Ota-ona ajrashishining bola uchun noxush oqibatlarini kamaytirish mumkinmi?

Ota-ona ajrashishining bola uchun noxush oqibatlarini kamaytirish mumkinmi

Statistik ma’lumotlar oilalarda ajrashish holatlarining ko‘payganligidan dalolat beradi.

Ota-onalarning ajrashishi bola uchun oshkora yoki yashirin ruhiy jarohatdir. Bola uchun ajrashishning salbiy oqibatlarini minimal darajada kamaytirish haqida so‘z borar ekan, birinchi navbatda bola kim bilan qolayotgan bo‘lsa, o‘sha xonadonda bola uchun odatiy hayot tarzi, odat va ko‘nikmalar, an’analarni saqlab qolish masalasini hal etish lozim.
Agar bola onasi bilan qolayotgan bo‘lsa, bundan keyin uning tarbiyasida ota qanday o‘rinni egallashi muhokama etilishi kerak. Ajrashgandan keyin ham farzandining hayotida faol ishtirok etgan, uning qo‘shimcha ta’lim olishi, sifatli dam olishiga hissa qo‘shgan, shuningdek, kerak bo‘lganda shoshilinch yordam ko‘rsatgan otalar tajribasidan o‘rnak olish mumkin.
Qaysi yoshda bolaga ajrashganlik haqida ma’lum qilish mumkin?
Taxminan uch yoshda. Bog‘cha yoshdagi bolaga endi uning otasi birga yashamasligi lekin vaqti-vaqti bilan uni ko‘rishga kelib turishini aytishning o‘zi yetarli. O‘smir yoshdagi bolaga esa ko‘proq narsani aytish mumkin. (Ammo batafsil ma’lumotlar, yaxshi ko‘rmay qolganligi, xiyonat qilganligi yoki yaramas odam bo‘lib chiqqanligini aytish yaramaydi). Agar bola juda kichik bo‘lsa, bu mavzudagi suhbatni unda otasi haqidagi savollar paydo bo‘lgunga qadar kechiktirish mumkin.
Bunday suhbat davomida ayol kishi o‘zini qo‘lga ola bilishi va aksariyat ajrashayotgan ota-onalarga xos xatolarga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Buning uchun quyidagi taqiqlarni yodda tutish lozim:
1. Bolaga uning otasini yomonlash kerak emas.(«Otang yaxshi odam emas» kabi)
2. Yuz bergan hodisada boshqa qarindoshlarni ayblash ham noto‘g‘ri. («Bular sevimli buvijoning harakatlarining natijasi…»)
3. Ajrashish uchun bolani ayblash kerak emas («Sen o‘zingni yomon tutganliging, menga yordam bermaganliging uchun…»)
Ota-onasining ajrashganligidan xabar topgan bolaning o‘ziga bo‘lgan munosabati o‘zgarishi mumkin. «Tashlab ketilganlik» tuyg‘usi bola o‘zini hech kimga kerak emasdek his qilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ularning aksariyati odamlardan uzoqlashishga harakat qila boshlaydi. Ba’zida ularga berilgan savollarni ham payqamasligi mumkin. Boladagi bunday o‘zgarishlarni uning yaqinlari tarbiyasizlikka yoki yomon odatga yo‘yishi mumkin. Biroq uni jazolashdan avval bu bilan u ongsiz ravishda nimani ro‘yobga chiqarishga urinayotganligi haqida o‘ylab ko‘rish lozim. Balki bola faqat shu yo‘l bilan yaqinlarining e’tiborini o‘ziga jalb qilayotgandir.
Bolalar ajrashish natijasida yuzaga keluvchi ruhiy zarbaga turlicha javob qaytarsa-da, ularda ba’zi bir umumiylik ham bo‘ladi.
Masalan, qiz bolalar barcha siqilishlarini «o‘zidan» o‘tkazib, tashqi tomondan namoyon qilmasligi mumkin. Biroq bunday vaziyatga moslashishning boshqa jihatlari paydo bo‘lishi mumkin: ishchanlik qobiliyatining pasayishi, tez charchash, tushkunlik, muloqotdan qochish, yig‘loqilik, serzardalik. Ular tez-tez sog‘lig‘idan shikoyat qila boshlashi mumkin: hali barmog‘i og‘rib qolsa, sal o‘tmay qorni yoki bosh og‘rig‘idan nolishi mumkin. Bunday hollarda bolani aldamchiga chiqarmasdan, unga ko‘proq e’tibor berish kerak. Qiz bolalar bularni haqiqatan ham his qilishi va bu asabiylikning oqibati bo‘lishi mumkin. Bunda psixolog yoki nevropatologning yordami asqotadi.
O‘g‘il bolalarga esa xulq-atvorning ochiq-oydin buzilishi xos: bu o‘g‘rilik, uydan uzoqlashish yoki beodob so‘zlashish bo‘lishi mumkin. Ota-onaning ajrashishidan qiz bolalar qayg‘u va xafagarchilikni his qilsa, o‘g‘il bolalarda bu hissiyot g‘azab va tajovuzkorlikda aks etadi. Boshqacha aytganda, qiz bolalarning siqilishi ularning o‘ziga tashvish tug‘dirsa, o‘g‘il bolalar atrofdagilar uchun muammolarni yuzaga keltira boshlaydi.
Birga yashamasa ham har ikkala ota-onasining mehri va g‘amxo‘rligini his qilgan bola hamkorlik qilish uchun yo‘l topa olmagan ota-onalarning farzandiga qaraganda hayotda o‘zini ko‘proq himoyalangan va baxtliroq his qiladi!


Статистика показывает рост числа разводов в семьях.

Развод родителей – это явная или скрытая психологическая травма ребенка. Когда речь идет о минимизации негативных последствий развода для ребенка, в первую очередь необходимо решить вопрос о сохранении у ребенка нормального образа жизни, привычек и навыков, традиций в доме, с которым он проживает.
Если ребенок остается с матерью, то следует обсудить роль отца в его воспитании. Даже после развода есть возможность перенять опыт отцов, которые принимали активное участие в жизни своих детей, способствовали их дополнительному образованию, качественному отдыху, а также оказывали экстренную помощь в случае необходимости.
С какого возраста ребенку можно сообщить о разводе?
Около трех лет. Достаточно сказать детсадовцу, что отец с ним больше не живет, но время от времени навещает его. Для подростка есть нечто большее. (Но подробности не говорят о том, что он ее не любил, что он предал ее или что он оказался плохим человеком.) Если ребенок очень маленький, разговор можно отложить до тех пор, пока у него не появятся вопросы об отце.
Во время такого разговора женщина должна уметь держать себя в руках и избегать ошибок, характерных для большинства разведенных родителей. Для этого помните о следующих запретах:
1. Ребенок не должен оскорблять своего отца (типа «Твой отец нехороший человек»).
2. Также неправильно винить в случившемся других родственников. («Это результат действий моей любимой бабушки…»)
3. Не надо винить ребенка в разводе («Потому что ты плохо себя вел, ты мне не помог…»)
Ребенок, узнавший о разводе родителей, может изменить свое отношение к себе. Чувство «заброшенности» может заставить ребенка чувствовать, что он никому не нужен. Поэтому большинство из них начинают пытаться уйти от людей. Иногда они даже не замечают вопросов, которые им задают. Такие изменения у ребенка можно списать на неправильное поведение или вредные привычки со стороны родственников. Но прежде чем его наказать, необходимо подумать о том, что он пытается сделать неосознанно. Может быть, только так ребенок может привлечь внимание близких.
Хотя дети по-разному реагируют на травму развода, у них есть кое-что общее.
Например, девушки могут проходить все свои схватки «самостоятельно» и не показывать их со стороны. Однако могут возникать и другие аспекты адаптации: снижение работоспособности, быстрая утомляемость, депрессия, избегание общения, плаксивость, головокружение. Они часто могут начать жаловаться на свое здоровье:если у него все еще болит палец, он может вскоре жаловаться на боль в животе или головную боль. В таких случаях важно уделить больше внимания ребенку, чем обманывать его. Девушки действительно могут это чувствовать, и это может быть результатом нервозности. Поможет помощь психолога или невролога.
Мальчики, напротив, чаще имеют поведенческие расстройства: воровство, отсутствие дома или грубые разговоры. В то время как девочки испытывают горе и печаль от развода родителей, мальчики испытывают это чувство гнева и агрессии. Другими словами, когда девочки перегружены собственным стрессом, мальчики начинают создавать проблемы окружающим.
Даже если они не живут вместе, ребенок, который чувствует любовь и заботу обоих родителей, будет чувствовать себя более защищенным и счастливым в жизни, чем ребенок родителей, которые не могут найти способ сотрудничать!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: