Prezident maktablarida kimlar o‘qishi mumkin?

Prezident maktablarida kimlar o‘qishi mumkin?

Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Birinchi uchta maktab joriy yilda Nukus, Toshkent va Xivada ochilishi belgilangan.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 fevral kuni «Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorni imzolagani ma’lum qilingan edi. Dastlabki Prezident maktablari 2019 yilda Toshkent, Nukus, Xiva shaharlarida qurilsa, 2020 yilda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida, 2021 yilda Andijon, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil — 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa 5−10-sinflarining har bir maktab 144 nafardan o‘quvchi o‘qishga qabul qiladi.
O‘quv jarayoni xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi va «STEAM — ta’lim» (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiya, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — san’at, Mathematics — matematika) dasturi asosida olib boriladi.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha Prezident maktablariga qabul Kembrij Universitetining Imtihon Kengashi tomonidan o‘tkaziladi
Joriy yilning 28 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi hamda Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.
Mazkur hujjat Prezident maktablari o‘quv jarayonlarini rivojlantirish va shakllantirishda XTV hamda Cambridge Assessment International Education o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Memorandum doirasida Prezident maktablariga iqtidorli o‘quvchilarni qabul jarayonini adolatli, ishonchli va shaffof o‘tkazishni joriy etish belgilandi.
Cambridge Assessment Prezident maktablarida o‘quvchilarning intellektual salohiyatini ochishga yordam beruvchi o‘quv dasturlarini joriy etishda ko‘mak beradi.
Hamkorlik yo‘nalishlaridan yana biri Prezident maktablari rahbariyati hamda o‘qituvchilari malakalarini xalqaro me’yorlarga muvofiq oshirish hisoblanadi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlari yozma, og‘zaki hamda mantiqiy fikrlash natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Prezident maktablari bitiruvchilariga, belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.


Президентские школы будут постепенно создаваться во всех регионах страны. Первые три школы планируется открыть в этом году в Нукусе, Ташкенте и Хиве.

Ранее сообщалось, что Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев 20 февраля подписал указ «О создании президентских школ». Первые президентские школы будут построены в 2019 году в Ташкенте, Нукусе, Хиве, в 2020 году в Бухаре, Джизаке, Кашкадарьинской., Самаркандской и Ферганской областях, в 2021 году Андижанской, Навоийской, Наманганской, Сурхандарьинской, Сырдарьинской и Ташкентской областях.
Годовая квота приема в Президентскую школу составляет 24 ученика, по 12 учеников в классе. В первый учебный год в каждой школе с 5 по 10 классы обучается 144 ученика.
Учебный процесс осуществляется на английском языке по учебным планам и программам, разработанным в сотрудничестве с зарубежными учебными заведениями, и «STEAM – образование» (Наука – естественные науки, Технология – технология, Инженерия – техническое творчество, Искусство – искусство, Математика – математика ).
По сообщению пресс-службы Министерства народного образования, прием в Президентские школы будет проводить экзаменационная комиссия Кембриджского университета.
Меморандум о взаимопонимании был подписан 28 февраля между Министерством народного образования и Советом по международному образованию Cambridge Assessment Кембриджского университета.
Этот документ послужит основой для налаживания сотрудничества между HTV и Cambridge Assessment International Education в сфере развития и формирования образовательного процесса Президентских школ.
Меморандум предусматривает введение справедливого, надежного и прозрачного приема одаренных учащихся в президентские школы.
Кембриджская оценка помогает в реализации учебных программ в Президентских школах, помогающих раскрыть интеллектуальный потенциал учащихся.
Еще одним направлением сотрудничества является повышение квалификации руководства и учителей Президентских школ в соответствии с международными стандартами.
Вступительные экзамены в Президентские школы проводятся по результатам письменного, устного и логического мышления.
Выпускники президентских школ получат аттестат государственного образца, заверенный в установленном порядке, а также диплом соответствующей программы международного уровня (International Baccalaureate, Advanced Placement или International Advanced Levels), которая в свою очередь будет присуждаться зарубежным вузам, предоставляющим доступ.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 98
  1. Dilnura

    Prezident maktablarida o‘quv dasturlari faqat ingliz tilida bo‘ladimi,nima uchun?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Salom Dilnura, 6-may sanasida Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Prezident maktabi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi. Qarorning I bob 9 qismida keltirilishicha Ta’lim jarayoni o‘rta umumiy ta’limning amaldagi davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha davlat, qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) va ingliz (STEAM dasturi bo‘yicha) tillarida amalga oshiriladi. Bundan anglashiladiki o‘quv jarayoni davlat tili va ingliz tillarida, Qoraqalpog‘iston respublikasida esa qoraqalpoq va ingliz tillarida amalgam oshiriladi. Qarorning to‘liq matni bilan shu yerda tanishish mumkin. Prezident maktablarida darslarni o‘zbek tilida ham tashkil etmaslik davlat tiliga nisbatan e’tiborsizlikdek ko‘rinardi. Shunday bo‘lsada, ingliz tilini puxta bilish , talab etiladi.

  2. Dilnoza Ahmedova

    Assalomu alaykum!
    Agar oquvchi boshqa hududga mansub bo‘lsayu, boshqa viloyatda DIMI da taxsil olayotgan bo‘lsa, shu DIMI joylashgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshira oladimi?
    Javobingiz uchun avvaldan rahmat!
    Hurmat bilan,
    Dilnoza Ahmedova

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Salom, bugun 27-may kuni Xalq ta’limi vazirligining rasmiy saytida Prezident maktablariga hujjatlarning onlayn tarzda qabul qilinishiga doir maqola chop etildi. Matnda keltirilishicha, 2019-2020 o‘quv yillarida Toshkent, Namangan, Nukus va Xivadagi Prezident maktablarida hujjatlarni qabul qilish jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Prezident maktablarini dastlab cheklangan miqdorda tashkil etilishiga mazkur muassasalarning butunlay yangi modelini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Barcha ota-onalar farzandlarini Prezident maktablarida tahsil olishni xohlaydi, lekin, eng iqtidorli o‘quvchilargina bunday imkoniyatga ega bo‘ladi. Hujjatlar 1-iyundan, 22-iyunga qadar Prezident maktablarining pm.xtv.uz. rasmiy saytida onlayn tarzda yoki shu hudud markazlarida qabul qilinadi. Savolingizga kelsak, ariza beruvchi qaysi hududda tahsil olayotgan bo‘lsa, shu hududdagi Prezident maktablariga ariza topshirishi mumkin. Bundan ko‘rinadiki, Arizachi o‘qiyotgan maktabning hududiy joylashuvi Prezident maktabi ochilayotgan hududga mos kelishi kerak. Hujjatlar va boshqa talablar bilan bog‘liq masalalarni yuqoridagi havolaga o‘tgan holda batafsilroq tanishish mumkin.

  3. karimova xilola

    Iltimos, Prezident maktablariga kirish to‘g‘risida ya’ni imtihoni haqida qisqacha ma’lumot bersangiz

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Imtihon jarayonlari Namangan, Nukus, Xiva va Toshkentdagi Prezident maktablarida nomzodlar soniga ko‘ra bir necha bosqichda o‘tkazilishi mumkin. Agar ariza beruvchilar soni bir o‘rin uchun 20 kishidan oshsa, dastlabki imtihonlar matematika fani bo‘yicha o‘tkaziladi. Mazkur jarayonda matematika fanidan berilgan 20 ta testni yechishga bir soat vaqt ajratiladi.
      Nomzodlar imtihonning asosiy bosqichida talabgorlar soni bir o‘ringa 20 nafardan oshmagan holda ishtirok etadi.
      Imtihonlarning asosiy bosqichi axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash bo‘yicha (16 ta masala), mantiq elementlari bo‘lgan matematika fanidan (24 ta masala) hamda ingliz tili (55 ta test savoli) fanlaridan iborat bo‘ladi. O‘quvchilar to‘plagan ballarning asosiy qismi (80 foizi)ni tanqidiy fikrlash va mantiqiy bilimni talab etuvchi topshiriqlarni bajarish orqali yig‘ishlari mumkin. Ballarning faqat 20 foizigina ingliz tili faniga to‘g‘ri keladi. Shu bois nomzodlar ingliz tilidan mukammal tayyorgarlikka ega bo‘lmay, tanqidiy va mantiqiy fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lsa ham, ularning Prezident maktablariga qabul qilinish ehtimoli yuqoriligicha qoladi. Nomzodlar istagiga ko‘ra ushbu yo‘nalishdagi imtihon savollari ingliz tilida emas, davlat tilida berilishi mumkin.
      Yuqori sinf o‘quvchilari uchun ingliz tilining ahamiyati qariyb 40 foizdan ziyod bo‘lishi kutilmoqda. Sababi ular kelgusida xorijlik o‘qituvchilar o‘tadigan STEAM-fanlarni o‘rganish uchun yetarli salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. O‘quvchi xohishiga ko‘ra tanqidiy fikrlash va mantiq bo‘yicha imtihonlarni ingliz tilida ham topshirishi mumkin.
      Agar talabgorlar bir xil miqdorda ball yig‘sa, qabul komissiyasi nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi. Suhbatda o‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakillari), zarur hollarda esa psixolog hamda tibbiyot xodimlari ham ishtirok etishi mumkin. Mazkur jarayonda audio va videotasvirga olishga ruxsat beriladi.
      Cambridge Assessment International Education qaroriga ko‘ra, nomzodlar va ularning ota-onalari imtihon natijalari yuzasidan apellyatsiyaga berish hamda imtihon ishlarini tekshirish huquqiga ega emas.

      1. Komola

        Assalomu alekum Prezident maktabiga 5- sinf o‘quvchilarini ham qabul qilaslami
        Toshkent viloyatiyam qabul qlinadimi..?

        1. Baxtiyor Roziq (автор)

          Vaaleykum assalom. 5-sinflar qabul qilinadi. Toshkent viloyatida bu yil Prezident maktabi ochilmadi.

          1. Komola

            Toshkent shaharda ochilgammi ?
            Shunda prapiskaga qaraladimi prapiska Toshkent shahar bolishi keremi
            Jovob uchun raxmat..

          2. Baxtiyor Roziq (автор)

            Toshkent shaxrida ochilgan. Propiskaga qaralmaydi, qaysi hududda o‘qigan bo‘lsa o‘sha hududda ochilgan bo‘lsa hujjat topshirish mumkin. Misol uchun siz Toshkent viloyatidansiz, ammo Toshkent shahridagi maktabda o‘qiysiz, shunda Toshkent shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishingiz mumkin. Aksincha, siz Toshkent shahridansiz, ammo Toshkent viloyatida maktabda o‘qiyotgan bo‘lsangiz, qachonki Toshkent viloyatida Prezident maktabi ochilsa keyin hujjat topshirishingiz mumkin.

  4. Abdugaffarov

    O‘zbek tilidagi imtihon savollari qachon chiqariladi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Yuqorida keltirilgan fanlar bo‘yicha imtihon savollari, testlari belgilangan kunda chiqariladi. Imtihon savollari bo‘yicha biror ma’lumot topadigan bo‘lsam albatta shu yerda yetkazaman.

      1. Nilufar

        Prezident maktabining imtihol savollari faqat inglis tilida boladimi ?

        1. Baxtiyor Roziq (автор)

          Prezident maktablariga imtihon o‘zbek tilida, Qoraqalpog‘istonda qoraqalpoq tilida o‘tkaziladi. O‘quvchi o‘z xohishiga ko‘ra imtihonlarni ingliz tilida ham topshirishi mumkin.

        2. Xushruza

          Assalomu aleykum Prezident maktabiga kirish uchun nimalar qilish kerak va qanchalik tez vaqtda kirish mumkin. Savolim nourin bulgan bulsa oldindan uzur va javob uchun oldindan rahmat.

          1. Baxtiyor Roziq (автор)

            Birinchi o‘rinda juda kuchli xohish bo‘lishi kerak

  5. Egamqulov Nizomiddin

    Men 10-sinf o‘quvchisi man men ham Prezident maktabiga topshirsam bo‘ladimi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Albatta bo‘ladi, bu yil imkoniyatingiz bor. Faqat ba’zi shartlarga ko‘ra choraklik baholaringiz faqat 5 ball bo‘lishi kerak.

  6. Asadbek Muxtorov Alisher o‘g‘li

    Assalomu aleykum prezident maktablariga hujjatlar taqdim etish namunasi mavjud bo‘lsa iltimos shu saytga kiritib o‘tishingizni so‘rayman, avvalom bor rahmat

    1. Asadbek Muxtorov Alisher o‘g‘li

      Men 9-sinf o‘quvchisiman a’lo darajadagi shahodatnomaga ega bo‘lish arafadida turibman,bu uchun imtiyozlar mavjudmi ?hamma fanlardan baholarim 5ball yakuniy attestatsiya imtihonlarini ham 5 ball bilan tamomlaganman iltimos fikr bildirsangiz va kerakli ma’lumotlarni taqdim etsangiz ! Rahmat

      1. Baxtiyor Roziq (автор)

        Baholaringiz 5 bo‘lgani sizga Prezident maktablarida o‘qish uchun tanlovda ishtirok etishga imkon yaratadi. Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan Prezident maktablariga kirish imtihonlari savollari namunasining ingliz tilidagi shakli taqdim etildi. Quyidagi havola bilan yuklab olib tayyorlanishingiz mumkin: sample_items

    2. Baxtiyor Roziq (автор)

      Prezident maktablariga kirish tanlovda ishtirok etish uchun talabgorning ota-onasi (qonuniy vakili) belgilangan muddatda qabul komissiyasiga belgilangan shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
      1) ariza beruvchi hujjatlarni topshirish vaqtida o‘qiyotgan maktabdan ma’lumotnoma*;
      2) tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
      3) talabgor hujjatlarni topshirish vaqtida tahsil olayotgan maktabdan joriy yilgi tabelining asl nusxasi va direktor tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan nusxasi.
      Marhamat, ma’lumotnoma va ilovalarni ko‘chirib olishingiz mumkin. Eslatib o‘taman, ma’lumotlar joriy o‘qib turgan maktablar tomonidan to‘ldiriladi.
      Nizomga 3-ilova
      Ma’lumotnoma namuna

  7. Asadbek Muxtorov Alisher o‘g‘li

    Jizzax shahridanman men ham topshirsam bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi ayrim kishilarning fikricha Toshkent,Xiva,Nukus va Namanganda tahsil oladigan o‘quvchilargina topshirishi mumkin ekan. Iltimos oydinlik kiritsangiz. Rahmat

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Agar siz Jizzax shahrida tahsil olgan bo‘lsangiz hozircha sabr qilishingizga to‘g‘ri keladi. 2019-2020 o‘quv yillarida tajriba sifatida Toshkent, Namangan, Nukus, Xiva shahrida Prezident maktablari joriy etildi. Shu hududlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar tanlovda o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

  8. Asal

    Imtixonlar rus tilida boladimi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Imtihonlar o‘zbek tilida, Qoraqalpog‘istonda qoraqalpoq tilida, yoki ingliz tilida bo‘ladi.

  9. Shaxlo

    Assalom alekum men 9-sifni tamomlash arafasidaman ingliz tildan fan olimpiadasida viloyat bosqichida faxrli 1 o‘rinni (oltin medal) oldim maktabga qabul qilishda yutuqlar inobatga olinadimi.
    Tabeldagi 4 baxo bo‘lsa bunga tasir qilmaydimi.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Erishilgan yutuqlar suhbat jarayonida inobatga olinishi mumkin. Bir narsani unutmangki, 7-9-sinf o‘quvchilari Prezident maktablariga kirish uchun algebra, geometriya, informatika va axborot texnologiyalari, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha baholari 5 “a’lo” bo‘lsagina hujjat topshirishi mumkin.

  10. Komola

    Kechirasiz yana bezovta qvomman Toshken shahari qatida ocilgan

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Toshkent shahridagi Prezident maktabiga qabul qilish markazi manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
      Mirzo Ulug‘bek tumani, Salom ko‘chasi, 1
      Telefon: +998 (71) 207-72-22

  11. Komola

    Qanaqa dakumentla topwiriw kere?

  12. Ozoda Homidova

    Assalomu aleykum. Man Qashqadaryo viloyatidanman. Toshkentdagi prezident maktabiga shu yil hujjat topshirsam bo‘ladimi.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Hozirgacha qayerda o‘qiyotgan edingiz?

      1. Ozoda Homidova

        O‘zimni viloyatimda

        1. Baxtiyor Roziq (автор)

          Nizomga ko‘ra qayerlarda Prezident maktablari ochilgan bo‘lsa o‘sha hududda o‘qiyotgan o‘quvchilar hujjat topshirish imkoniyatiga ega. Shunga ko‘ra bu yilcha topshira olmaysiz. Yaxshi o‘qib yuring, kelasi yillarda imkoniyat bo‘lishi mumkin.

      2. Аноним

        Assalomu alekum o‘g‘lim bu yil 1-sinfka chiqadi keyin prezident maktabiga berish niyatimiz bor prizident maktabiga nechinchi sinftan olinadi va nimaladan imtixon olinadi?
        Agar Prezident maktabini imtixonlaridan o‘tomasa boshqa ixtisoslashkan maktablaga imtixonsiz kiradimi ?

  13. Usmanova Malika

    Assalomu aleykum.Men prezident maktabiga topshirmoqchiman aytishlaricha matemetikadan ham imtihon bo‘larmish bu rostmi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Agar 1 o‘ringa 20 kishidan ortiq talabgor bo‘lib ketadigan bo‘lsa birinchi bo‘lib matematika fanidan imtihon qilib saralanadi.

  14. Usmanova Malika

    Assalomu aleykum. Imtixon axborotni taxlil qilish masalalari ,matematika va ingliz tili fanlaridan tashqari boshqa fanlardan bo‘lmaydimi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Suhbat ham ko‘zda tutilgan.

  15. otaboyeva zuhra

    Men online ariza tobwirgan edim 24soat ichida korib chiqiladi deb sms keldi ammo 72 soatdan kop vaqt boldi qayerdan tekwirshim mumkin

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Ish kunlari +998 (71) 207-72-22 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanib ko‘ring

  16. Usmanova Malika

    Assalomu aleykum. Imtixon qachon va qaytariqa o‘tkaziladi? Va necha kun davom etadi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Tez orada aniq ma’lumotlar aytiladi.

  17. Yaqubova Mahsudaxon

    assalomu aleykum man prezident maktabi ga kirishni niyat qilgan edim ammo men 7-sinfga o‘tdim lekin mani 5 ta 4 bahoyim bor endi man kirolmaymanmi???

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Ushbu o‘quv yilida belgilangan fanlardan a’lo baho olmagan bo‘lsangiz hujjat qabul qilinmaydi.

  18. Ahmad

    6- sinfga kirish uchun singlim ariza topshirdi Toshkent shahriga. Mantiq, ingliz tili, matematika fanlaridan savolla namunasini qayerdan olsa boladi tayyorlanish uchun?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan o‘quv kurslari ham ochilgan, shahringizdan izlab ko‘ring.

  19. Usmanova Gulida

    Assalomu alaykum prezident maktabida imtihonlar nechanchidan boshlanadi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Tez orada aytiladi

  20. SABOXON

    AXBOROT TEXNOLOGIYA HAQIDA TUSHUNCHA BERA OLASIZMI. ILTIMOS.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Informatika darsligini o‘qib chiqing, Elektron darsliklar sahifasida barcha sinflar uchun darsliklarni topasiz.

  21. Charos

    Assalomu alaykum, Prezident maktabi imtihonidagi inglis tilidan savollar qanday boladi, tilni bilish darajasi tekshiriladi deyishyapti bu degani ielts imtihonimi? Javob uchun oldindan rahmat.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Har bir yoshdagi sinf uchun ingliz tilidan savollar tayyorlangan, lekin bu siz so‘ragan narsa emas.

  22. Charos

    Assalom- alaykum 10- sinflar uchun ingliz tilidan test savollarining namunasi qachon ma’lum qilinadi? Ahborotni tahlil qilish qobilatini aniqlash bo‘yicha masalalar- chi? Javobingiz uchun oldindan rahmat

  23. Do‘styorxon O‘lmasov

    Salom !
    President maktablariga kirish uchun qanday darsliklarni ko‘proq o‘zlashtirish kerak ?
    Javobingiz uchun oldindan raxmat !

  24. Shovkatov otabek

    Assalomu aleykum.Men yakuniy imthondan 42 o‘rinni egalladim. Ba’zi habarlarda birinchi 25 — o‘rindan keyin 50 ta o‘quvchichiga imtiyozlar berilar ekan . Bu rostmi ? Rost bo‘lsa qanday?
    Javobingiz uchun oldindan rahmat.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, ixtisoslashgan maktablarga kirish uchun tavsiya berish kutilyapti.

  25. Ergashev Behzod

    Assalomu alaykum.prezident maktablari endi qayerlarda ochiladi .javob uchun oldindan raxmat

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, kelasi yil barcha hududlarda ochilishi kutilmoqda.

  26. xikmatova sayyora

    Assalomu alekum
    Agar hujjat topshiruvchining otasi chet elda bolsa shu oquvchi ham imtixonda ishtirok etoladimi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, barcha talablar mos kelsa bemalol topshirishi mumkin.

  27. Ortikov Shoyatjon

    Assalomu alekum.Prezident maktablariga boshlangich sinflar yani 1chi sinflar ham qabul qilinadimi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Valeykum assalom, faqat 5- sinfdan qabul qilinadi

  28. Abduhakimov Abdufattoh Farhod o‘g‘li

    Farg‘ona viloyatida prezident maktabi qachon ochiladi? Qabul qachon boshlanadi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Kelasi o‘quv yili ochilishi rejalashtirilgan. Qabul bu yilgidek 1-iyundan boshlansa kerak.

  29. Shahlo

    Assalom u alaykum.Toshkentdagi prezident maktabi ochildi, Xivadagi, Namangandagi va Nukusdagi prezident maktablarida o‘qish qachondan boshlanadi? Javob uchun oldindan rahmat

  30. Akmal Rakhmonov

    Samarqanddaxam prezident maktabi bormi? nechinchi sinfdan qabul qiladi?? 9-sinf uquvhilarixam qabul qilinadimi? Javob uchun oldindan Raxmat!

  31. Muxlisa

    Assalom.Buxoro viloyatida qachon qabul bo‘ladi? Savollar kitoblardan tushadi?Qiyinchilik darajasi qancha?O‘zim 9-sinf o‘quvchisiman barcha yakuniy baholarim «5» baho,berilgan fanlardan ham .Oltin medalga ham davogarman foydasi bormi? oldindan RAHMAT!

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Ko‘pchilik viloyat markazlarida Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlov kurslari ochilgan, surishtirib ko‘rishingizni maslahat beraman.

  32. Muxlisa

    Assalom Buxoroda qachon qabul boladi?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Salom, rejaga ko‘ra kelasi o‘quv yilida ya’ni 2020-2021 o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabul qilinadi

  33. Akmal Rakhmonov

    Yana savolim bor edi kirish imtihonlari hammasi og‘zaki bulishi mumkunmi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Yo‘q, yozma ham bo‘ladi

      1. Ikromjon

        Assalomu alaykum! O‘quvchining bahosi faqat oxirgi o‘qigan yili a’lo bo‘lsa, lekin undan oldingi yil 4 yoki 3 baho olgan bo‘lsa, imtihondan o‘tsa qabul qilinadimi ?
        Masalan, 4-sinfni matematika fanidan 5 bahoga tugatdi, lekin 3-sinfni 4 baho bn tugatgan.
        Javob uchun oldindan rahmat

  34. Zulxumor Muminova

    Assalom,oldindan raxmat javobingiz uchun. 5-sinflar uchun ham tabeldagi baholarga qaraladimi va qaysi fanlar e’tiborga olinadi

  35. Zulxumor Muminova

    O‘qituvchilarni ham ishga qabul qilishadimi? O‘qituvchilar uchun qanaqa hujjatlar so‘raladi yoki bo‘lmasa sinov imtihon o‘tkaziladimi?

  36. ABDULAZIZ

    ASSALOMU ALEYKUM.MEN BUXORO VILOYATIDAN BEZOVTA QILYAPMAN.MENDA HAMMA FANLARDAN BAHOM 5,FAQAT FIZIKADAN 2 TA CHORAK 4 2 TA CHORAK 5.LEKIN YILLIK BAHODA 4 TURIBDI.PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRISH HUQUQIGA EGAMANMI :?: :?: :?:

  37. ABDULAZIZ

    DOKUMENTLARNI QABUL QILISH JARAYONI QACHONGACHA CHO‘ZILDI.

  38. Gulmera

    Assalomu alaykum

  39. Yulduz

    6-sinfni ham prezident maktabiga oladimi bunga qaysi fan kerak

  40. Аноним

    prezident maktabiga nechanchi sinflar topshiradi

  41. Аноним

    Assalomu alaykum hozirda akademik litseylar kuchlimi yoki Prezident maktablarimi

  42. Shoh abbos

    Prezident maktabiga topshirishda Qanday hujjatlar kerak.

  43. Shoh abbos

    Qanday hujjatlar qabul qilinadi prezident maktabiga

  44. Abror

    Assalomu alaykum 6-sinfdan prezident maktabiga o‘qishga topshirsa bo‘ladimi Javob uchun oldindan rahmat

  45. Аноним

    Men 6-sinf õquvchisiman tabelimda bitta fanidan 4 baho boridi shunga prezident maktabiga topshira olamanmi?

  46. Bibisaida

    Bu yil prezident maktablariga faqat 5sinflar qabul qilinadimi. Imtihonlarni online topshirsa bõladimi?? Javoblar uchun oldindan rahmat :?: :?:

  47. Mubinaxon

    Assalomu alekum man5-sinfni tamomlab 6-sinfga oʻtuapman ariza qabul qilsam boʻladimi?

  48. Dilnoza

    Man bu yil 6-sinfni bitirdim choraklarim hammasi 5 prezident maktabiga imtihon topshira olamanmi

  49. Gulnoza

    Assalomu aleykum.
    Prezident maktablariga kirishda boquvchisini yo‘qotganlar uchun alohida imtiyoz bormi?

  50. Diyorbek

    Assalam alaykum 9-sinflar ham bu yil ham topshirsa bulami

  51. Dilnoza

    Assalomu alekum prizident maktabiga 1 chi sinfdan olinadimi. Oldindan rahmat.

  52. Asadbek

    Assalomu aleykum prizdent maktabiga ingilis tilidan ielts sertifikati bor bulsa ingilis tilidan imtihonsiz utadimi

  53. Abduqodir

    Prizdent maktabiga ingiliz tili va biyalogiya fanidan imtixon topshirish mumkunmi :?:

  54. ALIMURTOZ

    9-sinf o‘quvchilarini ham qabul qilishadimi

  55. Dinara

    Assalomu aleykum. Men bu yil prezident maktabiga topshirsam boʻladimi Toshkentdagi prezident maktabiga. 9-sinfman.Jizzaxda yashayman lekin Toshkentga joʻnatishmoqchi uydagilar. Iltimos javob bersangiz. Javobiz uchun oldindan rahmat.

  56. Muattar

    Prizident maktabiga 8 sinflar ham qabul qilinadimi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: