«QS Global Education News» jurnalida ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi haqida maqola chop etildi

«QS Global Education News» jurnalida ilk bor O‘zbekiston oliy ta’lim muassasasi haqida maqola chop etildi

Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Angliyada chop etiladigan «QS Global Education News» xabarnomasida «TIIAME only Uzbek institution represented in QS EECA rankings (TIQXMMI —QS EECA reytingidan joy olgan O‘zbekistonning yagona instituti)» sarlavhasi ostida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining erishayotgan natijalari to‘g‘risida maqola chop etildi.

Bu haqda institut matbuot xizmati rahbari R.Jumaniyozov xabar bermoqda.
Mana ikkinchi yildirki, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti dunyo universitetlari reytinglarini baholovchi xalqaro reyting agentliklari e’tirofida. 2019-yilda erishilgan yuqori natija O‘zbek OTMlari tarixida Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligining Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reytingida 301-350 o‘rinda qayd etilishi bo‘ldi. Mazkur natija QS ning 2020-yilgi yillik hisoboti (Yearbook) da aks etgan.
Maqolada, TIQXMMIning QS EECA reytingidagi ishtiroki, reytingda 301-350 o‘rinda qayd etilishi to‘g‘risida, institutda yoshlarga yaratilgan global standartlar asosidagi yuqori sifatli ta’lim, ilmiy hamda akademik ishlar olib borish uchun to‘liq jihozlangan laboratoriyalar yoshlarni intellektual qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarib, ularning kelajakda o‘z sohalarining professionallari bo‘lib yetishishlari uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida gap ketar ekan, institut rektori, Respublika Oliy ta’lim kengashining raisi Umurzakov O‘ktam Pardayevichning «pandemiya sharoitida ta’lim berishni bir daqiqaga ham to‘xtatmadik» degan so‘zlari keltirib o‘tilgan.
Aytish joizki, QS-GEN (Global Education News) xabarnomasi, shu kungacha chop etilib kelinayotgan QS WOWNEWS jurnalining mantiqiy davomi bo‘lib, avgust oyida o‘zining birinchi sonini nashrdan chiqardi. Xabarnoma o‘z ichiga dunyo OTMlar yangiliklari, shu jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilarning yutuqlari, dastur ishlanmalari, ilmiy yutuqlar, innovatsiyalar, xalqaro hamkorlik va hamkorlik doirasida tuzilgan shartnomalar, talabalar shaharchasi va OTM huzuridagi ilmiy markaz hamda laboratoriyalarning ochilishi kabi muhim yutuqlarni targ‘ib qilib boradi.


Международное рейтинговое агентство Quacquarelli Symonds (QS) опубликовало в Великобритании новости QS Global Education News под заголовком «TIIAME единственный узбекский вуз, представленный в рейтингах QS EECA». Опубликована статья о результатах, достигнутых Институтом инженеров механизации.

Об этом сообщил руководитель пресс-службы института Р. Джуманиязов.
Второй год подряд Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства признан международными рейтинговыми агентствами одним из ведущих университетов мира. Достигнутым в 2019 году высоким результатом стало 301-350 место в истории узбекских вузов в рейтинге развивающихся стран Европы и Центральной Азии международного рейтингового агентства Quacquarelli Symonds (QS). Этот результат отражен в Годовом отчете QS за 2020 год.
В статье рассматривается участие TIQXMMI в рейтинге QS EECA, занимая в рейтинге 301-350 место.Рассказывая об условиях, созданных для того, чтобы они в будущем стали профессионалами своего дела, ректор института, председатель Республиканского совета высшего образования Умурзаков Уктам Пардаевич заявил, что «пандемическое образование не прекращалось ни на минуту».
QS-GEN (Global Education News) является логическим продолжением журнала QS WOWNEWS, который издается до настоящего времени, а его первый номер вышел в августе. В анонс включены новости университетов по всему миру, в том числе достижения студентов и преподавателей, разработка программ, научные достижения, инновации, соглашения в рамках международного сотрудничества и кооперации, открытие исследовательских центров и лабораторий в кампусах и университетах.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: