Qaysi xalqaro olimpiadalarda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning o‘qituvchisi va maktab direktori rag‘batlantiriladi?

Qaysi xalqaro olimpiadalarda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning o‘qituvchisi va maktab direktori rag‘batlantiriladi
Telegram kanal подписаться

Hukumatning 831-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 2019 yil 30 sentabrdagi 823-son qaroriga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq, o‘quvchilari quyidagi olimpiadalarda oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar va maktab direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun tegishlicha 200, 175 va 150 foizlik ustama to‘lanadi:

Qayd etish lozim, Prezidentning 2019 yil 3 mayda imzolangan «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, yuqorida nomi keltirilgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishi belgilangan:

    1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500, o‘qituvchisiga — 450 baravari;

    2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300, o‘qituvchisiga — 250 baravari;

    3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200, o‘qituvchisiga — 150 baravari;

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan 2020 yil 6 noyabr kuni imzolangan «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan, yuqorida nomi keltirilgan xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlarini tayyorlagan maktab o‘qituvchilariga — oliy, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining o‘qituvchilariga — bosh o‘qituvchi malaka toifasi berilishi belgilangan.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: