Qanday qilib maqola yozish

Qanday qilib maqola yozish
Loading...

O’quvchilarni jalb qiladigan maqolalarni yozish muayyan tartibga rioya etishni talab etadi.

Maqola mazmunli va ommabop bo’lishi uchun aniq xulosani bera olishi lozim va maqola yozishdan aniq bir maqsadni ko’zlash kerak. Maqolalar kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo’ladi. Kirish qismida mavzu asoslanishi, nazariy jihatdan uning foydali jihatlari yoritilishi, bugungi kun talablariga ko’ra ko’rib chiqilishi maqsadga muvofiqdir. Asosiy qismda esa mavzu dalillar yordamida ifodalanishi, amaliyotga tadbiqi, foydalanish o’rinlari asoslanishi lozim. Bunda aniqdan umumiylashtirishga, umumiylikdan batafsil ko’rib chiqishga o’tish lozim. Asosiy qismda mavzuga oid bir necha savollar qo’yish, muammoli vaziyatlarning mantiqiy yechimini tahlil qilish o’rinlidir. Xulosada bayon qilingan asosiy fikrlarni ixchamlash, saqlab qo’yilgan oxirgi fikrni bayon etish o’rinli bo’ladi.
Adabiyotshunoslikda maqola publisistik janr xisoblanadi. Janrda ijtimoiy hayot hodisalari tahlil etiladi, nazariya va amaliyot umumlashtiriladi, texnika olamida yuz berayotgan o’zgarishlar, fan va madaniyat yo’nalishlarida erishilayotgan yutuqlar, ilg’or ish tajribalari ommalashtiriladi, turli sohalardagi nuqson va kamchiliklar tanqid ostiga olinadi.
Maqola uslubi deganda uning bayon tili tushuniladi. Ommaviy maqolada tuzilayotgan jumlalar mumkin qadar soda bo’lishi lozim. Bir ega va bir kesimli gaplar samarali ta’sir ko’rsatadi. Chunki, murakkab qo’shma gaplar oddiy o’quvchi uchun zerikarli bo’lib aniq fikrni anglash uchun qiyinchilik tug’dirishi mumkin. Ilogi boricha bir so’zni ikki marta takrorlamaslik kerak. Ya’ni so’zning sinonimlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchi jumladagi fikr keyingi jumlada to’ldirilishi, davom etishi lozim. Bir fikrni qayta takrorlash sun’iylikka olib keladi. Chunki, bu fikrni ham buzadi, fikrning ta’sirchanligiga ham putur yetkazadi.
Maqolani uchinchi shaxs tomonidan yozish tavsiya etiladi. Maqola yozayotganda mantiqiy ketma-ketlikka urg’u berish, yngicha nuqtai nazar bilan yondoshish, o’quvchilar undan ma’naviy ozuqa olishini ta’minlash, zamon talabiga mos bo’lgan yaxlit asar bo’lishi kerakligini unutmang.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 5
  1. Zulfiya Amin qizi

    Assalomu alaykum! Men ushbu maqola bilan tanishib chiqish jarayonida özimga kerakli bölgan juda köp narsani örgandim. Men hozircha havaskor muxbirman, men uchun bu kabi imkoniyatlarim darajasini oshiruvchi maqolalar juda muhim. Biz kabi yoshlar uchun, meni fikrimcha, bu anchayin amaliyot kitobchasi desam mubolag’a bölmaydi. Fikrlarimdagi dag’alliklar uchun uzr sörayman.

  2. Jaxongir Iqbolovich

    Rahmat katta ancha narsani bilib oldim shunga o’xshagan odamlar uchun foydali bo’lgan narsalarni ko’proq chiqaringlar!!!

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Sizga ham rahmat, albatta foydali maqolalar yozishga harakat qilamiz

  3. Mirakbar

    Assalam aleykum! Sizga maqola yozib berish keragamasmi?

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Valeykum assalom. Kerak. Qanday shartlar bilan maqola yozib berishingiz mumkin?

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Loading...
error: Kontent himoyalangan!