“Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” nomli qo‘llanma nashrdan chiqdi

“Pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” nomli qo‘llanma nashrdan chiqdi

Kreativ fikrlash insonga XXI asr jamiyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun kerakli bo‘lgan muhim kompetensiyalardan biridir.

“XXI asr ko‘nikmalari” yoki “XXI asr kompetensiyalari” deb ataladigan bu kompetensiyalar muttasil o‘zgarib borayotgan, biz bilgan kasblar yo‘qolib, yangi mutaxassisliklar paydo bo‘layotgan, globallashgan, mavjud ma’lumot hajmi har soniyada bir necha barobarga oshib borayotgan, raqamlashgan jamiyatda moslasha olish va o‘z o‘rnini topish uchun juda muhimdir. Bu kompetensiyalar kognitiv ko‘nikmalarning yuqori darajadarivojlangan bo‘lishini, jumladan, mantiqiy fikrlash, solishtirish, tahlil va sintez, muammolarga yakka tartibda va jamoa bo‘lib nostandart yechimlar topa olish qobiliyatlarini taqozo qiladi. Bu ko‘nikmalarni rivojlantirish esa, o‘z navbatida, an’anaviy kontentgaasoslangan pedagogika va baholash usullaridan chekinib, kompetensiyaga asoslangan o‘qitish va baholashni joriy qilishni talab qiladi.
O‘zbekiston 2022-yilda ilk bor qatnashishi kutilayotgan PISA xalqaro baholash dasturi o‘quvchilarning o‘qish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonligi bilan bir qatorda, kreativ fikrlashini ham baholaydi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish va baholash uchun esa birinchi navbatda bu domenning o‘zini tushunish, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tayyorlangan “PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” nomli adabiyotaynan kreativ fikrlash domenining komponentlarini, kreativ fikrlash domeniga ta’sir qiluvchi omillarni xalqaro tadqiqotlarga tayangan holda ochib berilgan. Xususan, kreativ fikrlash deganda nima tushunilishi, kreativ fikrlashning qay darajada kontent va boshqa domenlarga bog‘liqligi, ta’lim jarayonida kreativ fikrlashning rivojlanishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy omillar batafsil yoritilgan. Shubhasiz, kreativ fikrlash domenining ilmiy asoslarini tushunish pedagoglarga ta’lim jarayonida o‘quvchilarining kreativ faoliyatini rag‘batlantirish uchun samarali metod va texnolgiyalarni tanlashda katta yordam beradi.
Mazkur adabiyotning yana bir muhim jihati – kreativ fikrlashni tekshirishga qaratilgan PISA test topshiriqlari namunalari, ularning tavsifi, unda tekshiriladigan kompetensiyalar va baholash mezonlari keltirilganligidir. Bu esa bevosita PISA dasturida qabul qilingan kreativ faoliyatni baholash mexanizmlarini tushunishda katta ko‘mak bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchilar shu singari topshiriqlarning qanday ishlashini bevosita tahlil qilib, tushunib, o‘z darslariga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta’lim jarayonida funksional va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish va ularni baholashga qaratilgan manbalar, afsuski, o‘zbek tilida juda kam. Mavjud manbalar asosan kontent pedagogikasiga asoslangan bo‘lib, ular, yuqorida aytilganidek, har doim ham XXI asr kishisi ehtiyojlarini hisobga olmaydi.
Ko‘pchilikning xorijiy tildagi manbalardan foydalanish imkoniyati yo‘qligini hisobga olsak, mazkur adabiyot pedagoglar va ta’lim sohasi vakillari uchun qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, qo‘llanma Hududiymalaka oshirish markazlari, hududiy boshqarmalar, 348 ta xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan tayanch maktablari hamda tegishli tashkilotlarga beg‘araz tarqatiladi.
“PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash doirasi” nomli qo‘llanmani yuklab olish

Manba: Uzedu.uz


Креативное мышление – одна из важнейших компетенций, необходимых человеку для достижения успеха в обществе 21 века.

Называемые «Навыки 21 века» или «Компетенции 21 века», эти компетенции постоянно меняются, известные нам профессии исчезают, появляются новые специальности, глобализируются, объем доступной информации умножается каждую секунду. место в растущем цифровом обществе. Эти компетенции требуют высокого уровня когнитивного развития, в том числе умения логически мыслить, сравнивать, анализировать и синтезировать, находить нестандартные решения проблем индивидуально и коллективно. Развитие этих навыков, в свою очередь, требует перехода от традиционной содержательной педагогики и методов оценивания к внедрению компетентностного обучения и оценивания.
Международная программа оценки PISA, в которой Узбекистан, как ожидается, впервые примет участие в 2022 году, будет оценивать навыки чтения, математическую и естественную грамотность учащихся, а также их творческое мышление. Для развития и оценки творческого мышления необходимо сначала разобраться в самой предметной области, изучить ее научную основу.
Компоненты области творческого мышления, факторы, влияющие на область творческого мышления, на основе международных исследований определены в книге «Область оценки творческого мышления в исследованиях PISA», подготовленной Министерством народного образования Республики Узбекистан. В частности, подробно описывается, что понимается под творческим мышлением, в какой степени творческое мышление зависит от содержания и других областей, положительные и отрицательные факторы, которые могут влиять на развитие творческого мышления в образовательном процессе. Несомненно, понимание научных основ области творческого мышления во многом поможет педагогам в выборе эффективных методов и технологий стимулирования творческой активности учащихся в образовательном процессе.
Еще одним важным аспектом этой литературы являются примеры тестовых заданий PISA, направленных на проверку творческого мышления, их описание, проверяемые компетенции и критерии оценки. Это будет большим подспорьем в понимании механизмов оценки творческой деятельности, принятых непосредственно в программе PISA. Учителя смогут напрямую анализировать, понимать и включать подобные задания в свои уроки.
К сожалению, ресурсов на узбекском языке для развития и оценки функциональных и творческих компетенций в образовании очень мало. Имеющиеся ресурсы во многом основаны на контент-педагогике, которая, как было сказано выше, не всегда учитывает потребности XXI века.
Учитывая, что многие не имеют доступа к ресурсам на иностранных языках, эта литература является ценным ресурсом для педагогов и педагогов.
Следует отметить, что пособие будет распространено в региональных учебных центрах, областных администрациях, 348 международных школах и других профильных организациях.
Загрузите руководство по оценке творческого мышления в исследованиях PISA

Источник: Uzedu.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: