Qanday qilib noutbuk ekranini o’chirib qo’yish

Qanday qilib noutbuk ekranini o'chirib qo'yish

Noutbuk ekrani ancha elector quvvatini talab qiladigan unsurdir. Kezi kelganda qanday holda va qanday qilib ekranni o’chirib qo’yishni bilish foydadan holi bo’lmaydi.

Noutbuk ekrani stol kompyuterlaridan farqli ravishda topshiriqlarni ekranda darhol aks ettirishi kerak bo’ladi. Lekin uzoq vaqt musiqa tinglash jarayonida uning yoniq turishi quvvatni isrof qilishdan boshqa narsa emas. Stol kompyuterlarida monitorni o’chirish tugmasi bo’ladi, noutbukda esa bunday imkoniyat bazi harakatlar orqali amalgam oshiriladi.

Kombinatsiya orqali ekranni o’chirish.

Ushbu usulda klaviaturaning pastki chap burchakda joylashgan “Fn” tugmasi va yuqoridagi “F1 – F12” tugmalaridan birini birgalikda bosib ekranni o’chirib qo’yish mumkin. Shunda ekran biror klavishni bosguncha yoki sichqonchani harakatlantirilguncha o’chiq holda bo’ladi. “F1 – F12” tugmalaridan birini tanlash turli noutbuk modellarini ishlab chiquvchilarda turlicha qilib belgilangan. Misol uchun “Icer” noutbuklarida “Fn+F6” kombinatsiyasi orqali ekran o’chiriladi.

Ekranning avtomatik o’chish vaqtini qisqartirish.

Aslida ekran muayyan belgilangan standart belgilangan vaqt davomida o’chadi. Ushbu vaqtni o’zingiz istagan daqiqalarga o’zgartirib qo’ying.
“Windows 7” operatsion sistemali kompyuterlarda quyidagicha buyruq bandlariga ketma-ket kiring. Пуск/ Панель управления/ Электропитание/ Настройка отключения дисплея/. Hosil bo’lgan oynadan Переводить компьютер в спящий режим (От сети) bandida belgilangan vaqtni xohishingizga qarab minimal darajada o’zgartiring. Переводить компьютер в спящий режим (От батареи) bandidagi vaqt faqat ekranni emas kompyuter faoliyatini o’chish rejimi hisoblanadi.

Ekranni butunlay o’chirilgan holda ishlash.

Yuqorida doimiy harakat bajarilmayotgan vaqtda ekranni o’chirib qo’yish amallari bilan tanishib chiqdik. Endi noutbukda ekranni butunlay o’chirilgan holda ishlashni ko’rib chiqamiz. Bu ko’rish imkoniyatiga ega bo’lmagan, kompyuterlarini Nvda va Jaws kabi ovozlashtiruvchi dasturlar bilan boshqaradigan foydalanuvchilar uchun asqotadi. Men ko’rsatmoqchi bo’lgan usulda noutbukning proyektor uchun liniyasi bo’lishi kerak. Hozirgi noutbuklarning aksar qismida UCB liniyasidan tashqari tashqi proyektor uchun ham uzatmasi mavjud. Boshladik. Ekranda kontekst menyusini hosil qilamiz va” Разрешение экрана” buyruq bandiga kiramiz. Hosil bo’lgan oynadan “Подключение к проектору” bandiga bosamiz. Ro’yhat orasidan “Только проектор” bandiga bosib o’zgarishni saqlash uchun “Сохранить изменения” tugmasini bosamiz va “OK” bilan tasdiqlaymiz. Tayyor. Noutbukimiz ishlashda davom etmoqda, biroq displayda hech narsa yo’q. Chunki, nur kompyuter ekraniga emas, proyektorga yo’naltirilayotgan bo’ladi. Proyektor ulanmagan bo’lsa, tasvir hech qayerda aks etmaydi. Ekranni qayta yoqish uchun “Подключение к проектору” ro’yhatidan “Только компьютер” bandini tanlab o’zgarishni tasdiqlasak ekran ko’rsatishda davom etadi. Mavzu yuzasidan savollaringiz va boshqacharoq tajribangiz bo’lsa “Fikr bildirish” formasi orqali qoldiring.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: