Prezidentimizning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashidagi nutqi

Prezidentimizning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashidagi nutqi
Вы также можете подписаться на нас по телеграмме Подпишитесь на канал

Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi

Hurmatli rais Najot Shamim Xon xonimlari!
Hurmatli Oliy komissar Mishel Bachelet xonimlari!
Xonimlar va janoblar!
Bugun Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi sifatida ushbu uchrashuvda birinchi marta ishtirok etmoqda.
Biz soʻnggi yillar davomida Kengashga aʼzo boʻlish uchun butun masʼuliyatni anglagan holda intilib kelganimizni taʼkidlamoqchiman.
Demokratik islohotlarimiz yangi Oʻzbekistonni bunyod etishga qaratilgan boʻlib, bu oʻzgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi.
Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Inson huquqlari yoʻlida harakatga daʼvat” tashabbusini ilgari surish uchun Kengash aʼzolari, barcha sheriklarimiz bilan yaqin hamkorlikni davom ettiramiz.
Hurmatli anjuman ishtirokchilari!
Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yana-da chuqurlashtirish va Kengash doirasidagi faoliyatimizning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat.
Birinchidan, insonning asosiy huquq va erkinliklarini taʼminlash Oʻzbekistondagi islohotlarda eng muhim oʻrinda turadi.
2030-yilgacha moʻljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashni koʻzda tutadigan “hech kimni eʼtibordan chetda qoldirmaslik” tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Bu oʻrinda soʻz Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar boshqarmasi ekspertlarining faol ishtirokida ishlab chiqilgan Inson huquqlari boʻyicha milliy strategiyani amalga oshirish toʻgʻrisida bormoqda.
Ikkinchidan, biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qatʼiy davom ettiramiz.
Joriy yilda Oʻzbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti va xotin-qizlarning mintaqaviy biznes-forumini oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz.
Uchinchidan, alohida ehtiyojga ega boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlashga jiddiy eʼtibor qaratiladi.
Yaqinda Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi yangi qonun kuchga kirdi. Oʻzbekiston Parlamenti Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishi kutilmoqda.
Biz imkoniyati cheklangan shaxslarning oʻz qobiliyatini toʻla roʻyobga chiqarish masalalari boʻyicha Mintaqaviy kengash tuzishni taklif etamiz.
Toʻrtinchidan, aholimizning yarmidan koʻpini tashkil etadigan yoshlar huquqlarini himoya qilish doimo eʼtiborimiz markazida boʻlib kelmoqda.
Joriy yil Oʻzbekistonda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb eʼlon qilindi.
Bu borada biz:
— Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Yoshlar huquqlari boʻyicha butunjahon konferensiyasini oʻtkazish;
— BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining oʻninchi forumida Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya loyihasini taqdim etish;
shuningdek, Yoshlar huquqlari boʻyicha maxsus maʼruzachi institutini taʼsis etish masalasini kiritishga tayyorgarlik koʻrmoqdamiz.
Beshinchidan, biz Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish boʻyicha katta ishlarni amalga oshirdik. Bu islohotlarimizdagi eng asosiy yutuqlarimizdan biri boʻldi.
2021-yilda, yaʼni Bolalar mehnatiga barham berish xalqaro yilida Bolalar Ombudsmani toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilamiz.
Oltinchidan, “Inson huquqlari sohasida taʼlim” deklaratsiyasining 10 yilligiga bagʻishlab biz Oliy komissar boshqarmasi bilan birgalikda global forum oʻtkazishni taklif etamiz.
Oʻqitish tizimini rivojlantirish maqsadida BMTning inson huquqlari sohasidagi Ixtiyoriy badallar jamgʻarmasiga oʻz hissamizni qoʻshmoqchimiz.
Yettinchidan, Bosh kotib Antoniu Guterrish Janobi Oliylarining fuqaroligi boʻlmagan shaxslar sonini kamaytirish boʻyicha qatʼiy choralar koʻrish toʻgʻrisidagi taklifini qoʻllab-quvvatlaymiz.
Birgina oʻtgan yilning oʻzida 50 ming nafar vatandoshimiz Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi fuqarolikka ega boʻladi.
Xonimlar va janoblar!
Biz erishgan natijalarimiz bilan kifoyalanib qolmasdan, bundan buyon ham fuqarolik jamiyati institutlarini yana-da rivojlantirish, Oʻzbekistonda soʻz erkinligini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni qatʼiy maqsad qilganmiz.
Shu asnoda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida kodekslar ishlab chiqilmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining din yoki eʼtiqod erkinligi, sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari boʻyicha maxsus maʼruzachilarining tavsiyalarini alohida eʼtiborga olganmiz.
Inson huquqlari boʻyicha kengashga Sudyalar kengashlari faoliyatining universal prinsiplarini ishlab chiqish masalasini koʻrib chiqishni taklif etamiz.
Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni joriy etish doirasida biz odamning qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid boʻlgan qiynoqlarning har qanday koʻrinishiga bundan buyon ham mutlaqo yoʻl qoʻymaymiz. Bunday jinoyatlar qachon sodir etilganidan qatʼi nazar, ular uchun jazo muqarrardir.
Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilamiz.
Mazkur masalalar yuzasidan hamkorlikda ishlash maqsadida Qiynoqlar masalasi boʻyicha maxsus maʼruzachini Oʻzbekistonga taklif etishga tayyorgarlik koʻryapmiz.
Hurmatli yigʻilish ishtirokchilari!
Oʻzbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlariga qatʼiy sodiq qoladi.
Shu bilan birga, biz inson huquqlari borasida hali ulkan yoʻlning boshida turganimizni yaxshi tushunamiz va xalqaro hamkorlarimizning qoʻllab-quvvatlashiga umid qilamiz. Shu munosabat bilan Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar Mishel Bachelet xonimlarining yurtimizga tashrifini kutib qolamiz.
Bu borada mandatga ega boʻlgan barcha vakillarning Oʻzbekistonga tashrif buyurishlari uchun doimiy taklifnoma yuborish haqida qarorni qabul qilamiz.
Shuningdek, Osiyo qitʼasining inson huquqlari boʻyicha mintaqaviy mexanizmini muntazam faoliyat koʻrsatadigan platforma – Samarqand forumi negizida yaratish borasida koʻmak berishga tayyormiz.
Hurmatli doʻstlar!
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 yillik tarixi inson huquqlari universal qadriyat ekanini yaqqol isbotladi. Bu ustuvor tamoyilsiz yer yuzida tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishib boʻlmaydi.
Nutqimning yakunida shuni yana bir bor taʼkidlab aytmoqchiman: Oʻzbekiston Inson huquqlari boʻyicha kengash aʼzosi sifatida xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum eʼtirof etilgan prinsip va normalarini qatʼiy himoya qiladi va faol ilgari suradi.
Eʼtiboringiz uchun rahmat.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: