O’quvchilarning moliyaviy savodxonligi oshiriladi

Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Xalq ta’limi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida “Butunjahon jamg’arish kuni” (31 oktyabr) munosabati bilan aholining, xususan, pedagog xodimlar hamda o’quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularda moliyaviy resurslarni jamg’arish va oqilona boshqarish ko’nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Mazkur chora-tadbirlar asosida joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari respublikamizning bir qator umumta’lim muassasalarida tijorat banklarining hududiy filiallari bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etiladi. Buning uchun respublikamizning barcha hududlaridan 132 ta bank filiallari umumta’lim maktablariga biriktirildi.
Tadbir doirasida respublikamizning turli hududlarida faoliyat ko’rsatayotgan tijorat banklarining malakali mutaxassislari tomonidan umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Omonatlar nima va nima uchun ularga ehtiyoj bor?”, “Naqd pulsiz to’lovlardan foydalanishning afzalligi” kabi dolzarb mavzularda ochiq darslar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, tadbir davomida umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilari uchun tijorat banklarida “Ochiq eshiklar kuni” o’tkazish rejalashtirilgan.
O’quvchilarning moliyaviy savodxonligi hamda ularning iqtisodiy-moliyaviy bilimlarga qiziqishini yanada oshirish maqsadida maktab miqyosida turli tanlovlar tashkil etiladi. Jumladan, 10-14 yoshli o’quvchilar o’rtasida “Nima uchun mablag’laringizni tejayapsiz?”, 14-18 yoshli o’quvchilar o’rtasida “Nima uchun jamg’arish zarur?” mavzularida insholar tanlovi, 8-10 yoshli o’quvchilar o’rtasida “Pul: Nima uchun mablag’ to’plashni xohlayman?”, “Mening orzular bankim”, “Mening biznes g’oyam” kabi mavzularda rasmlar tanlovini o’tkazish belgilangan. Bolalar tomonidan qo’l mehnati bilan yasalgan eng yaxshi pul to’plagichlar alohida baholanadi.
Tadbirlar davomida eng bilimli, ijodkor o’quvchilar sovg’alari bilan rag’batlantiriladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: