Pasport olishga ulgurmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira oladimi?

Pasport olishga ulgurmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira oladimi?

Karantin sabab bitiruvchi pasport ololmadi. U OTMga qanday hujjat topshiradi?

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni qabul qilish onlayn shaklda Davlat test markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi. Ushbu onlayn qabul tizimi abituriyentlarning fuqarolik pasportidagi jismoniy shaxslarning identifikatsiya raqami (PiNFL) bilan bog‘lanadi. Shu bois oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar pasport olishlari muhim hisoblanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy saytida xabar berildi
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin cheklovlari joriy etilgani sababli pasport yoshiga (16 yosh) yetgan 41 000 dan ortiq bitiruvchi fuqarolik pasportini o‘z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan.
Ta’kidlanishicha, 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilarning pasport olishi zarur ekanligi, bu masalada Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga murojaat etish zarur.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: