Qorin nega og‘riydi? Befarq bo‘lmang

Qorin nega og‘riydi Befarq bo‘lmang

Ba’zida qorindagi og‘irlik va shishlar iste’mol mahsulotlari sabab kelib chiqadi. Ammo muntazam takrorlanishi va boshqa simptomlar bilan birgalikda kuzatilishi, salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar borligidan darak berishi mumkin.

Sezuvchan ichaklar sindromi

Tadqiqotchilar oshqozon-ichak traktining eng ko‘p tarqalgan muammolaridan biri bo‘lgan Sezuvchan ichaklar sindromining rivojlanishini ichaklar sezuvchanligining yuqori ekani bilan bog‘liq deb taxmin qiladi. Shish bilan kuzatiladigan qorin og‘rig‘i, gaz hosil bo‘lishi va ichaklar faoliyatida o‘zgarish kuzatilishi kabi belgilar ushbu sindromga xos simptomlar sanaladi.

Ichaklar yallig‘lanishi: qorinda og‘riq, spazm

Ichaklarning yallig‘lanish sindromi hazm traktining surunkali shishi, kron kasalligi va yarali kalit bilan kechadigan holatlarga nisbatan qo‘llaniladigan umumiy atama sanaladi. Ushbu kasalliklarga xos simptomlarning bir-biriga juda ham o‘xshashligi, tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi. Qorinda og‘riq, spazm, qon ketishi kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Gastroezofageal reflyuks: qorinning markaziy qismida og‘riq va lovullashni his qilish

Jig‘ildon qaynashi barchada kuzatilishi mumkin, lekin lovullash bilan birga og‘izda achimtir ta’m tuyuladigan bo‘lsa bu gastroezofageal reflyuks — kislotaning oshqozondan qizilo‘ngachga kirib borishidan darak berishi mumkin. Zarur chora tadbirlar ko‘rilmasa oqibati hazm traktining ishdan chiqishi bilan yakun topishi mumkinligi sabab ham ushbu alomatga befarq bo‘lmasdan, shifokorga murojaat qilish kerak.

O‘t pufagida tosh: kindik atrofida og‘riq

Qorinning o‘rta qismida boshlanib, yelkaga beradigan, yog‘li taom iste’mol qilgandan keyin kuchayadigan og‘riq o‘t pufagida tosh borligidan darak berishi ham mumkin. Yoshi 40 dan oshgan, farzandli ayollarda ushbu muammoning kuzatilish xavfi yuqori bo‘ladi. Gap shundaki, homiladorlik vaqtidagi estrogen garmoni bilan bog‘liq o‘zgarish tosh paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yara: ovqat yegandan keyin kuchayadigan qorindagi og‘riq

Qorin shishishi, ishtaha yo‘qolishi va vazn yo‘qolishi oshqozon yoki ichaklardagi yaraga xos boshqa simptomlar sanaladi. Bunda og‘riq taom iste’molidan keyin biroz o‘tib ketgandek tuyiladi, ammo keyin qayta takrorlanadi. Ushbu kasallikning rivojlanishiga Helicobacter pylori bakteriyasi, shuningdek, doimiy stress, yallig‘lanishga qarshi dori vositalari, “Aspirin” va “Ibuprofen”ning tez-tez qabul qilish sabab bo‘lishi mumkin.

Divertikulit: Qorinning chap pastki sohasida to‘satdan og‘riq paydo bo‘lishi

Divertikulit, ya’ni yo‘g‘on ichaklardagi yallig‘lanish keksalarda eng ko‘p kuzatiladigan kasallik hisoblanadi. Agar zaruriy choralar ko‘rilmasa, peritonitga olib kelishi mumkin. Ko‘ngil aynishi, harorat ortishi, qorinning chap sohasida og‘riq paydo bo‘lishi, shish va qabziyat ushbu kasallikka xos boshqa simptomlar sanaladi.

Ko‘richak: Qorinning chapki past sohasida kuchli og‘riq

Ko‘richakda og‘riq bemor harakatlanganida, yo‘talganida, shuningdek, aksirganida va chuqur nafas olganida ham kuchayadi. Ushbu kasallik harorat har doim ham baland bo‘lmasligi, aksincha pasayishi ham mumkin. Appendiksning yorilishi hamda peritonitning rivojlanishini oldini olish uchun esa zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur.


Иногда тяжесть и вздутие живота вызываются пищей. Однако регулярные рецидивы и другие симптомы могут свидетельствовать о серьезных проблемах со здоровьем.

Синдром чувствительной кишки

Исследователи считают, что развитие синдрома чувствительного кишечника, одной из наиболее распространенных проблем желудочно-кишечного тракта, связано с повышенной чувствительностью кишечника. Симптомы синдрома включают боль в животе, метеоризм и изменения функции кишечника.

Воспаление кишечника: боль в животе, спазм

Синдром воспалительного кишечника — это общий термин, используемый для описания случаев хронического отека желудочно-кишечного тракта, болезни Крона и язвенного колита. Сходство симптомов этих заболеваний затрудняет диагностику. Если вы испытываете боль в животе, спазмы или кровотечение, немедленно обратитесь к врачу.

Гастроэзофагеальный рефлюкс: боль и жжение в центральной части живота

Изжогу можно увидеть у всех, но если появляется горечь во рту с ощущением жжения, это может свидетельствовать о гастроэзофагеальном рефлюксе – попадании кислоты из желудка в пищевод. Если его не лечить, это может привести к пищеварительной недостаточности, и лечение должно быть у врача.

Камни в желчном пузыре: боль вокруг пупка

Боль, начинающаяся в середине живота и распространяющаяся на плечи, усиливающаяся после приема жирной пищи, также может свидетельствовать о наличии камней в желчном пузыре. Женщины старше 40 лет, имеющие детей, находятся в группе повышенного риска. Дело в том, что изменения эстрогенов во время беременности могут привести к образованию камней.

Язвы: боль в животе, усиливающаяся после еды.

Вздутие живота, потеря аппетита и потеря веса являются другими симптомами язвы желудка или кишечника. Боль, кажется, немного уходит после еды, но затем возвращается. Заболевание может быть вызвано бактериями Helicobacter pylori, а также постоянным стрессом, частым приемом противовоспалительных препаратов, аспирина и ибупрофена.

Дивертикулит: внезапная боль в левой нижней части живота.

Дивертикулит, или воспаление толстой кишки, является наиболее распространенным заболеванием у пожилых людей. Если не лечить, это может привести к перитониту. Другими симптомами являются тошнота, лихорадка, боль в левой части живота, отек и запор.

Слепота: сильная боль в нижней левой части живота.

Боль в слепом при движении больного, кашле,он также усиливается при чихании и глубоком дыхании. При этом заболевании температура может быть не всегда высокой, а может и снижаться. Для предупреждения разрыва червеобразного отростка и развития перитонита необходимо немедленно обратиться к врачу.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: