UYDA QOLING!

Orol dengizi nega quriy boshladi? Orolga bugungi nigoh

Orol dengiziga nigoh

Orol dengizi muammosi O’zbekistonnigina emas,balki butun jahon fojealaridan biriga aylangan.

Eko’logik masalalar ichida eng xavflisi deya tilga olinadigan Orol dengizi O’zbekistonning janubi-g’arbida Qoraqalpog’istonda joylashgan. Shimoliy-sharqiy tarafdan esa Qozog’iston hududiga tegishli. U ko’llar ichida kattaligi jihatdan dunyoda to’rtinchi,Yevroosiyo materigida esa ikkinchi o’rinda turgan. Hududi 68,9ming kv. km,suv miqdori 1083 kub. km bo’lgan. O’rtacha chuqurligi 50,5metr atrofida edi.
Orol bo’yi atrofida yashovchi aholi,asosan,baliqchilik,ondatra ovlash qisman chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan. Qadimda dengiz yo’llari ham mavjud bo’lib,Aralsk va Mo’ynoq tumanlarida portlar faoliyat ko’rsatgan. Dengizga Amudaryo 38,6km kub Sirdaryo 14,5km kub suv olib borgan. Qisqasini aytganda,dengiz shitob bilan mavj urib oqqan. Ming nadomatlar bo’lsinki,hech narsa abadiy emas. 1960-yilga kelib Orol quriy boshladi. Ayniqsa,1980-yilda bu jarayon jadal sur’atda oshdi. 2007-yilda dengiz yarim asr avvalgiga qaraganda 90 foiz qismini yo’qotgan uchta alohida-alohida ko’lga aylandi. Suv sathi yiliga 80-110sm pasayib bordi. Unga quyiladigan Amudaryo va Sirdaryo suvlari miqdori keskin kamaydi. Shunday qilib Orol dengizining 90foizi Irlandiya hududiga teng maydoni sahroga aylandi. Uning qurib shunday ayanchli ahvolga tushishiga ikki omil sabab bo’ldi.
Birinchidan,sug’oriladigan yer maydonlarining kengaytirilishi Sobiq sovet davrida qishloq xo’jaligida,ayniqsa paxta ekinining ko’paytirilishi va irrigatsiya ishlarida suvning o’ylamasdan sarflanishi.
Ikkinchidan:Turkmanistonda Qoraqum kanalining qurilishi. U 1959-1967-yillarda qurilgan bo’lib,Amudaryodan bir soniyada 300metr kub suv olgan. O’sha paytdagi e’tiborsizlik tufayli hozirda u ulkan muammoga aylandi. Ammo xalqimizni bu holga bee’tibor qaragan deyish noto’g’ri bo’lardi. Chunki o’sha paytda ham qarshi chiqqanlar soni ko’p edi. Bir qancha chora tadbirlar ham ko’rildi,lekin samara bermadi. Urinishlar zoye ketgan bo’lsa-da,har holda Orolni qutqarib qolishga harakat qilayotgan yurtdoshlarimiz bor edi. Bulardan biri Sharof Rashidov bo’lib,dengizni saqlab qolishga astoydil uringan.
Odamlardan dengiz tez quriganmi yoki sekin quriganmi deb so’ralganda,ular sekin deb javob berishgandi. Aksincha dengiz tez qurigan degan fikr to’g’riroq. Chunki u shunchalik tez quriganki,qisqa fursat ichida hattoki ilg’ab olishga ham ulgurishmagan. Orol dengizidan har yili 100million tonna qum va tuz zarralari ajralarkan. Bu hol hayvonot va nabotot olamiga,ayniqsa inson salomatligiga ham katta zarar yetkazadi. O’simliklar qurib hayvonlar nobut bo’ldi. Odamlarning turli xil yuqumli va allergik kasalliklarga chalinishi,onalar va bolalar o’limi ko’paydi. Eko’logik muammo xavfi kuchaydi. Bu narsa iqlimga ham ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni qishning o’ta sovuq,quruq va uzun kelishi,yozning esa haddan tashqari jazirama bo’lishiga olib keldi.
Hozirda bu fojea ustida o’zbek va butun jahon olimlari bosh qotirmoqda. Eng samarali yo’l deb esa ular sahroni o’rmonga aylantirishni maqullashdi. Bu yo’l saksovul ekib yerdagi tuz va qum zarralarini kamaytirish usuli edi. Chunki saksovul 10tonnagacha qum va tuzlarni ildizida ushlab turar ekan. Ushbu usul tejamli hamda samarali bo’lgani uchun barchaga ma’qul tushdi. Unga muvofiq 500ming gektar yerga ko’chat ekish topshirig’i berildi. Garchi kemalar qabristoni bo’lgan dengiz avvalgi holiga qaytmasa ham,har holda tabiatga,inson salomatligiga zarar yetkazmasligiga umid qilamiz.
Orol dengizining qurish jarayoni

Munira Tursunova Uz. Joku talabasi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: