O’qituvchilarni litsenziyalash qachondan boshlanadi?

O’qituvchilarni litsenziyalash qachondan boshlanadi?
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

O’qituvchilarni litsenziyalash qachondan va qay tartibda amalgam oshirilishi haqida ma’lumotlar.

Avvalgi maqolalarimizda maktab rahbarlari va o‘qituvchilari uchun majburiy kasbiy litsenziyalash tartibi joriy etilishi haqida xabar bergan edik. Kun.UZ saytida “O’qituvchilar faoliyatini litsenziyalash: islohotmi yoki qog’ozbozlik?” sarlavhali maqola e’lon qilindi. Maqolada o’qituvchilar faoliyatini litsenziyalashga doir qaror loyihasiga odamlarning munosabatlari, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Anvar Umarovning sohaga doir ma’lumotlari ham keltirildi. Anvar Umarov ma’lumotlaridan quyidagilarni anglash mumkin:
Ushbu tartib 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshirilishi taklif etilmoqda. Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari jadvalida litsenziyalash jarayoni bir necha bosqichda o‘tkazilishi qayd etilgan. Unga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvardan boshlab o‘qituvchi va maktab direktorlarning (qariyb 500 ming nafar) 5 foizi (25 ming nafar) majburiy litsenziyadan o‘tkaziladi.
2025 yilga kelib esa bu raqam 10 foizga yetkaziladi. 2030 yilgacha esa 20 foiz o‘qituvchilar va maktab direktorlari litsenziyaga ega bo‘lishadi. Bunda o‘qituvchilar uchun kasbiy litsenziya 5 yil muddatga, maktab direktorlari uchun 3 yil muddatga menejyerlik litsenziyasi beriladi. Bosqichma bosqich yuz foiz o‘qituvchilar litsenziyaga ega bo‘ladilar.
Litsenziyalash vakolatini Xalq ta’limi vazirligiga topshirish taklifi berilgan. Litsenziyalash jarayonini tashkil etish uchun va jarayonning ochiqlik hamda shaffofligini ta’minlash maqsadida vazirlik qoshida ta’lim sifatini baholash va xodimlarni litsenziyalash bo‘yicha mustaqil milliy baholash markazini tuzish rejalashtirilgan. Markaz faoliyatini tashkil etish uchun litsenziyalash va bu bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha katta tajribaga ega xorij tashkilotlarini jalb etish ko‘zda tutilgan. Bu sohada ma’lum tajriba orttirilgandan keyin mustaqil faoliyat olib boriladi.
Litsenziyalashdan maqsad nima?

1. Motivatsiya. Kasbiy litsenziya olgan o‘qituvchining oylik maoshi litsenziyaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Bu esa pedagoglarning o‘z ustida ishlashiga, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirib borishlariga turtki bo‘ladi. Rag‘bat o‘z ortidan ta’lim sifati oshishiga ham hissa qo‘sha oladi.

2. Himoya. Avgust va sentabr oylarida o‘qituvchilarga dars taqsimotida o‘qituvchilar orasida noroziliklar paydo bo‘ladi. Bir fandan ikki o‘qituvchi har xil soat oladi. Litsenziya tartibi kiritilganidan keyin, litsenziyaga ega o‘qituvchilarga dars taqsimotida ko‘proq dars soati olish imkoniyati beriladi. Litsenseziyasiz o‘qituvchilar esa minimal talablarga javob bermaganliklari uchun kamroq soat oladilar. Bu esa maktab rahbarlarini himoya qiladi.

3. Baholash. Litsenziya imtihoni nafaqat o‘qituvchining bilimini baholaydi, balki uning psixologik holatini ham sinovdan o‘tkazadi. Nima uchun ikkinchi mezon kiritildi? OAV va ijtimoiy tarmoq orqali pedagogning o‘quvchiga qo‘pol muomalada bo‘lgani, hattoki urgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning dars tashkil etish mahorati yo‘qligi ham ta’kidlanadi. Litsenziyadan o‘tgan o‘quvchilar maktablarda ta’lim sifatini ta’minlab bera oladi va unga ishonib topshirilgan yoshlarning barkamol va bilimli bo‘lib yetishib chiqishiga erishiladi.

Litsenziya kimlarga bepul beriladi?
Qaror loyihasiga ko‘ra, kasbiy litsenziya oliy, birinchi va ikkinchi toifali pedagoglar uchun birinchi martada imtihon asosida bepul beriladi. Imtihondan o‘ta olmagan yoki qayta imtihon topshirishni istaganlar ma’lum miqdorda pul to‘lashlari kerak bo‘ladi. Bu boradagi rejalarda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, o‘qituvchilarning 3,1 foizi – oliy, 14,6 foizi – birinchi, 29,4 foizi – ikkinchi malaka toifasiga ega pedagoglar hisoblanadi. Qolgan 52,9 foizni esa mutaxassislar (oliy va o‘rta ma’lumotli, ammo toifaga ega bo‘lmaganlar) tashkil etadi.
Maktab direktorlariga litsenziya nega kerak?
«Maktab direktorlariga menejyerlik litsenziyasi har 3 yilda beriladi. Direktorlar, asosan, pedagogik mahorati yuqori bo‘lgan, hurmatga sazovor mutaxassislar orasidan tanlab olinadi. Lekin buning o‘zi yetarli emas.
Prezident videoselektorlarning birida maktab direktorlari malakali boshqaruvchi bo‘lishlari lozimligini ta’kidlagandi. Haqiqatan ham direktor boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim, chunki maktabni, o‘qituvchilarni faqatgina pedagogik bilim orqali boshqarib bo‘lmaydi. Xalq ta’limi vazirligi bu yo‘nalishda boshqaruvchi kadrlarni yetishtirish bo‘yicha ham ish olib boryapti. Rejaga muvofiq, maktab direktorlari menejyerlik kurslarida o‘qitiladi va ilg‘or maktablar tajribasi o‘rganiladi

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: