Prezident o‘qituvchi va shifokorlar bilan uchrashdi

Prezident o‘qituvchi va shifokorlar bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari davom etmoqda. Davlat rahbari Qarshi shahrida qashqadaryolik o‘qituvchi va murabbiylar, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.

Ma’lumki, 30 oktyabr kuni ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, 6 noyabrda esa sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inini tubdan o‘zgartirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishlari o‘tkazilgan edi. Bu ikki soha bo‘yicha Prezidentning alohida farmon va qarori ham qabul qilindi.
Bugungi uchrashuvda ta’lim va tibbiyot sohalaridagi islohotlarning ahamiyati, joylarda amalga oshirish choralari haqida so‘z bordi.

“Bu ikki sohani rivojlantirmasdan turib raqobatbardosh mamlakat bo‘la olmaymiz. Kelajakni sog‘lom millat, bilimli avlod quradi”

, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etish joizki, Qashqadaryoda maktablar ahvoli ham, tibbiy xizmat sifati ham qoniqarsiz. Muammolar juda ko‘p. Ota-onalar ta’lim tizimidan norozi. Aksariyat aholining turmush tarzi, ovqatlanish ratsioni to‘g‘ri emas. Shu bois bu sohalarda boshlangan islohotlar  viloyat uchun o‘ta muhim va zarur.
Shavkat Mirziyoyev bu boradagi yangi ish tizimidan maqsadi, pedagog va shifokorlardan kutayotganlari haqida ko‘nglidagi gaplarni aytdi. Maktab direktorlari, o‘qituvchilar,  tibbiyot xodimlarining fikr-mulohazalarini eshitib, takliflarini qo‘llab-quvvatladi.

“Ta’limdagi ishlar ham, tibbiyotdagi ham igna bilan quduq qazishdek gap, natijasi tez ko‘rinmaydi. Buning uchun mashaqqatli mehnat, katta fidoyilik kerak. Boshlangan islohotlarning amalga oshishi, xalqimizning rozi bo‘lishi shunga bog‘liq. Bu yo‘lda sizlarga ishonaman, suyanaman”

, dedi Prezident.


Визит Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Кашкадарьинскую область продолжается. В Карши Президент встретился с учителями, тренерами и медперсоналом Кашкадарьи.

Известно, что 30 октября прошли видеоконференции по совершенствованию системы образования, а 6 ноября — видеоконференции по коренной трансформации системы первичной медико-санитарной помощи. По этим двум направлениям приняты отдельные указ и постановление президента.
На сегодняшней встрече обсудили важность реформ в сфере образования и медицины, а также меры, которые необходимо реализовать на местах.

«Мы не можем быть конкурентоспособной страной, не развивая эти два направления», — сказал он. Будущее будет строить здоровая нация, образованное поколение».

говорит Шавкат Мирзиёев.
Следует отметить, что как состояние школ, так и качество медицинских услуг в Кашкадарье неудовлетворительное. Слишком много проблем. Родители недовольны системой образования. Образ жизни и диета большинства людей неверны. Поэтому начатые в этих сферах реформы очень важны и нужны для региона.
Шавкат Мирзиёев рассказал о предназначении новой системы и о том, чего он ждет от учителей и врачей. Директора школ, учителя и медицинский персонал выслушали мнения и поддержали предложения.

«Ни образование, ни медицина — это не то же самое, что рытье колодца иголкой, и результаты не мгновенны», — сказал он. Это требует тяжелой работы и большой самоотверженности. Реализация начатых реформ будет зависеть от согласия нашего народа. Я доверяю и полагаюсь на тебя на этом пути»

— сказал президент.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: