Prezidentlikka Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod bormi?

Prezidentlikka Shavkat Mirziyoyevdan boshqa nomzod bormi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida 2021 yil 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari haqida o‘z fikrini bildirdi.

Bu haqda «gazeta.uz» yozmoqda.
Uning fikricha, ushbu saylovlar oldingi yillarda o‘tkazilgan islohotlarga baho beruvchi referendum bo‘ladi.
«Shuning uchun ham ular juda muhim. Boshqa tomondan, saylovlar umuman boshqa sharoitda bo‘lib o‘tishi tushunarli: bugun boshqacha O‘zbekiston, boshqacha fuqarolik jamiyati, boshqacha ommaviy axborot vositalari, boshqacha ochiqlik darajasi. Tayyorgarliklarga ham, saylovlarning o‘tkazilishiga ham qat’iy baho beriladi», — dedi senator.
Senat rahbarining birinchi o‘rinbosari hokimiyat vakillari oldida ikkita vazifa turganini aytdi.
«Birinchisi va eng asosiysi — xalq saylovlar haqqoniy va adolatli o‘tganini, o‘zi xohlagan nomzod saylanganini ko‘rishi kerak. Ikkinchisi va O‘zbekiston imiji uchun juda muhimi — xalqaro hamjamiyat, YEXHT (Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti) va boshqalar ushbu saylovlarni haqqoniy va adolatli deb tan olishi. Bu maksimal ravishda boshqa darajadagi tayyorgarliklarni talab qiladi», — deya ta’kidladi u.
Sodiq Safoyevning aytishicha, ushbu saylovlar kelgusi islohotlarga zamin yaratadi.
«Ochiqchasiga aytishim mumkin, men Shavkat Miromonovich Mirziyoyevdan boshqa nomzod ko‘rmayapman. Bu inson islohotlarni boshladi, ularning lokomotivi, g‘oyalar generatori. Menimcha, unga keyingi muddatga yangi mandat berish O‘zbekiston kelajagi uchun hayotiy ahamiyatga ega», — deb hisoblaydi u.
O‘z navbatida, senator saylovlar muvaffaqiyatli o‘tishi uchun alternativ nomzodlar ham bo‘lishi muhimligini ta’kidladi.
«Yo‘q. Albatta, bu erda alternativ saylovlar, alternativ dasturlar bo‘lishi kerak. Ziddiyatlarning bir sababi — ma’lum klasslarning, tuzilmalarning manfaatlarini himoya qiluvchi ijtimoiy-siyosiy institut, siyosiy partiyalar bugungi kunda yetarlicha ishlamayapti. Boz ustiga, shunchaki ishlamayapti, deylik. Axir aynan ular bugun blogerlar, fuqarolik jamiyati, ijtimoiy tarmoqlar ko‘tarayotgan masalalarni ko‘tarib chiqishi kerak. Aynan siyosiy partiyalar aholining turli qatlamlarining manfaatlarini o‘zida aks etgan siyosiy dastur va lozunglarni ilgari surishlari kerak», — deb tushuntirdi Sodiq Safoyev.
Senat raisining o‘rinbosari partiyalarning passivligi to‘g‘risidagi savolga javob berib, «hech kim prezidentchalik ularni haqiqiy siyosiy partiya bo‘lishga undamayotganligini» aytdi.
«Ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ularning barcha takliflari amalga oshirilyapti. Barchasi yana kadrlarga, odamlarga, ularning tayyorgarlik darajasiga borib taqaladi. Lekin aminmanki, jarayon ketmoqda. Bu boshqacha siyosiy partiyalar bo‘ladi. Islohotlarni baholash bo‘yicha referendum deydigan bo‘lsak, shuni tushunish kerakki, ushbu islohotlarni unchalik yoqtirmaydigan odamlar bor, ular turli xil sabablarga ko‘ra hozir bizda ketayotgan modernizasiya amalga oshishini xohlashmaydi. Ushbu qarashni ham aks etadigan siyosiy partiyalar bo‘lishi kerak. Odamlar ushbu masalani ko‘targan siyosiy partiya nomzodi uchun ovoz berishsin», — dedi u.
Senator yana bir marotaba alternativ dasturlar va nomzodlarsiz «saylovlar to‘laqonli, adolatli va haqqoniy deb baholanmasligini» ta’kidladi.
Sodiq Safoyev, shuningdek mustaqil ravishda prezidentlik va deputatlikka nomzod ko‘rsatish iloji yo‘qligiga ham izoh berdi. U hozir qonunchilikda bu narsa yozilmaganligini tan oldi, lekin mustaqil ravishda nomzodni qo‘yishning iloji yo‘qligi ochiq saylovlarni o‘tkazishga to‘sqin bo‘lmasligini aytdi.
«Yo‘q, umuman. Siyosiy partiyalar, agar ular haqiqiy siyosiy partiya bo‘lsa, bularni o‘zida mujassam qilishi mumkin. Biz bu haqda bahslashishimiz mumkin, anjuman o‘tkazishimiz mumkin. Buni yoqlaydigan va qarshi ko‘p argumentlar bor… Men bir narsani aytishim mumkin, oldinda bir nechta konferensiyalar bor, va ushbu mustaqil nomzodlar masalasi ham [kun tartibida] turibdi», — dedi senator.


В интервью проекту Alter Ego первый заместитель Спикера Сената Олий Мажлиса Содик Сафаев прокомментировал предстоящие 24 октября 2021 года президентские выборы.

Об этом сообщает Gazeta.uz.
Он говорит, что выборы будут референдумом для оценки реформ, проведенных в предыдущие годы.
«Вот почему они так важны. С другой стороны, понятно, что выборы пройдут совсем в другой среде: сегодня другой Узбекистан, другое гражданское общество, другие СМИ, другой уровень открытости. И подготовка, и проведение выборов будут оценены строго», — сказал сенатор.
Первый зампред Сената заявил, что перед властями стоят две задачи.
«Прежде всего, люди должны увидеть, что выборы честные и избран кандидат по их выбору. Во-вторых, что очень важно для имиджа Узбекистана, международное сообщество, ОБСЕ (Организация по безопасности и сотрудничеству в Европе) и другие должны признать эти выборы честными и справедливыми. Он требует максимально разного уровня подготовки», — сказал он.
Содик Сафаев сказал, что выборы проложат путь к будущим реформам.
«Честно могу сказать, что не вижу другого кандидата, кроме Шавката Миромоновича Мирзиёева. Этот человек начал реформы, их локомотив, генератор идей. Думаю, предоставление ему нового мандата на следующий срок жизненно важно для будущего Узбекистана», — сказал он.
Со своей стороны сенатор подчеркнул необходимость наличия альтернативных кандидатов для успеха выборов.
«Нет. Конечно, должны быть альтернативные выборы, альтернативные программы. Одной из причин конфликта является отсутствие общественно-политических институтов и политических партий, защищающих интересы определенных классов и структур. Плюс, скажем так, не работает. Ведь именно им сегодня приходится поднимать вопросы, поднятые блогерами, гражданским обществом и социальными сетями. Именно политические партии должны продвигать политические программы и лозунги, отражающие интересы разных слоев населения», — сказал Содик Сафаев.
На вопрос о пассивности партий зампред Сената ответил, что «никто в президентстве не поощряет их превращение в настоящую политическую партию».
«Для них созданы все условия, все их предложения реализуются. Все зависит от персонала, людей, уровня их подготовки. Но я уверен, что процесс идет. Это будут разные политические партии. Когда мы говорим о референдуме об оценке реформ, мы должны понимать, что есть люди, которым эти реформы не нравятся, по разным причинам они не хотят той модернизации, которую мы сейчас переживаем.Должны быть и политические партии, отражающие эту точку зрения. Пусть люди голосуют за кандидата той политической партии, которая подняла этот вопрос», — сказал он.
Сенатор повторил, что без альтернативных программ и кандидатов «выборы не будут считаться полными, честными и справедливыми».
Содик Сафаев также заявил, что самостоятельно баллотироваться в президенты и парламент невозможно. Он признал, что закон этого не предусматривает, но сказал, что невозможность выдвинуть независимого кандидата не помешает открытым выборам.
«Тогда это просто стало известно нам. Политические партии, если они настоящие политические партии, могут их воплощать. Мы можем это обсудить, мы можем провести конференцию. Аргументов за и против много.… Могу сказать одно, впереди несколько конференций, и вопрос об этих независимых кандидатах тоже стоит на повестке дня», — сказал сенатор.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: