O’qituvchilar uchun pedagogik oltin tavsiyalar.

Barcha o’qituvchilar yodida saqlashi lozim bo’lgan asosiy qoidalar jamlanmasi.

1. Maktabga xursandchilik bilan kirib boring, maktabdan yoqimli charchoq bilan chiqib keting.
2. Tabbasum qilishni unutmang.
3. yodingizda tuting: e’tiborsiz shifokor bemorning badaniga shikast yetkazishi mumkin, e’tibosiz o’qituvchi esa – bolaning qalbiga.
4. Darsga kirishdan oldin hozir nima uchun bu yerda ekanligingizni va nima qilishingizni aniq biling.
5. Har safar o’quvchiga qo’pol munosabatda bo’lishdan oldin, bolaligingizni eslang va har ehtimolga qarshi muz qaymoq yeb oling (qizishmang).
6. yodingizda tuting: agar ovozingiz qo’pollashib, xirrilashib ketayotgan bo’lsa, demak qaerdadir xato qilgansiz.
7. Eng oliy pedagogik muvaffaqiyat ― o’quvchilarning tabbasumi.
8. Agar oddiy faktni katta kashfiyot kabi taqdim eta olsangiz va o’quvchilaringizni hayratlantira olsangiz, asosiy vazifangiz bajarildi deb hisoblashingiz mumkin.
9. Agar mashg’ulotingizga «mehmonlar» tashrif buyurgan bo’lsa, o’zingizni mamlakatning eng qobiliyatli pedagogi va eng zo’r aktrisasi (aktyori) kabi tuting.
10. Ma’muriyatingizni hurmat qiling va qadrlang, shunda siz baxli, uzoq pedagogik hayot kechirasiz.
11. G’azablanganigizda milliongacha sanang.
12. Xatolaringizdan hijolat bo’lmang. Shunda ular yildan yilga kamayib boraveradi.
13. Ishingizga bor kuchingizni sarflang, lekin maktabdan chiqqaningizda oddiy insoniy hayotni ham unitib qo’ymang. «Maktab» va «SHaxsiy hayot» tugmachalarini vaqtida yoqib o’chirib turing.
14. Agar oqshomda o’quchilaringizni eslab, yuzingizda tabbasum paydo bo’lsa – bu baxt.
15. yodingizda tuting: yaxshi o’qituvchilar uzoq umr ko’radilar va deyarli hech kachon kasal bo’lmaydilar.

D.Rustamova tarjimasi

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!