Qiziqarli tarix, siz bilgan va bilmagan faktlar

Qiziqarli tarix, siz bilgan va bilmagan faktlar
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Ushbu maqolada tarix faniga oid ko’plab qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishasiz.

TARIX QANDAY FAN?

Tarix — juda qadimiy so’z. Yunon tilida u «tadqiqot», «voqeot» ma’nolarini anglatadi. Gerodot ismli zot o’zining ilmiy ishi bilan odamlarni ilk bor tanishtirganidan buyon deyarli ikki yarim ming yil o’tdi. Shu tariqa Gerodot birinchi tarixchi olim bo’lib qoldi. Binobarin, uni «tarix fanining otasi» deb bejiz aytmaymiz.

Har bir xalqning o’z o’tmishi va bugungi kuni bo’ladi. Ajdodlari qayerdan kelib chiqqanligini va qanday yashaganligini har kim bilgisi keladi. Zero, «tarixingni so’ylab bersang, kimligingni aytib beramiz», degan naql qadimdan bor.

Tarix o’zi qanday fan?

Tarix turli xalqlar qanday yashab, rivojlanganligini, bunda qanday hodisalar sodir bo’lganligini, kishilarning hayoti qay tariqa va nima uchun o’zgarib, hozirgi ahvoliga kelib qolganligini o’rganadi.

Tarixni bilish kishilarga o’tmishni bilib, insoniyat barcha davrlarda azob-uqubat va muhtojlikda kun kechirganini, biroq shunday bo’lsada, hayot baribir davom etaverganini, qayg’uli va baxtsiz kunlar o’rniga albatta ro’shnolik kunlar kelganini anglab yetishga yordam beradi.

Tarix bizga adolatni o’rgatadi, atrof muhitga yangicha nazar tashlashga ko’maklashadi.

Tarix — zamon yo’lidir. U asrlar qa’riga, qadimiyatga kirib boradida, bizni hozirgi zamonga olib chiqadi. Va bizni shu yo’ldan olib ketaveradi.

 

ARXEOLOGIYA QANDAY FAN?

Arxeologiya — bizni Yer yuzida o’tmishda yashab o’tgan kishilar hayoti bilan tanishtiruvchi fan. Uning yana bir nomi — qadimshunoslikdir. Bu fan sayyoramizda qadimda yashab o’tgan ikki oyoqlilardan qolgan barcha narsalarni o’rganish bilan shug’ullanadi.

Arxeologiyaning ishi ikki tarkibiy qismga bo’linadi. Ularning har qaysisi bilan shug’ullanish uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladi. Birinchi qism — qadimgi manzilgohlar o’rnida qazish ishlari olib borish. Bu ishni asta-sekinlik va juda ehtiyotkorlik bilan olib borish lozim, qazib olingan, ko’pincha mo’rt bo’ladigan narsa-buyumlarga ziyon yetkazib qo’ymaslik kerak. qazish ishlari to’g’risida maxsus kundalikka qayd etib boriladi.

Ikkinchi bosqich — topilgan buyumlarni qunt bilan o’rganib, ularni batafsil tasvirlab borishdan iborat. Bu axborot tarix bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun tushunarli bo’lishi darkor. Shundan so’ng bu ish tugaydi, arxeolog esa o’z xulosalarini chiqaradi.

Bu xulosalar hech mahal to’la bo’lmaydi, chunki ular saqlanib qolgan buyumlarni tadqiq qilishgagina asoslanadi. Ko’pincha bular qachonlardir kishilarning kundalik hayotida ishlatilgan buyumlardan iborat bo’ladi. Topilmalarning ko’p qismi qadimgi turar-joylar vayronalaridan, asbob-uskunalar, bezaklar va qimmatbaho buyumlardan, oshxonada ishlatiladigan asboblar, bolalar o’yinchoqlaridan iborat bo’ladi. Arxeologlar ko’pincha hayvonlarning suyak qoldiqlarini ham topadilarki, bu hayvonlarning go’shtlarini kishilar iste’mol qilganlar.

Biroq arxeologlar charm, gazlama, jun, yog’och yoki poxoldan tayyorlangan umri qisqa buyumlarni kamdan-kam topadilar. Shu sababli saqlanib qolgan qadimiy san’at asarlarini ham topishning imkoni bo’lmaydi. Faqat metalldan, toshdan yoki sopoldan yasalgan buyumlarnigina uchratib qolish mumkin.

Odamlarda insoniyat tarixiga qiziqish vujudga kelgan vaqtda arxeologiya fani yuzaga kelgan. Yunon tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi IV asrda qadimiy obidalarga qiziqib, Misrga keladi. Biroq qadimgi yunon sivilizatsiyasi tanazzulga yuz tutgach, go’yo tarixga qiziqish ham so’ngandek bo’lib qoldi.

Bu qiziqish XVI asrga kelib qayta jonlandi. Bu paytda Italiya va Gretsiyaga kelgan o’rta asrlar olimlari antik madaniyatning saqlanib qolgan qoldiqlariga e’tibor bera boshladilar. Italiyada yashovchilar qadimgi tangalarni, ko’zalarni va boshqa buyumlarni topish niyatida xarobalarni qaziy boshladilar. Tez orada «o’tmishni qazish» bilan ko’pchilik shug’ullana boshladi va shu tariqa arxeologiya faniga asos solindi.

 

TOSH DAVRIDA NIMALAR BO’LGANDI?

Tosh asri deb tarixgacha bo’lgan davrga oid uzoq davom etgan davrga aytiladi. Tarixgacha bo’lgan davr esa insoniyat yozuvni kashf etgunga qadar davom etgan. Odamlar yer yuzida kamida 500 000 yil yashaganlar, biroq ilk yozuv 5 000 yilcha ilgari paydo bo’lgan. Boshqacha aytganda, tarixgacha bo’lgan davr ancha vaqt davom etgan.

Inson ayni o’sha paytlarda har xil mehnat qurollarini yasashni o’rganganligi uchun ham bu davr tosh davri degan nomni oldi. Tosh davri qadimgi tosh davri (paleolit), o’rta tosh davri (mezolit), yangi tosh davri (neolit) ga bo’linadi.

Balki o’sha davrda inson qo’li bilan yaratilgan birinchi mehnat quroli gir atrofi taroshlangan tosh bo’lgandir. Olimlar unga «qo’lchopqi» deb nom berishgan. Toshdan taroshlab olingan keskir parchalar ham asbob sifatida ishlatilgan. Ko’p ming yillar davomida shular insonlar uchun birgina mehnat quroli bo’lib kelgan.

Keyinchalik, Muz davrida Yevropada neandertallar — o’tmishdoshlariga nisbatan ancha takomillashgan mehnat qurollariga ega bo’lgan odamlar paydo bo’ldi. Ular ham ovchilik bilan kun kechirishar, ammo yakka-yakka bo’lib, emas, balki guruh-guruh bo’lib ov qilishardi.

Neandertallar o’rnini kromanonlar egallashdi. Ular taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgandilar. Kromanonlar yangi mehnat va ov qurollari — garpunlar, tosh pichoqlar, nayza uchun poyanaklar, qirg’ichlar yasashni o’rganib olgandilar.

Taxminan 6000 yil ilgari odamlar hayotida keskin burilish ro’y berib, ularning butun turmushini o’zgartirib yubordi. Ular don yetishtirishni o’rganib oldilar. Shu tariqa neolit davri — yangi tosh asri boshlandi.

Inson chorvachilik bilan shug’ullanib, uy hayvonlari terisidan kiyim sifatida foydalana boshladi. Uy qurishni o’rgandi. Tez orada u tabiatda bo’lmagan narsa va buyumlarni yarata boshladi.

Odam loydan idish yasab, jun va zig’irpoya tolasini yigira boshladi. Odamlar birgalashib ishlay boshladilar va asta-sekin ilk manzilgohlar paydo bo’la boshladi. Ular qishloq va shaharlar uchun asos bo’lib qoldi. hozir biz sivilizatsiya deb ataydigan narsa shu tarzda vujudga keldi.

 

SIVILIZATSIYA  NIMA?

Qandaydir sabablarga ko’ra boshqa turlar orasidan ajralib chiqqan odam sivilizatsiya deb atalmish yo’ldan rivojlanib bordi. Turli bosqichlarda odamning hayvonlardan farqi kam edi. U gapira olmas, topganini yer, boshpanasi yo’q edi. So’ng, yovvoyilarcha hayotning ilk bosqichida u olov yoqishni va baliq yeyishni o’rgandi. Keyinroq qo’pol qurollarni ov va o’zini himoya qilish uchun yasay boshladi, oilalar esa qabila bo’lib birlasha bordi. Yana ham keyinroq ovqat tayyorlash va uni saqlash uchun idish tayyorlashni o’rgandi. Shunday bo’lsada, odam ibtidoiy holatida qolaverdi.

Keyingi qadam biz varvarlik deb ataydigan davr bo’ldi. Odamlar oziq bo’ladigan o’simliklarni yetishtirishni o’rgandilar hamda inson uchun biron-bir foydasi bo’lgan yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgata boshladilar. Keyinchalik temir va mis singari metallardan qanday foydalanishni bilib oldilar va shu tariqa ov hamda o’zini himoya qilish uchun nisbatan takomillashgan qurollar yasay boshladilar. O’sha paytlardayoq odamlar o’zlari uchun turar-joylar qura boshladilar.

Varvarlikning oxiriga kelib inson o’zining asosiy yutug’i bo’lgan, sivilizatsiyaning rivojlanishini belgilab bergan narsani ixtiro qildi. Bu yozuv edi. O’sha davrlarda ilk yozuv rasmlardan iborat edi, biroq vaqt o’tishi bilan Yer yuzining turli joylarida alifbo paydo bo’la boshladi.

Yozuvning kashf etilishi sivilizatsiyaning boshlanishini bildiradi, deb hisoblashga sabab shundan iboratki, insonda o’tmish hodisalari to’g’risida xotiralar saqlab qolish va shu tariqa o’z tajribasini boshqalarga qoldirish imkoni paydo bo’ldi.

Bu paytda odamlar muayyan bilimlarga muvofiq qanday yashash kerakligini o’rgana boshladilar, boshqacha aytganda, boshqarish tizimini yarata boshladilar. Ayni mahalda ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik to’g’risida ilk g’oyalar, ya’ni axloq deb atalmish rutba paydo bo’ldi.

Bularning bari qachon bo’lib o’tdi? Bu jarayonning ildizlari asrlar qa’riga yashiringan bo’lib, insonning yer yuzida istiqomat qilishining ilk kunlariga borib taqaladi. Sivilizatsiyaning alomatlari esa eramizdan avvalgi oltinchi ming yillikda namoyon bo’la boshlagan.

 

NECHA XIL DIN MAVJUD?

Din o’zi nima? «Din» so’zi shunchalar ko’p ma’noga egaki, ularni amalda bir necha so’z bilan ifodalab bo’lmaydi. Biroq olti xil fazilat ko’pchilik dinlarga xosdir. Keling, ularni qisqacha ko’rib chiqaylik:

  1. O’z kuchiga ishonish yoki samoviy kuchlar inson kuchiga bo’lgan ishonchga nisbatan kuchliroqdir.
  2. Ushbu samoviy kuchlardan qo’rqishadi, ularni ko’klarga ko’tarishadi, ularga ibodat qilishadi, ularga qurbonliqlar qilishadi.
  3. Ushbu qurbonliqlar va ibodatlar uchun maxsus marosimlar tashkil qilishadi.
  4. Ibodat va dinlar tarixi bilan bog’liq muayyan joylar qamda buyumlar muqaddas deb e’lon qilinadi.
  5. Odamlar din talablariga rioya qilsalar, bu dunyoda ham, o’limdan so’ng esa samolarda ham yaxshi hayot kechiradi, degan e’tiqod mavjud.
  6. To’g’ri xulq-atvor xudoni yoxud xudolarning ko’nglini yumshatish uchun inson oldida turgan yagona yo’ldir va faqat shu yo’lgina insonni eng yaxshi hayotga olib borishi mumkin.

Jahondagi dinlarning ko’pchiligi ana shu olti qoidaga asoslanadi. Ibtidoiy odamlarning hayvonlar, toshlar, daryolar va boshqalarning «ruhi»ga sig’inishni o’z ichiga oluvchi dinlari eng sodda dinlar hisoblanadi.

Keyinchalik sivilizatsiya rivojlana borishiga ko’ra, ko’p xudolikka asoslangan dinlarning aksariyati tugab ketdi. Masalan, misr, vavilon, ossiriya, yunon, rim, shuningdek, kelt va skandinaviya dinlari «o’lik dinlar» qatoriga kiradi.

Lekin ko’plab dinlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Ulardan eng mashhurlari induizm, buddaviylik, konfutsiylik, daosizm, sintoizm, zardushtiylik, islom, yahudo dinlari va nasroniylik (xristianlik)dir. Bu dinlarga e’tiqod qiluvchilar jami — 2 549 161 000 kishi. Bu sivilizatsiyalashgan dunyoning ko’pchiligini tashkil etadi.

Eng keng tarqalgan dinlardan induizmga e’tiqod qiluvchilar 460 millionga yaqin bo’lib, ularning ko’pchiligi hindistonda yashaydi. Buddaviylikka 250 million kishi e’tiqod qiladi, ularning ko’pchiligi Xitoy va Yaponiyada istiqomat qiladi. Konfutsiylikka 153 millionga yaqin, daosizmga 20 millionga yaqin odam e’tiqod qiladi. Sintoizmga — 32 millionga yaqin, zardushtiylikka — 250 mingga yaqin, islomga esa Osiyo va Afrikada 550 millionga yaqin kishi e’tiqod qo’ygan. Yahudo diniga 17 millionga yaqin kishi e’tiqod qiladi. Nasroniy diniga bugungi kunda boshqa dinlarga nisbatan eng ko’p — taxminan 1 milliard 62 millionga yaqin kishi e’tiqod qiladi.

 

FIR’AVNLAR  KIMLAR?

Misrni «Nilning tuhfasi» deyishadi. Agar daryo bo’lmaganida, ikki tomonidan sahro bilan o’rab olingan bu vodiyda hech narsa o’smagan o’lardi. Nilning har yili toshishi yerni unumdor zaminga aylantirgan, eramizdan avvalgi V ming yillikka kelib uning sohillari bo’ylab deqqonchilik bilan shug’ullanuvchilarning manzilgohlari paydo bo’lgan. Asta-sekin ikki podsholik — shimolda quyi Misr va Janubda Yuqori Misr paydo bo’lgan. Ularni birinchi fir’avn Menes eramizdan avvalgi 3200 yillarda birlashtirgan.

Misrliklar o’z hukmdorlarini tirik xudo deb hisoblashar, u butug hayotga.shuningdek, Nilning toshishiga ham o’z hukmini o’tkazadi, deb ishonishardi. Shoh Per’ao deb ataladigan, «buyuk uy» ma’nosini bildiradigan saroyda yashardi. «Fir’avn» nomi shundan kelib chiqqan.

Tirik fir’avn lochin boshli quyosh xudosi — Goraning timsoli deb hisoblanardi. O’limidan so’ng fir’avn oxirat xudosi — Osirisga tenglashtirilardi. Misrliklar o’lim — oxiratdagi hayotning boshlanishi deb ishonganliklari bois oxiratdan abadiy hayotga mo’ljallab qurilgan maqbaralar — uylarga o’sha keyingi hayot uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni joylab qo’yishardi.

Ehromlar qadimgi Podsholik hukmdorlarining maqbaralaridan iborat edi. Biroq ular tez-tez talab turilgani uchun o’rta va Yangi Podsholik fir’avnlarini alohida ajratilgan Podsholar Vodiysiga dafn eta boshlaganlar. Barcha ehtiyotkorlik choralari ko’rilishiga — yashirin ravishda dafn etilishiga, maqbaraga kiriladigan yo’l niqoblanishiga qaramay, bu daxmalarning ham ko’pchiligi talon-toroj qilingan. Yosh podsho Tutanxamonning maqbarasigina bunday talonchilikdan omon qolgan. 1922 yili uni Govard Karter topgan. Bu yerga shunchalik ko’p boylik qo’yilgan ekanki, uni bir necha yil davomida tashib chiqishgan. Ko’plab go’zal buyumlar hozir Qohiradagi muzeyga qo’yilgan, biroq podshoning mo’miyolangan jasadi maqbarada qoldirilgan.

 

ROZETT TOSHI QANDAY TOSH?

Ma’lumki, qadimgi Misr barcha davrlar va xalqlarning eng yuksak sivilizatsiyalaridan edi. Odamlar ko’p vaqtdan buyon qadimgi Misr obidalari, imoratlarini, shuningdek, turli-tuman xazinalarini qazish ishlarini olib bormoqdalar. Binolardan va boshqa buyumlardan noma’lum yozuvlarni topganlar, biroq ularni hech kim o’qiy olmagan. Go’yo bu sirning tagiga yetib bo’lmaydigandek edi.

Qadimgi yunonlar bu bitiklarni Misr kohinlari diniy maqsadlarda yaratganlar, deb ishonishar, shu bois ularni ierogliflar, deb atashgandi. Bu so’z tarjima qilinganda, «muqaddas belgilar», degan ma’noni anglatardi. Bitiklarning bunday turlari ierogliflar sifatida mashhur bo’lib ketdi.

Yunonlardan so’ng, to XVII asrga qadar bu bitiklarni o’qishga jiddiy kirishilmaydi. XVII asrda ko’plab olimlar ushbu muammo bilan shug’ullanishga kirishdilar, biroq biron-bir natijaga erishmadilar. Keyinchalik, 1799 yili buyuk kashfiyot amalga oshirildi: Nil daryosi quyilishida bir qora bazalt taxta topildi. Bu taxta u yerda yuzlab yillar yotgan edi. Rozett shahri yaqinida topilgani uchun unga Rozett toshi degan nom berildi.

Rozett toshining nodirligi unga nomani uch tilda o’yib bitilganidadir. Bir noma yunon

tilida, ikkinchisi — ierogliflar, uchinchisi —

misr yozuvining so’nggi shakllaridan, tez yozuv deb atalgan qisqartma ierogliflar edi.

Shundan so’ng bu bitiklarni o’rganishga uzoq yillar urinildi. Yunoncha matnni o’qib, tushunish mumkin edi. Nihoyat, uni qolgan matnlar bilan qiyoslangach, ieroglif yozuvining asrlar davomida yashirin qolib kelgan siri ochildi. Bu ishni yosh frantsuz Jan-Fransua Shampolon amalga oshirdi.

Natijada tarixchilar misrliklarning eramizdan avvalgi 3500 yilgacha bo’lgan hayoti, urf-odatlari va diniy marosimlarini o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Ierogliflar misr yozuvining eng qadimiy p1akli hamda insoniyatga ma’lum bo’lgan ilk yozuv tizimlaridan bo’lgani uchun ham shunday sharoit yaratildi.

Aslida bular — rasm-bitiklardir. har bir rasm bir buyumni anglatadi. Vaqt o’tgan sayin bu yozuv rivojlanib, keyinchalik misrliklar tushunchalarni, tovush va so’zlarni yoza boshladilar.

KLEOPATRA  KIM  BO’LGAN?

Jahon madaniyati tarixida bu qadar ko’p afsona va rivoyatlar yuzaga kelishiga sabab bo’lgan boshqa bir nomni topish mushkul bo’lsa kerak. Yozuvchilar, shoirlar va rassomlar bu ayolning romantik hamda bir qadar sirli siymosini yaratganlar. Bosh rolni Elizabet Teylor o’ynagan mashhur film ham Kleopatra obrazi bilan bog’liqdir.

Sharqda qlubatro nomi bilan mashhur bo’lgan bu ayol haqida nimalarni bilamiz?

Kleopatra — o’z davrida Buyuk Iskandar Maqduniy taxtga o’tkazgan Ptolemeylar avlodidan bo’lgan, Misrning so’nggi shohinasidir. U eramizdan avvalgi 69 yilda tug’ilgan. Otasi Misr shohi Ptolemey XII unga o’z avlodi uchun an’anaviy bo’lgan Kleopatra ismini beradi.

Otasining o’limidan so’ng Kleopatra, vasiyatga muvofiq, o’z ukasi. Ptolemey bilan birgalikda hukmronlik qila boshladi. Biroq bir muncha vaqtdan so’ng, voyaga yetib qolgan Ptolemey Kleopatrani Falastinga surgun qilib, yakka o’zi hukmronlik qila boshlaydi.

Eramizdan avvalgi 48 yilda Rim sarkardasi Gay Yuliy Sezar sulola kurashiga aralashib, Kleopatraga taxtni qaytarib olib beradi. Eramizdan avvalgi 47 yilda Sezar bilan Kleopatraning o’g’li — Sezar Ptolemey dunyoga keladi.

Bir yildan so’ng Kleopatra, jahondagi ikki buyuk davlat — Rim bilan Misrni qo’lining nomi bilan birlashtirish maqsadida, u bilan Rimga keladi. Biroq eramizdan avvalgi 44 yil 15 martda uning umidlari chilparchin bo’ladi. Shu kuni Senatning majlislar zalida Sezar o’ldiriladi.

Dafn mahali e’lon qilingan vasiyatnomada Sezar singlisining o’g’li Gay Oktaviyni o’g’il qilib olgani hamda uni asosiy voris etib tayinlagani ma’lum bo’ladi. Sezar Ptolemey haqida esa vasiyatnomada bir og’izam so’z yo’q edi. Misrga qaytgach, Kleopatra o’g’lini ham hokim etib tayinlaydi.

Uch yildan so’ng Kleopatra Rim imperiyasini Oktaviy bilan birga boshqarayotgan Mark Antoniy bilan uchrashadi. Eramizdan avvalgi 42 yilda sobiq sarkarda Filippda Sezar qotillari ustidan g’alaba qozonadi. Shu paytdan boshlab Mark Antoniy boy sharqiy o’lkalar, shu jumladan Misrning hukmdoriga aylanadi.

Mark Antoniy omadli sarkarda edi. Bazmi jamshidlarni, ayollarni, hayotni sevardi. Bularga Kleopatraga bo’lgan mash’um muhabbati qo’shildi. Eramizdan avvalgi 36 yilda Mark Antoniy Oktaviyning opasini tashlab, Kleopatraga uylandi.

Shundan so’ng omad undan yuz o’giradi. Parfiya hamda Armanistonga qilingan samarasiz jangovar yurishlar Mark Antoniy bilan Oktavian Avgust munosabatlarini butunlay yomonlashtirib, ular o’rtasida urush boshlanib ketadi.

Eramizdan avvalgi 31 yilda Oktavianning floti Aktsium burnida Antoniy ustidan g’alaba qozonadi. Kleopatra bilan Antoniy Iskandariya (Misr)ga qochib qutulishadi. Biroq Oktavian qo’shinlari ularni ta’qib qilishni davom ettiradi. Eramizdan avvalgi 30 yilda Oktavian qo’shinlari Iskandariyaga kirgach, Antoniy o’z joniga qasd qiladi. O’z ko’ksiga xanjar urib, Kleopatraning qo’lida jon beradi. Kleopatra ham, Oktavian qozongan zafar tufayli sharmanda bo’lishdan qochib, o’zini o’zi o’ldiradi. Rivoyat qilishlaricha, u savatda ilonlarni keltirishni buyurgan va ilonlar zahridan halok bo’lgan. Ularning farzandlarining taqdiri ham turlicha bo’lgan: Sezar Ptolemey Oktavianning buyrug’i bilan o’ldirilgan, Mark Antoniyning farzandlarini esa xotini o’z tarbiyasiga olib, Rimga olib ketgan.

 

Yerning og’irligi qancha?

Yer Koinotda muallaq turgani uchun uning vaznini tarozi pallasiga qo’yib ulchab bulmaydi. Yerning vazni tugrisida  gapirilganda, avvalo, u tarkib topgan moddalar miqdori nazarda tutiladi.

Yerning massasi, taxminan, 5,976 sekstillion tonnani tashkil etadi. Yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun ushbu raqamni tula keltiramiz: 5 976 000 000 000 000 000 000 000. Olimlar Yerning massasi aynan shuncha ekanini qanday aniqlashgan?

Ular buni aniqlash uchun ikki jismning uzaro tortishish qonunidan foydalanishadi. Gravitatsiya kuchi aynan shu tortishishga  boglik.. Oddiy so’z bilan aytganda, ikki jismning uzaro tortishishi ularning massasi va o’rtasidagi masofaga boglik.  Narsalar qancha katta bulsa, ular  bir-birini shuncha katta kuch bilan tortadi. Ular bir-biridan qancha olisda bulsa, bu kuch shuncha kichik buladi.

Yerning vazni quyidagicha ulchanadi: kichkina bir yuk ipga osib suyiladi, so’ngra bu yukning holati o’lchanadi. Usha yukning yoniga  bir tonna qurgoshin qo’yiladi. Yuk va qo’rgoshin urtasida tortishish paydo buladi, natijada yuk bir oz chetga ogadi. (Bu ogish  amalda 0,000 02 mm.ni tashkil qiladi. Shuning uziyoq o’lchov qanchalik aniq, bo’lishi lozimligini ko’rsatadi.)    Olimlar bunday o’lchashlardan keyin matematika yordamida Yerning vaznini hisoblab chikishdi. Ular Yerning vazniga  nisbatan tortish kuchini o’lchashdi hamda bir tonna qurgoshin osigliq  turgan yukni uziga tortishini o’lchashdi. Hisoblab  chiq;ilgan nisbiy farq Yerning massa-sini kursatadi.

Massa nimadan hosil bo’ladi?  Unga  qattiq  tog’  jinslaridan iborat qobiq, mantiya deb ataladigan qattiq  jinslardan  iborat qatlam, so’ngra ichki qism – yadro kiradi.

 

Osmonda nechta yulduz bor?

Bu savolga xech kim aniq javob bera olmasa kerak. Yerdagi eng kuchli teleskoplar bilan xam yulduzlarning barchasini kurit mumkin emas.

Bu savolga xech kim aniq javob bera olmasa kerak. Yerdagi eng kuchli teleskoplar bilan xam yulduzlarning barchasini kurit mumkin emas. Barchamizning uyimiz bo’lmish Yer (yulduz xam emas!), bor-yo’gi, kichik bir sayyora bo’lib, u o’rtacha kattalikdagi yulduz – Quyosh atrofida aylanadi. Quyosh esa o’z navbatida Somon Yulidagi kichik bir yulduzdan bonha narsa emas. Bizning galaktikamizda bunday million-million yulduzlar bor. Bundan tashqari, Somon Yo’lining o’zi Koinotdagi ming-minglab galaktikalardan biridir.,. Ming-minglab galaktikalardan bittasi bo’lgan bizning galaktikamiz xam shu darajada bepoyonki, juda katta tezlikka ega bo’lgan yorug’lik uning bir chekkasidan ikkinchi bir chekkasiga yetib borguncha ming yillar vaqt o’tadi. Shunday ekan, biz osmondagi yulduzlar sonini xech qachon aniq xisoblab chiqa olmaymiz. Lekin savolga quyidagicha javob berish xam mumkin: yulduzlar soni shu darajada ko’pki, ularning miqdorini tasavvur xam qilib bo’lmaydi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: