OTM bo’yicha 2019-2020 o’quv yili uchun qanday yangiliklar bo’ldi?

2019-2020 o’quv yilida sodir bo’lgan dastlabki yangiliklar bilan tanishtiramiz.

Mazkur ma’lumotlar 10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar xodimlari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida keltirilgan bayonotlar asosida tayyorlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov, vazirlik bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov, boshqarma boshlig‘i Maqsud Hamroyev, Axborot xizmati bosh mutaxassisi Bahriddin Shayvaliyev hamda bir qator nufuzli oliy o‘quv yurtlari rektorlari ishtirok etdi.

Stipendiyalar miqdori qancha bo’ldi?

2019-2020 o’quv yili uchun stipendiyalar davlat budjeti va to’lov kontrakt asosida tahsil olayotgan barcha talabalarga qat’iylashtirilgan bir xil miqdorda 400 ming so’m etib belgilandi. Bu joriy yilning sentabr oyidan boshlab amal qiladi.
«4» va «5» bahoga o‘qigan davlat budjeti asosidagi talabalar uchun davlat budjeti hisobidan 50 foizgacha rag‘batlantiruvchi mablag‘ ajratiladi.
Kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar «4» va «5» baholarga o‘zlashtirgan taqdirda esa ularga Oliy ta’lim muassassida tashkil etiladigan fond hisobidan 50 foizgacha miqdorida rag‘batlantiruvchi mablag‘ ajratiladi.
Bu bakalavr va magistr yo’nalishlari uchun birdek amal qiladi. Bitiruvchi kurslaarda davlat granti asosida o’qiyotgan talabalar uchun avvalgidek 3, 4, 5 baholik tabaqalashtirilgan stipendiya saqlab qolindi.
Prezident va boshqa nomdor stipendiyalarni olgan talabalar uchun stipendiya miqdoriavval belgilangan miqdorda qoldirildi..
Nogironlar, kam ta’minlangan oila farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalar uchun ham OTM fondidan stipendiya qoplab beriladi.

Sirtqi va kechki ta’lim uchun kontrakt narxlari kamaytirildi

Joriy o‘quv yilida sirtqi va kechki ta’lim uchun kontrakt miqdori o‘tgan yilgiga qaraganda 35-40 foizga kamaytirildi. O‘tgan yili bu summa 9 mln so‘mga teng bo‘lgan, joriy yilda esa 6 mln 300 ming so‘m etib belgilangan.

Kunduzgi ta’lim uchun to’lov-kontrakt miqdori 18 foiz oshirildi

Joriy o’quv yilida kontrakt miqdori 18 foizga oshirildi.
Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksatsiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta’lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o‘tgan o‘quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o‘sganligi inobatga olingan.

Kontraktlarning stipendiyali va stipendiyasiz turlari miqdorlari

Talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, bakalavriatning Gumanitar fanlar, Pedagogika, Texnika, Qishloq va suv xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talabalar (jami talabalarning qariyb 80 foizi) 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:
Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida);
Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m – 4 800 000 so‘m).
Bundan tashqari, aholiga to‘lovlarni amalga oshirishda yengillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari to‘lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo‘ladi.

Super-kontrakt narxlari bo’yicha yangiliklar

Joriy yilda super-kontrakt miqdorlari kamayishi kutilmoqda. Super-kontrakt to’lovini ham ikkiga bo’lgan holda to’lash imkoniyati beriladi. Bundan tashqari super-kontrakt uchun ham ta’lim krediti olish imkoniyati yo’lga qo’yiladi. Super-kontrakt bo’yicha tez orada yangi ma’lumotlar beriladi.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikrlar: 3
  1. Maftuna Ashurova

    Budjetda “4” va “5” bahoga òqiydigan talabalarga davlat tomonidan 6 oy davomida rahbatlantirish beriladimi yoki bir oyginami?

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Rag’batlantirish albatta 6 oy bo’ladi.

    2. Maftuna Ashurova

      Budjetda “4” va “5” bahoga òqiydigan talabalarga davlat tomonidan 6 oy davomida rahbatlantirish beriladimi yoki bir oyginami

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: