UYDA QOLING!

O’qituvchilar oyligi ko’tarildi, lekin…

Haqiqatan ham o’qituvchilar oyligi ko’tarildi, biroq o’qituvchilar ish haqi ko’pchilik o’ylagan summada emas.

Ko’pchilik tasavvurida o’qituvchilar oyligi juda baland, o’qituvchilar maoshi 1000 dollar bo’ldi deb o’ylayotgan kishilar ham yo’q emas. Xuddi shu mavzuda o’qituvchi Nasim sadikovning maqolasini o’qib maqola dolzarbligi yuzasidan ham saytimizda e’lon qilishga qaror qildim.

O’qituvchilar rostdan ham 6000000 so’m oylik olishadimi?

Ohirgi vaqtlarda ko’pchilik odamlarning og’zidan “o’qituvchilarning oyligi oshib ketdi, o’qituvchilar zo’r oylik olishayapti, o’qituvchilar bir oyga 6 000 000 so’m olishayapti… ” kabi gaplarni ko’p eshitib qolayapman. Taksiga minsam ham shu gap, bozorga borsam ham shu gap. Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida va o’qituvchi bo’lmagan insonlarga to’g’riroq ma’lumot berish maqsadida bir ishga qo’l urdim.
O’qituvchilarning oyligi ko’p bo’lmasa-da oshgani rost, lekin shunga yarasha bozordagi narxlar ham oshib ketgani hech kimga sir emas.
Bugun, oila boshlig’i sifatida oktyabr oyidagi oilaviy harajatlarni taxminiy hisob-kitob qilib chiqdim. Avvaldan, shuni aytishim lozimki, bu harajatlar 4 kishilik kichik oila uchun ishlatilgan harajatlaridir. Iltimos, agar qaerdadir xatolik bo’lsa va boshqa o’qituvchilar o’rtasida norozilik fikrlari bo’lsa, uzr so’rayman. Men bu ma’lumotlarni Jizzax viloyatida ishlab, yashab kelayotgan o’qituvchi sifatida tahladim. Ma’lumotlar, viloyatlardagi narxlarga qarab o’zgarishi mumkin.
Quyida, sizga oktyabr oyida oziq – ovqat, gigienik vositalar, yo’l haqi va kommunal to’lovlarga sarflagan harajatlarni hisoblab chiqdim va jami oylik chiqimlar 1615000 so’m bo’ldi. Aytaylik, men 20 soat darsim uchun 2600000 lar atrofida oylik olaman. Endi o’ylab ko’raylik, asosiy harajatlarim 1615000 so’m bo’lsa va ortiqcha pul 985000 qolsa (2600000-1615000=985000) men bu pulga nima qila olishim mumkin?
Quyidagi harajatlardan tashqari yosh oilam bilan yashayotgan uyimni qurilish va ta’mirlash ishlariga, maktabdagi sinfxonani jihozlash uchun harajat, kichik o’g’limni bog’chasiga oylik to’lov, uyimdagi jixozlarni ta’mirlashga ustaga harajat, agar kreditga berilgan yangi kottedj yoki kvartirada yashayotgan bo’lsam uning oylik to’lovi, avtokreditdan olgan mashinaga harajat kabi qancha- qancha harajatlar uchun qaerdan pul topaman? Albatta, bu ro’yxatni hali ko’p davom ettirishim mumkin. Va bu harajatlarni “yopish” uchun har bir maktabdagi men kabi har bir erkak o’qituvchi qo’shimcha ish bilan shug’ullanishga majbur. Qo’shimcha ish bilan shug’ullangan erkak o’qituvchi uchun esa maktabda o’quvchilarga dars berishda sifatga e’tibor berish juda mushkul.
Aytmoqchi bo’lgan gapim shuki, rizqni beruvchi Alloh taolo. Men maqolam orqali noshukrlik kayfiyatidan yiroqman. Maqsadim, bilmaganlarga bildirib qo’yish holos. Biz o’qituvchilarga berilayotgan oylik hali bir ro’zg’orni to’liq ta’minlash uchun yetarli emas. YAqin yillarda bu kamchilikka barham berilib, biz o’qituvchilar yoki men kabi oila boshlig’i haqiqatan ham, ko’kragimizni kerib oyligimizdan va qilayotgan ishimizdan faxrlanib yurishni boshlaymiz deb umid qilib qolaman.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: