Qishki ta’til uzaytirildimi? – XTV bayonet berdi

Qishki ta’til uzaytirildimi? – XTV bayonet berdi
Telegram kanal подписаться

Maktablarda uchta taʼtil oʻrniga uzaytirilgan qishki taʼtilni joriy etilayotgani, birinchi va soʻnggi qoʻngʻiroq kunlarini oʻzgarayotgani yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligi munosabat bildirdi.

«Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda 3 ta taʼtil oʻrniga uzaytirilgan qishki taʼtilni joriy etilayotgani, birinchi va soʻnggi qoʻngʻiroq kunlarini oʻzgarayotgani yuzasidan savollar kelib tushmoqda.

Dastavval, mazkur taklif Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan berilmaganini maʼlum qilamiz.

Aytish joizki, Maktab taʼtillarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar avval ham bildirilgan. Biroq amaldagi davlat taʼlim standartlari oʻquvchilarning oʻzlashtirish imkoniyati va psixologiyasiga moslashtirilgan holda ishlab chiqilganligi sababli ular qabul qilinmagan.

Uzluksiz 4-5 oy davomida taʼlim olish, yaʼni qaysidir taʼtilni bekor qilish evaziga boshqasini uzaytirilishi oʻquvchilarning dars mashgʻulotlarini oʻzlashtirishlariga salbiy taʼsir koʻrsatishini maʼlum qilamiz.

Amaldagi davlat taʼlim standartlariga muvofiq, oʻquv yili 2-sentyabrdan 25-mayga qadar davom etadi.

Oʻquv yili 34 haftadan iborat 4 ta chorakka boʻlingan.

Oʻquvchilarning taʼtil vaqtlari dars mashgʻulotlari davomiyligi amaldagi sanitariya meʼyorlari asosida, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida belgilab qoʻyilgan nizomga muvofiq, amalga oshiriladi.

Taʼtil vaqtlarini oʻzgartirish yuzasidan bildirilayotgan takliflarga javoban maktablarni isitishdan koʻra sovitishga koʻproq energiya resurslari talab etilishini qayd etib oʻtmoqchimiz», deydi Xalq taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: