Qo‘rquv hissini yengish uchun 6 ta psixologik tavsiya

Qo‘rquv hissini yengish uchun 6 ta psixologik tavsiya

Biror narsadan vahimaga tushmagan odam bo‘lmasa kerak dunyoda. Kimdir buni his-hayajon bilan ifodalasa, kimlardir buning sababini ruhiy holatdagi o‘zgarishlarda deb biladi. Vaholanki, irodani chiniqtirish haqida ko‘p gapiriladi. Shunday bo‘lsa-da, hayotiy muammolarga sabab bo‘layotgan va o‘zligimizni anglashga to‘sqinlik qilayotgan qo‘rquv hissi ta’qib etishini inkor qilolmaymiz.

Agar bu his osoyishta hayot kechirishimizga mon`elik qilayotgan bo‘lsa, uni yengish mumkinmi?

Ayting: nimadan qo‘rqasiz?

Aksariyat kishilar vahimaga tushadigan holatlarni inkor etgancha, qo‘rquv hissini begonaday tutishga harakat qilishadi. Aslida esa bu o‘z-o‘zini aldashdir. Agar ruhiy osoyishtalikka erishishni istasangiz sizni nimalar vahimaga solishi va buning sababi nima ekanligini ovoz chiqargan holda so‘zlab bering.

Qog‘ozga tushiring

Deylik, siz chaqmoq chaqishidan qo‘rqasiz. Tasavvuringizdan kelib chiqib, mana shu manzarani qog‘ozda aks ettiring. Suratning har bir tarkibiy qismni chizar ekansiz qo‘rquvni nazorat qilayotganday bo‘lasiz. Ishni yakunlagach suratdagi “dushmanin”gizga yaxshilab qarang. Mana sizni dahshatga soladigan hodisa. Istasangiz uni g‘ijimlab, yoqib yuboring yoki muzlatgich eshigiga yopishtirib qo‘yib, har kuni u bilan yuzma-yuz keling-da, uni xayolan mahv eting.

Qo‘quvni his eting!

Siz qo‘rquvni tan oldingiz. Hatto u bilan yuzlashdingiz ham. Demak, sizni qo‘rqitayotgan holatni his etishingiz qoldi. Avvallari qo‘rquvdan qo‘llaringiz titrab, ko‘zlaringiz pirpirayotganini sezgansiz. Biroq bu qo‘rquvga qarshi kurashayotganingiz, ya’ni noto‘g‘ri yondashayotganingiz belgisidir. Yuqorida biz bo‘ron va chaqmoq chaqishini misol qildik. Keling, ana shu manzarani tasavvur etib, shu vaqtdagi qo‘rquvni his etib ko‘ramiz. Bu hisniqanday boshqarilishini tushunganingiz sari, bu faqat sizning muammongiz emasligini ham faxmlaysiz. Avvaliga chaqmoqning gumburlagan ovozi, so‘ng shamol g‘uvillashi va daraxt barglarini derazaga qattiq urilishini tasavvur qilamiz. Bu tovushlarni hayolan eshitib ham etingiz junjikadi. Shunda chuqur nafas olib, tanangizni bo‘shashtiring. har safar mana shu qo‘rquv bilan yuzlashsangiz, u bilan hayolan suhbatlashib, nafas mashqi yordamida tinchlanishga harakat qiling.

Har ishning hikmati bor!

Bizning qo‘rquvlarimiz noaniq kelajakdagi voqea-hodisalarga qaratilgani bilan ham vahimaliroq ko‘rinadi. Misol uchun, ishdan bo‘shatib yuborishsa nima qilaman, turmush o‘rtog‘im boshqasini topib olgan bo‘lsa holim nima kechadi kabi savollarning noaniqligi ham qo‘rquvga sabab bo‘lishi mumkin. O‘ylab ko‘rilsa aslida har qanday ishning bir hikmati bor. Ishdan bo‘shatishsa, demak, qaerdadir siz uchun bo‘sh ish o‘rni bor…

Olishuvga tayyormisiz?

Siz musiqachi yoki notiqsiz. Biroq jamoatchilik oldida iqtidoringizni namoyish etishdan qo‘rqasiz. Sizdagi qo‘rquv hissi omadsizlikka uchrash bilan ifodalanadi. Xo‘sh, uni yengish uchun nima qilish kerak? Ketma-ket, tinim bilmay o‘z ustingizda ishlash va mashq qilish! Shunda kunma-kun dadilligingiz ortib, o‘z iste’dodingizni zavq bilan namoyish etasiz.

Olg‘a boring!

Balandlikdan qo‘rqadigan insonlar odatda ko‘zlarini yumib olib, qo‘rquvlarini yashirishga urinishadi. Vaholanki, o‘shaodamga bildirmay, uni yuqori qavatga olib chiqsangiz, u buni hatto sezmaydi ham. Ammo aytishingiz bilan darhol vahimaga tushib qoladi. Bunday vaziyatlarda, muhimi, oldinga qadam tashlashdan cho‘chimaslik. Bitta kichik qadam tashlab, qo‘rquvinigizga tik boqsangiz, keyingi qadamlar o‘z-o‘zidan ulanib ketadi. Qo‘rquv oldinga qo‘ygan maqsadlaringizni amalga oshirishga to‘sqinlik qilsa, u bilan kurashing va g‘olib chiqing!
Psixologiya fanlari nomzodi, dosent Feruza Akramova tavsiyalari asosida tayyorlandi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi


В мире нет никого, кто бы ничего не боялся. В то время как некоторые выражают это эмоционально, другие связывают это с изменением настроения. Однако много говорят об укреплении воли. Однако нельзя отрицать, что страх следует за нами, создавая проблемы в жизни и мешая нам понять себя.

Если это чувство мешает нам жить мирной жизнью, можно ли его преодолеть?

Скажи мне: чего ты боишься?

Большинство людей стараются сохранить чуждое им чувство страха, отрицая при этом панику. На самом деле это самообман. Если вы хотите достичь душевного спокойствия, скажите вслух, что вас пугает и почему.

Запиши это

Допустим, вы боитесь молнии. Нарисуйте эту картинку на бумаге, опираясь на свое воображение. Когда вы рисуете каждый компонент картины, вы контролируете свой страх. Когда закончите, внимательно посмотрите на «врага» на картинке. Вот случай, который вас пугает. Если хочешь, можешь сжать его и сжечь, или наклеить на дверцу холодильника, каждый день сталкиваться с ним лицом к лицу и разрушать его в своем сознании.

Почувствуй шок!

Вы признали страх. Вы даже столкнулись с ним. Итак, вы чувствуете себя почти запуганным. Ранее вы чувствовали, что ваши руки дрожат, а глаза моргают от страха. Однако это признак того, что вы боретесь со страхом, то есть неправильно к нему подходите. Выше мы привели пример гроз и ударов молнии. Давайте представим эту сцену и почувствуем страх в тот момент. Чем больше вы понимаете, как управлять этим чувством, тем больше вы понимаете, что это не только ваша проблема. Сначала представляем себе звук молнии, затем шум ветра и стук листьев на окне. Даже слушая эти звуки в воображении, вы чувствуете мурашки по коже. Затем сделайте глубокий вдох и расслабьте тело. Каждый раз, когда вы сталкиваетесь с этим страхом, поговорите с ним образно и постарайтесь успокоиться с помощью дыхательных упражнений.

Во всем есть мудрость!

Наши страхи еще более пугают, поскольку они сосредоточены на неопределенных будущих событиях. Например, неопределенность таких вопросов, как что делать, если меня уволят и что будет, если мой супруг найдет кого-то другого, также может вызывать страх. Если подумать, на самом деле во всем есть мудрость. Если вас уволили, значит, для вас где-то есть вакансия…

Готовы ли вы сражаться?

Вы музыкант или оратор. Но вы боитесь показать свой талант на публике. Ваш страх характеризуется неудачей. Итак, что можно сделать, чтобы преодолеть это? Один за другим, постоянно работая и практикуясь над собой!Тогда день ото дня ваша смелость будет возрастать, и вы сможете с удовольствием продемонстрировать свой талант.

Вперед, продолжать!

Люди, которые боятся высоты, обычно закрывают глаза и пытаются скрыть свой страх. Однако если вы отведете его наверх, не сказав ему об этом, он даже не заметит этого. Но как только вы это говорите, он тут же паникует. В таких случаях важно не бояться двигаться вперед. Если вы сделаете один маленький шаг и посмотрите прямо на свои страхи, следующие шаги свяжутся автоматически. Если страх мешает вам в достижении ваших целей, боритесь с ним и побеждайте!
Подготовлено на основании рекомендаций кандидата психологических наук, доцента Ферузы Акрамовой.
Источник: газета Сугдиёна

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: