OTMlarda darslarni an’anaviy boshlash uchun qaror qabul qilingan

OTMlarda darslarni an'anaviy boshlash uchun qaror qabul qilingan
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Nega yurtimizda oliy ta’lim muassalarida an’anaviy o‘qishga qaytilyapti? Oliy ta’lim muassasalari binolari va avtobuslarda karantin qoidalariga amal qilinadimi?

Ushbu savolga CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva javob berdi.
«Hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv darslarini qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilingan. Har bir muassasa pandemiya sharoitida o‘quv xonalarda va yotoqxonalarda sanitar-epidemiologik holatini o‘rganib, kamchiliklarni aniqlab va bartaraf etilgandan so‘ng darslarga ishtirok etish ruxsati beriladi. 
Barcha oliy ta’lim muassalarda chora-tadbirlar koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan. Ammo bu vaziyatda institutlardagi professor-o‘qituvchilar va talabalarga ham ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. O‘zida kasallikning ilk belgilarini sezgan holda o‘z-o‘zini yakkalash va shifokorga murojaat qilishi zarur. Jamoat transportlarida esa yo‘lovchi tashishda ko‘rsatilgan epidemiologik qoidalarga amal qilinishi shart va tegishli nazorat organlardan tekshiribboriladi», deydi mutaxassis.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 1
  1. Ho

    Здравствуйте всем. Моё мнение о традиционных учёбе в вузах. Сейчас во время падении коронавирус это очень опасно для жизни. Лучше учиться онлайн чем заразиться от этой. Советую начать учиться традиционно после победы над пандемии коронавирус.
    Лучше сидеть дома!

Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: