O‘qituvchilar uchun metodik kunlar qay tartibda belgilangan?

O‘qituvchilar uchun metodik kunlar qay tartibda belgilangan?

Metodik kun pedagog xodim o‘zining siyosiy, ilmiy-nazariy hamda madaniy saviyasini va pedagogik mahoratini muntazam oshirishi uchun belgilanadi.

Umumta’lim muassasalarida metodik kunlar Xalq ta’limi vazirligining 2006 yil 20 sentyabrdagi 229-sonli buyrug‘iga asosan quyidagicha belgilangan:

Dushanba — matematika, fizika, informatika

Seshanba — CHYOT, o‘zbek tili, rus tili, ona tili va adbiyot

Chorshanba — geografiya, kimyo, biologiya

Payshanba — musiqa, texnologiya, tasviriy san’at va chizmachilik, tarix, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlar

Juma — xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz tili), jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining metodik kunlari hisoblanadi.

Direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, psixolog, kutubxonachi, yoshlar yetakchisi va boshqa xodimlarning metodik kunlari mavjud sharoitdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda direktor o‘rinbosarlari metodik kunlarida dars jadvaliga dars qo‘yilmaydi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda direktor o‘rinbosarlarining metodik kunlarining ish yuklamasini belgilash va taqsimotini amalga oshirsh quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:

maktab direktori o‘rinbosari va o‘kituvchining yillik ish yuklamasining oylar bo‘yicha taqsimoti;

maktab direktori o‘rinbosari va o‘qituvchining o‘z ustida ishlash rejasi;

umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ish rejalari;

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda direktor o‘rinbosarlarining metodik kunlari 1548 soat, direktor o‘ribosarlari 1720 soat ish yuklamasi tarkibidan 160 soat (haftasiga 4 soat) belgilanib quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

kutubxonada ishlash;

darsga tayyorgarlik ko‘rish dars ishlanmalar yozish;

ilg‘or texnologiyadan foydalanib, dars o‘tayotgan o‘qituvchilarning darsini kuzatish;

seminar va seminar-o‘qishlarda qatnashish.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda direktor o‘rinbosarlari metodik kunlarida bajaradigan ishlari bo‘yicha o‘z ustida ishlash rejasini tuzadilar. Bu reja maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Ish rejaning bajarilishini nazorat qilish uchun bir nusxasi maktab direktorida saklanadi. Rejaning bajarilishi va bilim qay darajada oshirilganligi yuzasidan hisobotlar fanlar bo‘yicha metod-birlashmalarda, metodik kengashlarda va direktor qoshidagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida eshitilib borilishi lozim.


Методический день предназначен для того, чтобы педагогический работник постоянно повышал свой политический, научный и культурный уровень и педагогическое мастерство.

Методические дни в общеобразовательных школах определены приказом Министерства народного просвещения № 229 от 20 сентября 2006 года следующим образом:

Понедельник — математика, физика, информатика

вторник — ЧЁТ, узбекский, русский, родной язык и литература

Среда — география, химия, биология

Четверг – музыка, техника, изобразительное искусство и рисование, история, идеи национальной независимости и основы духовности.

Пятница – методический день для учителей иностранных языков (английский, немецкий, французский), физкультуры.

Методические дни заместителей директора по воспитательной и духовной работе, психологов, библиотекарей, молодежных лидеров и других сотрудников определяются исходя из существующих условий.
Учителя общеобразовательных школ и заместители директоров не посещают занятия в методические дни.
Определение и распределение нагрузки методических дней учителей и заместителей директоров общеобразовательных школ осуществляется на основании следующих документов:

распределение годовой нагрузки заместителя директора школы и учителя по месяцам;

план работы заместителя директора и учителя над собой;

планы работы общеобразовательных школ;

Методический день учителей и заместителей директоров общеобразовательных школ составляет 1548 часов, заместителей директоров — 1720 часов, 160 часов (4 часа в неделю) учебная нагрузка устанавливается следующим образом:

работа в библиотеке;

подготовка к уроку, написание планов уроков;

контроль за уроками учителей с использованием передовых технологий;

участие в семинарах и семинарах.

Учителя и заместители директоров общеобразовательных школ составляют план своей работы на методических днях. Этот план утверждается директором школы. Копия хранится у директора школы для контроля за выполнением плана работы. Отчеты о выполнении плана и уровне знаний заслушиваются в методических объединениях, методических советах и ​​производственных совещаниях при директоре.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Mirmuhsin

    Maktablarda metod kunlari o‘qituvchilarni ishlatish va ularni ish kuni hisoblab haq to‘lanadigan qilinishi huddi tibbiy ko‘rikda o‘qituvchilar chiqimdor bo‘lmaydilar lekin o‘z hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar degan qonunni ayna bittasiga aylandi. Ilmiy bo‘lim mudiri metod kunga haq to‘lanayapti deydi,lekin maoshimda o‘zgarish yo‘q 6 oydan beri. Direktorim esa hech qanaqa metod petodga pul to‘lamaydi deydi. Qonunlar chiqarilganidan so‘ng tashkilotlarda tabel yuritishlarini,hisoblanayotgan mablag‘larni tekshirib turuvchi organ yo‘qmi? Shularni g‘aflat uyqusidan uyg‘otib olishsagina haqiqat ishga tushardi.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: