O’qituvchilarning ish yuklamasi qay tartibda taqsimlanadi?

Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchisining yillik ish yuklamasi 1548 soatdan iborat bo’lib, yuklama doirasida bajariladigan ishlar quyidagi 3 ta yo’nalishda amalga oshiriladi:

    – o’quv – tarbiya jarayoni;

    – o’quv jarayonining metodik ta’minoti;

    – tashkiliy – pedagogik faoliyat

Har bir o’qituvchi o’quv yilining boshlanishiga qadar yillik ish yuklamasi va tarifikasiyaga asosan o’ziga ajratilgan dars soatlari bo’yicha shaxsiy yillik ish rejasini tuzadi.

O’qituvchining shaxsiy yillik ish rejasi fan metodika birlashmasida muhokama kilinib, ma’qullangandan so’ng, maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.

O’qituvchilarga o’quv yilining boshlanishiga qadar shaxsiy yillik ish reja asosida, o’qitadigan fanining o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda, choraklik, oylik ish rejalarini ishlab chiqish tavsiya etiladi.
Yillik ish yuklamasidagi dars soatlarining bajarilishi qat’iy va mazkur soatlarni boshqa ish turlariga ko’chirilishi taqiqlanadi. Choraklarga taqsimlangan dars soatlari ob’ektiv sabablarga ko’ra bir chorakda bajarilmasa, navbatdagi chorakda (tig’izlash va boshqa usullar bilan) yetkazilishi mumkin.

O’qituvchi tomonidan o’quv-tarbiya jarayoniga taalluqli quyidagi hujjatlar yuritiladi va maktab ma’muriyati tomonidan nazorat qilinadi:
yillik ish rejasi, tarbiyaviy ishlar rejasi (sinf rahbari uchun), taqvim-mavzu reja, dars konspekti, dars kuzatish daftari, sinf jurnali va to’garak hujjatlari.

O’qituvchilar asosiy faoliyatini darslarni sifatli o’tishga qaratish maqsadida, turli tekshiruvlar jarayonida ulardan yuqorida qayd etilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni takdim etish hamda hisobotlarni talab qilishga yo’l qo’yilmaydi.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: