O’zbek milliy valyutasi so’m qachondan chiqa boshladi? Barchasi haqida ma’lumot

1994 yil 1 iyul kuni so’m O’zbekiston hududida yagona to’lov vositasi sifatida muomalaga kiritilgan.

O’sha yili 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so’mlik banknotlar va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyinlik tangalar chiqarilgan.

1997 yil 1 martdan 200 so’mlik banknot va 1, 5, 10 so’mlik tangalar, 2000 yil 1 iyunda 500 so’mlik nominaldagi banknotlar muomalaga kiritilgan.

Bundan tashqari, 1999 yil 20 oktyabrdan Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi munosabati bilan 25 so’mlik, 2002 yil 1 noyabrdan Shahrisabz shahrining 2700 yilligiga bag’ishlab 50 so’mlik, 2009 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahrining 2200 yilligi munosabati bilan ikki xil ko’rinishdagi 100 so’mlik metall tangalar muomalaga kiritilgan.

Mamlakatimizda 1000 so’m qiymatdagi banknot 2001 yilda, 5000 so’mlik kupyura oradan 12 yil o’tib, ya’ni 2013 yilda muomalaga kiritilgan. 10 000 va 50 000 so’mlik banknotlar esa 2017 yilga kelib muomalaga chiqarildi. 2019 yilning 25 fevralidan boshlab qiymati 100 000 so’mlik banknot muomalaga chiqarildi.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: