar saytlarida ham hali hech narsa chiqib ulgurmagan. Sahar tursangiz mana shunday chalg‘ituvchi narsalardan xoli bo‘lasiz.

4. Ertalabki ko‘tarinkilik butun kunga tatiydi

Agarda bajarishingiz lozim bo‘lgan ishlarning hech bo‘lmasa bittasini erta tongda uddalay olsangiz, qolganlarini ham bajarishga ulgurasiz va kechga borib sizda bo‘sh vaqt paydo bo‘ladi. Ammo ishga kirishishni tushga yaqin boshlasangiz, u holda butun kuningiz tartibsiz va og‘ir o‘tadi. Mo‘ljallagan ishlaringizni bajarishga vaqt yetmay qolishi ham hech gapmas.

5. Ertalab zo‘riqish kam bo‘ladi

Aniqrog‘i, zo‘riqish umuman bo‘lmaydi. Bu vaqtdagi ruhiy holatingizni quyoshning ilk nurlari aks etayotgan suv yuzasiga o‘xshatish mumkin. Bunday kayfiyat bilan istagan ishingizga kirishishingiz mumkin.

6. Kunduzi dam olishga imkoniyat paydo bo‘ladi

Agar erta tursangiz va ishlarni kunning birinchi yarmida bajarib olsangiz, kunduz kuni bir soat maza qilib dam olishingiz uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Barcha asosiy ishlarni bajarib bo‘lgan inson tushlikdan so‘ng ozgina pinakka ketsa buning yomon joyi yo‘q.


О вставании по утрам много говорят. Свое мнение по этому поводу высказали и ученые, назвав 6 причин вставать по утрам.

1. Утром проще принимать сложные решения

По мнению психологов, сила воли равна силе мышц. В течение дня она уменьшается, и к концу дня от утренней решимости не остается и следа. Так что если вам предстоит сделать что-то тяжелое, неприятное и утомительное, начните с утра, потому что вечером вы найдете тысячи отговорок, чтобы этого не делать.

2. Ранний подъем даст вам больше времени

Если вы начнете свой день до того, как город проснется, вы почувствуете, что находитесь в спящем королевстве. Пустые улицы и переулки без движения, никто не удосужится вам позвонить.
Весь мир спит, и это дает вам драгоценные часы, чтобы делать все, что вы хотите.

3. Вы меньше отвлекаетесь по утрам

Вы проверяете свою страницу в Facebook утром и видите только три новости. Вы не получили ни одного письма. Даже на новостных сайтах пока ничего не вышло. Когда вы встаете утром, вы свободны от таких отвлекающих факторов.

4. Утренний бриз приятен на весь день

Если вы сможете сделать хотя бы одно из необходимых дел рано утром, у вас будет время сделать все остальное, а вечером у вас появится свободное время. Но если вы начнете работать около полудня, то весь ваш день будет хаотичным и трудным. Не говоря уже о том, что у вас не будет времени сделать то, что вы намеревались сделать.

5. Утром меньше стресса

На самом деле никакого напряжения нет. Ваше настроение в это время можно сравнить с водной гладью, в которой отражаются первые лучи солнца. С таким настроением можно начинать что угодно.

6. Будет возможность отдохнуть днем

Если вы встанете рано и сделаете дела в первой половине дня, у вас будет возможность отдохнуть в течение часа в течение дня. Нет ничего плохого в том, чтобы немного пообедать после обеда.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: