o’qituvchi yetishmagan taqdirda nomutaxassis fanlardan dars o’tish mumkinmi?

o’qituvchi yetishmagan taqdirda nomutaxassis fanlardan dars o’tish mumkinmi?
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Ayrim fanlardan pedagog xodimlar yetishmagan taqdirda maktab rahbari yoki ta’limni boshqaruv organlari rahbarlari ko`rsatmasi, buyrug`i, ruxsati, turli Kengashlarning qarorlari bilan tegishli fan yoki boshlang`ich sinf darslarini mutaxassisligi mos kelmaydigan oliy ma’lumotli (pedagog yoki nopedagog) xodimga berish mumkinmi?

Xalq ta’limi vazirining 2015 yil 24 iyundagi 191-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarining 36-bandiga ko`ra, umumiy o`rta ta’lim muassasasining o`qituvchisi o`zi o`qitadigan o`quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, uning mazmuni va amalda qo`llanilishi, o`qitayotgan fan bo`yicha dars o`tish metodikasi va tashkil qilish tartibini bilishi lozim. Malaka tavsiflarining 37-bandida umumiy o`rta ta’lim muassasasi o`qituvchisiga qo`yiladigan malaka talablari belgilangan bo`lib, unga muvofiq fan o`qituvchisi fan yo`nalishiga to`g`ri keluvchi kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumotga yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va unga qo`shimcha tarzda fan yo`nalishiga to`g`ri keluvchi qayta tayyorlov kursi ma’lumotiga ega bo`lishi kerak.

Demak, muayyan fan yoki boshlang`ich sinf darslari mutaxassisligi mos kelmaydigan oliy ma’lumotli (pedagog yoki nopedagog) xodimga berilishi mumkin emas. CHunki umumiy o`rta ta’lim muassasalarida o`z mutaxassisligiga mos bo`lmagan dars mashg`ulotlarini olib borayotgan pedagog xodim nomutaxassis hisoblanadi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: