Professional taʼlim muassasalarining ilk bitiruvchilari

Professional taʼlim muassasalarining ilk bitiruvchilari

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi professional ta’lim muassasalari tarmoqlarining ilk bitiruvchilari joriy yilda ta’limni tamomlab, iqtisodiyot tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlari sifatida mehnat bozoriga chiqmoqdalar.

Professional ta'limning ilk bitiruvchilari

Oʻtgan davr mobaynida kompetensiyalarga asoslangan taʼlim dasturlari asosida oʻquvchilarda mehnat bozori uchun zarur boʻladigan malakalar shakllantirildi. Oʻquvchilarni kasb va mutaxassislik boʻyicha oʻqitish bilan birgalikda ularda vatanparvarlik, jamoada ishlash, oʻz-oʻzini rivojlantirish kabi kompetensiyalari shakllantirildi.
Bitiruvchilarning kasbiy koʻnikmalari hamkor tashkilotlar, xususan joylardagi ish beruvchilar vakillari tomonidan baholash yoʻlga qoʻyilganligi ularning mahoratini namoyish qilish imkoniyatini taʼminlamoqda.
Joriy yilda professional taʼlim muassasalarini 142 ming nafardan ziyod, jumladan, kasb-hunar maktablarini 75 mingdan ortiq, kollejlarni 47 mingdan ortiq hamda texnikumlarni 20 mingdan ortiq bitiruvchilar taʼlimni yakunladilar.
571 nafar imkoniyati cheklangan shaxs 16 ta kasb-hunarga oʻqitilib, ularga tegishli diplomlar, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Diplom blankalariga individual QR-kod tizimi joriy etildi. Malakalari koʻrsatilgan yangi namunadagi diplomlarni topshirish marosimi joylarda hokimliklar, ish beruvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillari ishtirokida katta tantana sifatida oʻtkazilmoqda.
Manba: https://edu.uz/uz/pages/axb


В этом году первые выпускники новых профессиональных учебных заведений, созданных по инициативе главы государства, завершили обучение и выходят на рынок труда в качестве кадров среднего звена для отраслей экономики.

За прошедший период на основе образовательных программ, основанных на компетенциях, формировались навыки студентов, необходимые для рынка труда. Вместе с обучением студентов профессиям и специальностям у них формировались такие компетенции, как патриотизм, работа в команде, саморазвитие.
Оценка профессиональных навыков выпускников партнерскими организациями, в частности, представителями местных работодателей, дает возможность продемонстрировать свои навыки.
В этом году завершили обучение более 142 тысяч выпускников профессиональных учебных заведений, в том числе более 75 тысяч профессионально-технических училищ, более 47 тысяч колледжей, более 20 тысяч выпускников техникумов.
571 человек с инвалидностью прошли обучение по 16 профессиям и получили дипломы, почетные грамоты и памятные подарки.
В бланках дипломов введена индивидуальная система QR-кодов. Церемония вручения дипломов нового образца с квалификацией проводится в виде торжественной церемонии на местах с участием хокимов, работодателей, родителей и представителей общественности.
Источник: https://edu.uz/uz/pages/axb

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Mohidil

    Kasb hunar maktablarida 1ijro intizomi bo’yicha inspektor va 2ichki intizom bo’yicha inspektor shtatlari bor. Man 1-sini ishini qilaman, lekin 2—shtatga ishga olingan ekanman hujjatim bo’yicha. Shu shtatlar bajarishi ok bolgan ishlari va mehnat ta’tillari to’g’risida ma’lumot ham bera olasizmi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: