Oy nomlarining ma’nolarini bilasizmi?

Kundalik hayotda ko’p ishlatiladigan har bir oyning ma’nosini ko’rib chiqamiz.

Yanvar: Ma’bud Yunus sharafiga “yanvar ius” deb atalgan. Rimliklarning e’tiqodicha , 2 yuzli Yunus har bir narsaning boshi va oxirgisining homiysi bo’lgan.
Fevral: Lotincha “februarius” so’zi tozalanish , poklanish ma’nosini bildiradi.
Mart: Bu oy dehqonlar va chorvadorlar homiysi Mars sharafiga atalgan “martius” so’zidan olingan.
Aprel: “Apfire” so’zidan kelib chiqqan bo’lib , o’z in’omlarini namoyon qiluvchi degan ma’noni bildiradi.
May: Ma’buda Mayya “Mayus” ismidan olingan go’zallik , shod-xurramlik oyi hisoblanadi.
Iyun: Yupiterning xotini – ma’buda Yunona sharafiga qo’yilgan. Afsonalarga ko’ra Yunona ayollar homiysi , er-xotin qo’sha-qarishi , uvali-juvali bo’lishlarining tarafdori.
Iyul: Rim arbobi va lashkarboshchisi Yuliy sezar sharafiga shunday atalgan.
Avgust: Rim imperatori Oktavian Avgust sharafiga qo’yilgan
Sentabr: Qadimda rimliklarning 10 oylik taqvimida 7-oy bo’lib , lotincha, September (7) so’zidan olingan
Oktabr: Qadimda rimliklar taqvimida 8-oy lotincha “Oktober” (8) degan ma’noni anglatadi
Noyabr: lotincha “November” (9) so’zidan olingan , qadimgi rimliklar taqvimida 9-oyni anglatadi
Dekabr: lotincha “Dezember” so’zidan kelib chiqqan bo’lib , 10 degan ma’noni bildiradi.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!