Pandemiya sharoitida o‘quv markazlar faoliyati qay tartibda tashkil etiladi?

Pandemiya sharoitida o‘quv markazlar faoliyati qay tartibda tashkil etiladi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifing chog‘ida javob berdi.

Brifingda pandemiya davrida muhim bo‘lgan savollar yuzasidan javob qaytarildi.
Savol: Pandemiya sharoitida o‘quv markazlar faoliyati qanday tartibda tashkil etiladi?
Javob: Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan pandemiya sharoitida tashkilotlar va korxonalar, jumladan xususiy maktab va bog‘cha, shu bilan birga xususiy o‘quv markazlarda ish faoliyatini tashkil etish borasida vaqtinchalik SANPIN qoidalari va me’yorlari tasdiqlangan.
Mazkur SANPIN qoidalari va me’yorlari asosida xususiy maktablar, bog‘chalar va o‘quv markazlarga quyidagilar belgilab berilgan:
— barcha korxona va tashkilotlarda tashrif buyurayotganlarni filtrdan o‘tkazish (tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalari bilan qo‘llarga ishlov berish), shu bilan birga agar imkoniyat bo‘lsa niqoblar va qo‘lqoplar bilan ta’minlash;
— har bir qavatlarda antiseptik vositalari bilan qo‘llarni ishlov berish yoki qo‘llarni sovun bilan yuvish imkoniyatlarini yaratish;
— kundalik xlor tarkibli vositalar bilan tozalov ishlarini olib borish va belgilangan tartibda DSEN bilan kelishgan holda birlamchi va keyinchalik shartnoma asosida binolarni dezinfeksiyalash;
— darslarni tashkil etish borasida – 2 metrlik masofani saqlagan xolda ta’lim oluvchilarni joylashtirish, bunda auditoriyalarni katta kichikligidan kelib chiqqan holda tahsil oluvchilar soni 10-15 tadan oshmasligi kerak;
— barcha o‘quvchilar niqobda bo‘lishlari kerak va har 2-3 soatda niqoblarni almashtirish talab etiladi;
— xonalarni kuniga 2-3 marta shamollatish;
— darslar davomiyligi o‘quv markazi belgilagan tartibda o‘tkaziladi, lekin 30-40 minut oralig‘ida xonalarni shamollatish uchun o‘quvchilarga tanaffuslar berish;
— imkon bo‘lsa, barcha darslar tugaganidan so‘ng xonalar havolarini KVARSlash tavsiya etiladi.


На этот вопрос во время брифинга в штаб-квартире AOKA ответила сотрудник Штаба по борьбе с коронавирусом Севара Убайдуллаева.

На брифинге были даны ответы на важные вопросы во время пандемии.
В: Как организованы учебные центры в условиях пандемии?
Ответ: Минздравом утверждены временные нормы и правила САНПИН по организации деятельности организаций и предприятий в условиях пандемии, в том числе частных школ и детских садов, а также частных учебных центров.
В соответствии с настоящими нормами и правилами САНПИН частные школы, детские сады и учебные центры обозначаются следующим образом:
— Фильтрация посетителей на всех предприятиях и в организациях (измерение температуры тела, обработка рук антисептиками), а также обеспечение по возможности масками и перчатками;
— создать на каждом этаже возможность обработки рук антисептиками или мытья рук с мылом;
— ежедневная уборка хлорсодержащими средствами и дезинфекция помещений на первичной и последующей договорной основе в установленном порядке по согласованию с ДСЭН;
— организация занятий — расстановка учеников на расстоянии 2 метров, количество учеников не должно превышать 10-15, в зависимости от размера аудитории;
— Все учащиеся должны носить маски и менять их каждые 2-3 часа;
— проветривание помещений 2-3 раза в день;
— занятия проводятся в порядке, установленном учебным центром, но между 30-40 минутами давать ученикам перерывы для проветривания помещения;
— По возможности рекомендуется КВАРС воздуха в помещениях после всех занятий.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: