Qo‘rqoq, arazchi, yolg‘onchi bolakaylarni qanday tarbiyalash kerak?

Qo‘rqoq, arazchi, yolg‘onchi bolakaylarni qanday tarbiyalash kerak

Britaniyalik olimlar bolalarning sayr vaqtidagi ruhiy o‘zgarishlarini tahlil qilish maqsadida ularni aravachalarga turlicha holatda o‘tqazdilar: birini ota-onasining yuziga qaratib, ikkinchisini esa aksincha, tevarak-atrofga yuzlantirishdi.

Ma’lum bo‘ldiki, ikkinchi holatda do‘mboqchalar o‘zlarini noo‘ng‘ay his etisharkan: kattalar tomonga o‘girilib olishga harakat qilishadi, yig‘laydi, o‘yinchoq berilsa ham ko‘nmaydi… Ro‘parasida ota-onasini ko‘rib o‘tirgan bolakaylar esa ko‘p jilmayadi, qo‘llarini silkitadi, o‘ynaydi va yaxshi kayfiyatda uxlab qolishadi. Ruhshunoslar bolalardagi bu o‘zgarishlardan quyidagicha xulosa chiqarishdi: ota-onasi bilan etarlicha muloqotda bo‘lmaydigan bolalar o‘zlarini xavfsiz his eta olmay, yig‘lab, xarxasha qilishadi. Bolalarning bunday «isyon»dan maqsadi ota-onasining e’tiborini o‘ziga qaratishdir. Yoshi kattaroq bolalar ham bunday vaziyatlarda o‘zlari haqida eslatib qo‘yishga urinadilar. Faqat ularning yolg‘izlik signallari ancha jiddiyroq «jaranglaydi».

Qo‘rquv hissi

Aslida qo‘rquv tabiiy va normal hodisa, bu o‘z-o‘zini himoyalash instinktining namoyon bo‘lishidir. Biroq vaqt o‘tgani sayin bolaning fobiyalari oshib boraverar ekan, uning qo‘rquvi bizni ham qo‘rqitishi mumkin. Agar qo‘rqinchli ertak eshitganidan so‘ng bolada qo‘rquv hissi kuzatilsa, bu tushunarli. Biroq hech bir sababsiz paydo bo‘ladigan qo‘rquv bolaning asabini taranglashtirib, hurkak qilib qo‘yadi.
Sabablar. «Hech qanday sababsiz qo‘rquv»ning ham o‘z sabablari borligi yodimizdan ko‘tarilmasin. Bu nafaqat qo‘rqinchli ertaklar, dahshatli filmlar, balki noto‘g‘ri tarbiyaning ham ta’siridir. Bu qo‘rquv ota-onalar e’tiborsizligi yoki o‘ta avaylab «papalashi» oqibatida tug‘iladi. Ruhshunoslarning kuzatishicha, to‘liq bo‘lmagan oilalardagi bolalar ota-onasi bilan yashaydigan tengdoshlariga nisbatan ta’sirchan, qo‘rqoqroq va ko‘ngilchanroq bo‘lishar ekan.
Maslahat. Kichkintoydan qog‘ozga o‘zi qo‘rqayotgan narsaning suratini chizishini iltimos qiling. Keyin suratni birgalikda maydalab yirtib tashlang yoki qo‘rqitayotgan narsaga kulgili detallar chizib, uni go‘yo «kuchsizlantiring». Katta yoshdagi bolalar bilan esa qo‘rquvi haqida ochiq suhbatlashish, muhokama qilish darkor. Zinhor «shundan ham qo‘rqasanmi?» deb uning qo‘rquvi ustidan kulish mumkin emas.

Agressiya

Bolalar tajovuzkorligi turli ko‘rinishda bosh ko‘taradi: qo‘pollik, tixirlik, xarxashalar, tap tortmaslik, janjalkashlik, tengdoshlari bilan kelishmaslik…
Sabablar. Aksariyat hollarda bolaning agressivligi, janjalsevarligiga genlar emas, tarbiya bosh sababchidir. Bu tarbiyadan quyidagi belgilar namoyon: bolaga hurmat bilan qaramaslik, ota-onalar egoizmi, qattiqqo‘llik, shafqatsizlik, so‘z va harakat bilan haqorat qilish, urish… Bularning hammasi bola ruhiyatiga shikast etkazadi va u ham taqlidan, alamini olish uchun boshqalarga atay yomonlik qila boshlaydi.
Maslahat. Agar agressiya signallari bir-ikki chalinib qolsa, vahima qilish shart emas, bola ulg‘aygani sayin aqli kirib, o‘zini tutishni o‘rganadi. Agar bola har bir bahsni mushtum bilan hal qilishga urinayotgan ekan, diqqat qiling, u aslida o‘ziga yordam so‘rash uchun sizga SOS signali yuborayapti. Bunday vaziyatlarda darhol jazolash emas, farzandingiz bilan gaplashib, unga ko‘proq mehr berishingiz kerak. Agar o‘zini sevimli va kerakli deb hisoblasa, undagi tajovuzkorlikka bo‘lgan ichki talab kamayib boradi.

Yolg‘on

Bolalar vaqt o‘tgani sayin yolg‘onga o‘rganib boradilar. Agar u fantaziya dunyosiga ko‘ra yolg‘onlarni qalashtirayotgan va atay sizni hayratga solish, o‘ziga jalb qilish uchun yolg‘on gapirayotgan bo‘lsagina xavotirga tushishingiz mumkin.
Sabablar. Bola jazodan saqlanish uchun, sizdan qattiq qo‘rqqani uchun ham yolg‘onchiga aylanib qoladi. Bu holat asosan avtoritar oilalarda kuzatiladi.
Maslahat. Bolangizga qo‘ygan katta talablaringizni yumshating va kamaytiring. Uni qanday bo‘lsa, shundayligicha yaxshi ko‘ring. Axir u hamma fandan 5 bahoga o‘qib, ham musiqa maktabiga, ham sport to‘garagiga haftasiga 5 kun qatnashni har doim ham istamasligi mumkin.

Xafagarchilik

Bolalarda xafa bo‘lib arazlash uchun sabablarning son-sanog‘i yo‘q: shokolad eyishga ruxsat etishmadi, TVda multfilm qo‘yib berishmadi, o‘yinchoq sovg‘a qilishmadi… Bola dunyo faqat uning atrofida aylanayotgandek his qiladi. Biroq yoshiga yosh qo‘shilgani sari dunyoda yakka o‘zi emasligini, boshqalarning ham xohlaydigan va xohlamaydigan narsalari borligini tushunadi.
Sabablar. Agar bolakay ota-onasi u bilan kam o‘ynayotganidan o‘ziga xos shikoyat qilsa, deylik, ular qo‘lidan tortqilab, o‘yinchoqlari tomon etaklayversa, bu oddiy xarxasha emas, unga haqiqatan ham iliq muloqot etishmayotgan bo‘ladi. E’tibor bersangiz, bolangizning o‘yiniga qo‘shilgan paytingiz uning kayfiyati ham, shijoati ham yorqinlashib, ildamlashadi. Aka va opalaridan xafa bo‘lishiga esa ota-onasini rashk qilishi («meni ularga qaraganda kamroq yaxshi ko‘rishadi») sabab bo‘ladi. Ko‘p hollarda bolaga xafa bo‘lish, arazlash va gina qilishni me’yoriga etmagan muhabbat yoki oshib ketgan e’tibor o‘rgatadi.
Maslahat. Bolaga xafagarchilikni bartaraf qilishga yordamlashing. Chunki u sizning ovutishingizni va aytganini qilishingizni kutib turadi. Biroq «arazlasam, erishishim mumkin ekan» degan fikrga kelib qolmasligi uchun uni quchoqlang, boshqa narsalarga chalg‘itishga urining.
Aziza QURBONOVA

Manba: Darakchi.uz


Чтобы проанализировать психические изменения детей во время поездки, британские ученые сажали их в инвалидные коляски в разные положения: одного лицом к родителям, а другого, наоборот, повернутым.

Оказалось, что во втором случае шарики чувствуют себя некомфортно: пытаются повернуться к взрослым, плачут, не принимают даже игрушку… Перед ним Дети, которые видят своих родителей, много улыбаются, пожимают друг другу руки, играют и заснуть в хорошем настроении. Из этих изменений у детей психологи сделали вывод, что дети, плохо общающиеся с родителями, не чувствуют себя в безопасности, плачут и кричат. Цель такого «бунта» детей — привлечь внимание родителей. Старшие дети тоже стараются напоминать о себе в таких ситуациях. Только их сигналы одиночества гораздо серьезнее.

Чувство страха

На самом деле страх — явление естественное и нормальное, это проявление инстинкта самозащиты. Однако по мере того, как фобии ребенка со временем усиливаются, его страхи могут пугать и нас. Если ребенок боится, услышав страшную историю, это понятно. Однако страх, возникающий без причины, делает нервы ребенка напряженными и раздражительными.
Причины. Не будем забывать, что «страх без причины» имеет свои причины. Это не только эффект страшилок, фильмов ужасов, но и эффект неправильного воспитания. Этот страх является результатом родительского пренебрежения или крайней беспечности. По мнению психологов, дети из неполных семей более впечатлительны, трусливы и жизнерадостны, чем их сверстники, живущие с родителями.
Наконечник. Попросите ребенка нарисовать на листе бумаги то, чего он боится. Затем разорвите картинку или нарисуйте забавные детали на пугающем предмете, как бы «ослабив» его. Необходимо открыто говорить со старшими детьми об их страхах. — Ты все еще боишься этого? Невозможно смеяться над его страхом.

Агрессия

Детская агрессия проявляется во многих формах: хамство, хамство, издевательства, не постукивание, ссоры, несогласие со сверстниками…
Причины. В большинстве случаев агрессия и ссоры ребенка вызваны не генами, а воспитанием. При таком воспитании проявляются следующие симптомы: неуважение к ребенку, родительский эгоизм, резкость, жестокость, оскорбления словами и действиями, побои… намеренно начинает делать зло.
Наконечник. Если сигналы агрессии звучат один-два раза, паниковать не нужно, так как ребенок взрослеет,учится вести себя. Если ребенок пытается решить каждый спор кулаком, обратите внимание, он фактически посылает вам сигнал SOS, чтобы попросить о помощи. В таких случаях нужно разговаривать с ребенком и давать ему больше любви, а не немедленного наказания. Если он будет считать себя любимым и нужным, его внутренняя потребность в агрессии снизится.

Это ложь

Со временем дети учатся лгать. Вы можете только беспокоиться, если он лжет миру фантазий и намеренно лжет, чтобы удивить вас.
Причины. Ребенок становится лжецом, потому что боится вас, чтобы избежать наказания. Такая ситуация в основном наблюдается в авторитарных семьях.
Наконечник. Смягчите и уменьшите высокие требования, которые вы предъявляете к своему ребенку. Любите его таким, какой он есть. Ведь ему может не всегда хотеться изучать все предметы за 5 классов и посещать и музыкальную школу, и спортивный кружок 5 дней в неделю.

Грусть

Причин для расстройства детей бесчисленное множество: им не разрешали есть шоколад, не разрешали смотреть мультики по телевизору, им не давали игрушки… Ребенок чувствует, что мир только вокруг него. Однако, становясь старше, он понимает, что он не одинок в этом мире, и что у других есть вещи, которые они хотят и не хотят.
Причины. Если ребенок жалуется, что родители не играют с ним, например, тянут его за руку и ведут к игрушке, это не простая шутка, ему действительно не хватает теплого общения. Если вы обратите внимание, когда вы присоединитесь к игре вашего ребенка, его настроение и энтузиазм улучшится и ускорится. Он ревнует к своим родителям («они любят меня меньше, чем они»), потому что он расстроен из-за своих братьев и сестер. Во многих случаях обиде, обиде и обиде ребенок приучается безудержной любовью или чрезмерным вниманием.
Наконечник. Помогите ребенку справиться с разочарованием. Потому что он ждет, когда ты потрешься и сделаешь то, что он говорит. Но обнимите его так, чтобы он не подумал: «Если я разозлюсь, я смогу это получить», и постарайтесь отвлечь его от других дел.
Азиза КУРБОНОВА

Источник: Даракчи.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: