Davlat qabul komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoniga muvofiq quyidagilar belgilandi:
1⃣ qo’shni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga o’qishi ko’chirilishi ruxsat berilgan talabalar soni taqsimoti OTMlar kesimida tasdiqlandi;
2⃣ qo’shni davlatlarning OTMlarida kamida bir semestr mobaynida o’qishini davom ettirmasdan, boshqa davlatlarning (xususan, Rossiya Federasiyasi va boshqa davlatlar) OTMlaridan o’qishini o’quv yilining yarmida ko’chirib o’tgan talabalarning o’qishi ko’chirilmaydi;
Bu nima degani?
Qo’shni davlatlardan o’qishni imtihonsiz ko’chirish mumkinligi haqida xabar chiqqach, Rossiya yoki Ukrainada o’qiyotgan talabalar uddaburonlik bilan o’z o’qishini qo’shni davlatga (asosan Qozog’iston) ko’chirib o’tishgan edi. Ammo ular Qozog’istonda hatto 1 semestr ham o’qishgani yo’q. Ana shunday talabalar o’qishini O’zbekistonga ko’chira olishmaydi.
3⃣ qo’shni davlatlarning OTMlarida masofaviy ta’lim shakli bo’yicha va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning o’qishini ko’chirishga ruxsat berilmaydi;
4⃣ qo’shni davlatlardagi OTMlardan respublika OTMlariga o’qishini ko’chirish faqatgina joriy yilda Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi qat’iyan belgilab qo’yildi.
Bu nima degani?
Ko’pchilik joriy yildagi kabi o’ziga xos “amnistiya” har yili bo’ladi, deb o’ylashmoqda va shu sababli yozda qo’shni davlatlarga oldingidan 10 barobar ko’p yoshlar o’qishga ketishni reja qilib turishibdi. Uyoqqa imtihtonsiz o’qishga kiramiz, keyin qishda o’qishini imtihonsiz ko’chiramiz, deb o’ylashayotgandi. O’shanchun ham qarorda aniq belgilandiki, bunday aksiya faqat joriy yilda bo’ladi, keyingi yillarda umumiy tartibda imtihon asosida o’qishni ko’chirish mumkin bo’ladi.
5⃣ qo’shni davlatlardagi OTMlardan o’qishni ko’chirish natijalari uch kun muddatda tegishli OTMlarga yetkaziladi. Olingan ma’lumotlarga ko’ra, jami 36 ming 400 nafardan ko’proq talabalarga o’qishini 80 ta OTMga ko’chirishga ruxsat berildi.
17-fevralda o’qishni ko’chirish bo’yicha Ariza topshirganlarni natijasi qachon chiqadi
Bizda hozircha ma’lumot yo’q, ariza topshirgan ta’lim muassasasi bilan bog’lanib ko’ring
Aka Hozir Karantinku Surxondaryo Viloyati Ter.Du Universitetining Iqtisod Yo‘nalishiga Topsgirganman Hujjatlarimni Qarorim ham Chiqgan lekin Darslar Online o‘tkazilayotgan ekan Menga Hech Qanaqa Habar Kelmadi
Rahbariyat bilan bog’lanib ko’rishni maslahat beraman. Universitetning Telegramdagi kanali yo guruhi bo’lsa izlab ko’ring. Darslar Telegramdagi guruhlarda boshlangan bo’lishi mumkin.
Davlat kamissiyani telfon nomerini qayerdan topsam boladi
Har bir universitet qabul komissiyasining telefon raqamlari bo’ladi. Ushbu sahifada ba’zi universitetlarni telefon raqamlari keltirilgan, balki, shu yerda siz izlayotgan OTM raqami bordir. DTM.UZ saytidan ham qidirib ko’rishingizni maslahat bera olaman.
2020-2021 yil uchun qo’shni OTM lardan o’qishni ko’chirish imtihon asosida bo’ladimi
Shunday bo’lishi kerak
Qoshni davlatdan 17 fevralda xujjat topshirdik qabul qildi sizlar xali otmadinglar deyabdi leki natija.edu.uz da rasman elon berilgan biz nima qilaylik xozirgi kunda
men qirgiziston ошту oligohiga uqishga topshirmoqchiman uyerga topshirsa buladimi 2kursda pirivot qilsam buladimi qinalmaymanmi kiyin uzbekiston bilan shartnomasi bormi
Endi imtihon asosida O’zbekistondagi oliygohlarga o’qishni ko’chirish mumkin bo’ladi.
Meni turmush urtogim Qirgiztondan uqishni kuchirgan edi tulov kontraktlarini yarimini tuladik,endi ishga joylashishi uchun malumotnoma kerak ekan ushbu malomotnomani qayerdan va qachon olsa buladi.
Hozir o’qiyotgan universitetga uchraysizlar
Perevod qilish uchun necha ball yiğish kerak boladi