Prezident maktablariga o’quvchilar qabuli kelgusi o’quv yilida o’tkaziladi

Prezident maktablarida kimlar o'qishi mumkin?

Prezident maktablariga yangi o’quvchilar qabuli qoldirildi.

Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Yuzaga kelgan pandemiya vaziyatidan kelib chiqib, karantin davrida yosh avlod sog’ligini asrash, pandemiya butunlay bartaraf etilmagan sharoitda voyaga yetmagan o’quvchilarning katta sig’imli binolarda saralash imtihonlari vaqtida uzoq vaqt qolib ketishiga yo’l qo’yib bo’lmasligi, shuningdek, Agentlik hamkori – Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining mamlakatimizga karantin davrida tashrifini belgilangan sanalarda tashkil etish imkoni yo’qligi sababli qabul kelgusi o’quv yiliga qoldirilgan.
Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg’ona shaharlarida ochiladigan Prezident maktablariga (beshinchi sinfdan o’ninchi sinfgacha) hamda joriy yilda ochilishi rejalashtirilgan Surxondaryo viloyatidagi Ro’zi CHoriev va Buxoro viloyatidagi Muxtor Ashrafiy nomidagi ijod maktablariga (ettinchi sinfdan) o’quvchilar qabuli kelgusi yilda o’tkaziladi.
Toshkent, Nukus, Namangan va Xiva shaharlarida faoliyat yuritayotgan Prezident maktablariga 2020/2021 o’quv yiliga o’quvchilarni beshinchi sinflarga qabul qilish imtihonlari 2021 yilga qoldirilib, 2021/2022 o’quv yilida o’quvchilar beshinchi va oltinchi sinflarga qabul qilinadi.
Hukumat qaroriga binoan, 2020/2021 o’quv yilidan boshlab ijod maktablariga qabul yettinchi sinfdan amalga oshiriladi. Bugungi kunga kelib, mavjud ijod maktablaridagi sinflar kontingenti to’liqligini inobatga olgan holda, 2020/2021 o’quv yilida yangi sinflar ochilishi nazarda tutilmagan.
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar, ya’ni Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek hamda Abu Ali ibn Sino nomlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2020/2021 o’quv yiliga o’quvchilarni qabul qilish masalasiga oid ma’lumot tegishli o’rganishlardan so’ng ma’lum qilinadi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 2
  1. Shahnoza

    Talim shaklini xar hil yozsa buladimi masalan 5tadan bittasi yo ikkitasini sirtqi qolganlarini kunduzgi yo kechki qilib yozsa buladimi

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Bir xil ta’lim shakli bo’lishi kerak

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: