O’qituvchilar uchun eng kerakli dasturlar to’plami

O'qituvchilar uchun eng foydali kampyuter dasturlari

Kampyuterda foydalanish uchun o’qituvchilarga juda kerak bo’ladigan dasturlar ro’yhatini tuzdik. Tanishing va albatta ko’chirib oling.

1. Adobe Reader

PDF shakldagi bercha hujjatlar, kitoblarni o’qish uchun kerakli dastur.
Yuklab olish: Adobe Reader

2. WinRAR

Arxivlangan fayllar bilan ishlaydigan dastur. Ushbu programma RAR, ZIP, CAB, ARJ, LZH, BZIP2, JAR va ACE 2.0 arxivlari bilan ishlashni qo’llab-quvvatlaydi.
Yuklab olish: WinRAR

3. Kitobcha dasturi

Printerdan ma’lumotlaringizni kitob holida chiqarib beruvchi o’zbekcha dastur. Darvoqe, lotin yozuvidagi hujjatlarni kirillga, kirill yozuvlarni lotinga o’tkazish bo’yicha maqola yozganman, maqola bilan shu manzilda tanishish mumkin.
Yuklab olish: Kitobcha dasturi

Download Master

Internet sahifalaridan fayllarni katta tezlikda ko’chirib olishni ta’minlaydigan dastur.
Ko’chirib olish: Download Master

Format Factory

Audio va video formatlarini o’zgartirishda juda qulay dastur. Dastur yordamida video formatli faylni audio formatga ham aylantirish mumkin.
Yuklash: Format Factory

6. ABBYY FineReader

PDF formatli fayllarni DOC va boshqa TXT formatlariga bexato o’giradigan juda foydali dastur. Bu dasturdan qanday foydalanish haqida maqola yozganman, maqola bilan bu yerda tanishish mumkin.
Ko’chirish: ABBYY FineReader

7. Optimal dars jadvali

Ilmiy bo’lim mudirlari uchun foydali yechim. Ushbu dastur o’zbek tilida bo’lib kiritilgan ma’lumotlar asosida dars jadvalini tuzib beradi. Dastur yaratuvchisi Farg’onalik do’stimiz Erkinjon Islomov hisoblanadi.
Dasturni yuklab olish: ProRector 2019 v2.3.1.19.rar
Dastur bilan ishlash bo’yicha yo’riqnomani quyidagi videoda ko’rish mumkin.

8. Handy Recovery

O’chib ketgan ma’lumotlarni tiklash uchun yordamchi dastur.
Yuklab olish: Handy Recovery

9. SHAREit

SHAREit – bir xil Wi-Fi tarmog’i orqali smartfon, planshetlar, kampyuter va boshqalar orqali turli qurilmalar o’rtasida fayllarni qulay va tezda almashish imkonini beradigan ajoyib o’zaro faoliyat platformalar dasturi.
Dasturni ko’chirib olish: SHAREit

Test tuzish dasturi

Turli xil testlarni tuzib dasturga kiritib qo’yish va uni o’quvchilarga bajartirish uchun kerakli dastur. Buni qidirganmidingiz?
Dasturni oson ko’chirib olish: Test tuzish dasturi

11. Ped yuklama dasturi

Ushbu dasturiy vosita o’qituvchilar tomonidan bir yillik ish faoliyati uchun hisoblanadigan pedogogik ish yuklamasini taqsimlash uchun yordamlashadi. Dastur ped yuklamani ta’rif bo’yicha belgilangan dars stavkasiga ‘proportsiya’ usulida hisoblaydi.
Dasturni ko’chirish: Ped yuklama dasturi

12 O’zbegim dasturlari «IBORA»

Uchta tilli electron tarjima lug’ati. Tizim 6 ta tarjima yo’nalishidan foydalanish imkonini beradi:

“o’zbek-ingliz; O’zbek-rus tilida; Inglizcha-o’zbekcha; Inglizcha-ruscha; Ruscha-o’zbekcha; Ruscha-inglizcha”.

Dasturdagi umumiy so’zlar 120000 mingdan ziyod. Tarjima qilishda o’qituvchilar uchun juda foydali dastur.
Yuklab olish: O’zbegim dasturlari «IBORA»

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!