Oshqozon yarasi paydo boʻlganini qanday aniqlash mumkin?

Oshqozon yarasi paydo boʻlganini qanday aniqlash mumkin

Statistik maʼlumotlarga koʻra, dunyo aholisining 14 foizdan ortigʻi oshqozon yarasi xastaligi bilan ogʻriydi. Tashvishlanarlisi, asosan 20-40 yosh atrofidagi erkaklarda uchraydigan ushbu xastalik tobora yosharib bormoqda, yaʼni koʻproq maktab oʻquvchilari, talabalar orasida aniqlanyapti.

Xoʻsh, ushbu kasallikdan qanday saqlanish mumkin? Uni aniqlash va davolash usullari haqidagi savollarimizga tibbiyot fanlari doktori, professor Feruza Hamrabayeva javob berdi.

— Oshqozon yarasi paydo boʻlganini qanday aniqlash mumkin?

— Oshqozon yarasi paydo boʻlganda koʻpincha qorining yuqori qismida ogʻriq kuzatiladi. Alkogolli ichimliklar va achchiq oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilish yoki jismoniy ogʻir ishlarni bajarganda bu ogʻriq yana-da kuchayadi. Ogʻriq kuzatilgan zahotiyoq, shifokorga murojaat qilish zarur. Shifokorlar esa, bemorning boshqa alomatlariga tayangan holda oshqozon yarasi borligi tashxisini qoʻyib, uni aniqlash boʻyicha zarur tekshiruvlarni oʻtkazadi.

Bundan tashqari jigʻildon qaynashi — bemorlar eng koʻp shikoyat qiladigan belgilardan biri. U odatda ovqatlangandan bir-bir yarim soat keyin sodir boʻladi. Shuningdek, ogʻiz boʻshligʻida achchiq yoki nordon taʼmning sezilishi, qayt qilish, qorin dam boʻlishi kabilar ham kasallikning asosiy belgilaridan hisoblanadi.

— Oshqozon yarasini qanday davolash usullari bor?

— Ushbu kasallikni faqat bitta muayyan dori yordamida davolab boʻlmaydi. Yondashuv kompleksli boʻlishi, shuningdek, meʼda shirasining kislotaliligini kamaytirish talab etiladi, bu juda koʻp yoqimsiz alomatlarni (ayniqsa, jigʻildon qaynashi, kekirish va koʻngil aynishi) bartaraf etib, asoratlarni rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.

Ayni kunda mazkur kasallikni davolashning yana bir usuli jarrohlik amaliyoti boʻlib, bu — yaralarni joylashishiga, kelib chiqish sababiga va holatiga koʻra, ushbu aʼzoning maʼlum bir qismini operativ yoʻl bilan rezeksiya qilish (kesib olib tashlash)dan iborat.

Operatsiya qilishning ikki xil yoʻli bor. Ulardan biri Palliativ vaqtinchalik jarrohlik amaliyoti boʻlib, keksa, nimjon va ahvoli ogʻir bemorlarda oʻtkaziladi. Radikal operatsiya amaliyoti esa, yara joylashgan soha sogʻlom toʻqimaga qadar kesib olinib, bemorning bu darddan butkul qutulishiga imkon yaratadi. Hozirgi paytda bunday jarrohlik uslubi yaxshi ishlab chiqilgan.

— Kasallikdan saqlanish uchun nima qilish kerak

— Oshqozon yarasi paydo boʻlishiga toʻgʻri ovqatlanmaslik, uzoq vaqt och yurish, inson salomatligiga zarar yetkazuvchi mahsulotlarni isteʼmol qilish hamda kuchli stress holatini boshdan oʻtkazish ham sabab boʻlishi mumkin. Shu bois sogʻliq uchun zararli mahsulotlar, hazm boʻlishi ogʻir boʻlgan oʻta yogʻli, xom pishirilgan taomlardan saqlanish kerak.

Oshqozon yarasi bor insonlar esa, parhez qilishga qatʼiy kirishishi talab etiladi. Agar tavsiya etilmagan taomlarni isteʼmol qilsa, ularning ahvoli yana-da ogʻirlashadi. Aksincha davolanish bilan parhezni birdek olib borsa, tezroq sogʻayishi mumkin. Avvalo, bunday bemorlarga taomlarni oʻta issiq yoki sovuq holda isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.

— Qanday ogʻir oqibatlarga olib keladi?

— Kasallik vaqtida davolanmasa bemorning ahvoli kundan-kunga yomonlashib boraveradi. Masalan, yara qonab ketishi mumkin. Bunday holatda hushdan ketish, baʼzan ichakdan qon ketishi yoki qon qusish holatlari yuz beradi. Shuningdek, kerakli tibbiy muolajalar oʻtkazilmasa oshqozon yarasining oʻsmaga aylanishi, saratonni yuzaga keltirishi hamda oʻt pufagi kasalliklari, xoletsistit, pankreatit kabi xastaliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun bunday holatlar bemor oʻz sogʻligʻiga jiddiy eʼtibor qaratishi lozim.


По статистике более 14% населения земного шара страдает язвенной болезнью. Вызывает тревогу тот факт, что заболевание, которое в основном поражает мужчин в возрасте от 20 до 40 лет, становится все более распространенным, и все больше и больше диагностируется у школьников.

Так как же предотвратить это заболевание? Доктор медицинских наук, профессор Феруза Хамрабаева ответила на наши вопросы о его диагностике и лечении.

— Как узнать, есть ли у меня язва желудка?

— Язва желудка или пептическая язва: обычно сопровождается болью в верхней части живота. Эта боль усугубляется употреблением алкоголя и острой пищи или напряженной физической деятельностью. Обратитесь за медицинской помощью, как только наблюдаете боль. Врачи на основании других симптомов больного диагностируют наличие язвенной болезни и проводят необходимые анализы для определения ее наличия.

Изжога также является одним из наиболее распространенных симптомов, на которые жалуются пациенты. Обычно это происходит через полтора часа после еды. Основными симптомами заболевания являются горький или кислый привкус во рту, рвота, дискомфорт в животе.

— Чем лечат язвенную болезнь?

— Это заболевание нельзя вылечить одним лекарством. Подход должен быть комплексным, а также снижать кислотность желудочного сока, что устраняет многие неприятные симптомы (особенно изжогу, изжогу и тошноту) и предупреждает развитие осложнений.

В настоящее время еще одним методом лечения заболевания является хирургический, который заключается в хирургической резекции (удалении) определенного участка раны в зависимости от локализации, причины и состояния раны.

Есть два способа работы. Одним из них является паллиативная временная хирургия, которую проводят пожилым, ослабленным и тяжелобольным пациентам. Радикальная операция, при которой участок раны иссекается до здоровых тканей, позволяет пациенту полностью выздороветь. В настоящее время такой хирургический метод хорошо разработан.

— Что делать, чтобы не заболеть

— Неправильное питание, длительное голодание, употребление нездоровой пищи и сильный стресс также могут вызвать язву желудка. Поэтому необходимо избегать продуктов, вредных для здоровья, жирных, сырых, вареных, трудноперевариваемых продуктов.

Людям с язвенной болезнью необходимо придерживаться строгой диеты. Если они будут есть нерекомендованные продукты, их состояние ухудшится. Наоборот, если одновременно соблюдать лечение и диету, можно быстрее выздороветь. Прежде всего,Таким больным не рекомендуется употреблять слишком горячую или слишком холодную пищу.

— Какие серьезные последствия?

— Если болезнь вовремя не лечить, состояние больного будет ухудшаться день ото дня. Например, рана может кровоточить. Это может вызвать обморок, иногда кровотечение из кишечника или рвоту кровью. Это также может привести к язве, раку, заболеванию желчного пузыря, холециститу и панкреатиту, если его не лечить. Поэтому в таких случаях пациенту следует обратить пристальное внимание на свое здоровье.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: