Ongni qayta dasturlash va kelajakka ulanish uchun 7 qadam

Ongni qayta dasturlash va kelajakka ulanish uchun 7 qadam
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

O’zingizga tegishli bo’lgan qaysi odat yoki kasallikdan qutulmoqchisiz? Ong osti bilan aloqa o’rnatib buni amalgam oshiring.

Ongni qayta dasturlashning reja andozasi
1-qadam. o’zingiz uchun siz xalos bo’lmoqchi bo’lgan kasallik yoki alomatni aniqlab oling.
2-qadam. Ong ostingizning shu kasallik yoki alomatning yuzaga kelishi uchun javobgar qismi bilan aloqa o’rnating:
a) ichingizga shunday savol bering: “Ong ostimning kasallikning paydo bo’lishi uchun javobgar bo’lgan qismi, men bilan ong darajasida gaplashishga tayyormisan?»
b) “ha» / «yo’q» signalining ma’nosini aniqlab oling. Bu biror tuyg’u, obraz, ichki ovoz yoki barmoq yoki tebratgichning xarakati bo’lishi mumkin.
3-qadam. Aloqa o’rnatganingizdan so’ng ong ostingizning o’sha qismiga quyidagi savol bilan murojaat qiling: «Sen menga fe’l-atvorimning qaysi xususiyatlari yoki qanday fikr va tuyg’ularim kasallikka olib kelgani haqida xabar berishga tayyormisan?»
a) «ha” degan javobni olsangiz, bu fe’l-atvor va tuyg’ular haqida aniq qilib xabar berishni so’rang: “Menga aniq qilib ayt, mening qanday xulqim, fe’l-atvorimning qanday xususiyati yoki qanday fikr va tuyg’ularim kasallikka olib kelgan?’’
b) “yo’q” javobini olsangiz, bu shuni anglatadiki, bunday fe’l-atvor bor, lekin ong ostingiz hali fe’l-atvorning o’zi haqida xabar berishga tayyor emas.
4-qadam. Ong ostingizning tegishli qismining niyati (vazifasi)ni aniqlang:
a) unga quyidagi savolni bering: “Sen menga muammoli fe’l-atvor yordamida men uchun nima qilishga harakat qilayotganliging haqida xabar berishga tayyormisan?”
b) “ha” degan javobni olsangiz, bu haqda ong darajasida aniq qilib xabar berishni so’rang: “Menga aniq qilib xabar ber, sen men uchun qanday foydali niyatni amalga oshirib kelgansan”
Niyatni ijobiy tarzda ifodalang.
v) «yo’q” degan javobni olsangiz, bu shuni bildiradiki, ijobiy niyat bor (u esa doim bo’ladi), biroq ong ostingiz sizga hali u haqida xabar berishga tayyor emas. Bunday holda buni qabul qiling va keyingi qadamga o’ting.
5-qadam. Ushbu niyatni amalga oshiradigan (bu vazifani bajaradigan) yangi fe’l-atvor usullarini yarating. Ong ostining ushbu qismidan shunday deb so’rang: «Mening ongosti ijodiy imkoniyatlarimdan, xayol kuchimdan foydalanib, bu niyatni amalga oshirish uchun (bu vazifani bajarish uchun) kamida uchta niyat fe’l-atvor usulini yarat. Bu usullar eski fe’l-atvorga nisbatan ishonchliroq, samaraliroq bo’lsin va hamda men va atrofdagilar uchun qulay bo’lsin. Har safar bitta shunday yangi usul yaratishing bilan «ha” deb signal ber, keyin esa ishingni davom ettir” Siz yangi usullarning mazmunini tushunib olasizmi, yo’qmi – bu yuz beradigan o’zgarishlar uchun unchalik ahamiyatli emas. Ong ostingizga keraklicha vaqt bering va shunchaki signallar miqdorini sanang.
6-qadam. Endi ong osti darajasida yangi fe’l-atvor usullarini tekshirib ko’ring. Buning uchun ong ostingizning qolgan barcha qismiga shunday deb murojaat qiling: «Ong ostimning yoki shaxsiyatimning yangi fe’l-atvor usullariga etiroz bildiradigan qismlari bormi?»
a) javob «yo’q” bo’lsa, kelajakka ulanishni amalga oshirish mumkin;
b) javob «ha” bo’lsa, e’tiroz bildirilgan usullarni almashtirishni so’rang: «E’tiroz bildirilgan usullarni ong ostimning barcha qismini qanoatlantiradigan yangi usullarga almashtir
yoki mukammallashtir. Buni qilishing bilan menga «ha” deb javob ber». Bundan so’ng o’zgartirilgan usullarni yana tekshiring va keyingi qadamga o’ting.
7-qadam. Kelajakka ulanish. Yana ong ostingizning yangi usullarni yaratgan qismiga murojaat qilib shunday deng: “Sen yangi fe’l-atvor ko’rinishlarini kelajakda kerakli paytda va kerakli joyda amalga oshirish uchun javobgarlikni o’z zimmangga olasanmi? Yuz berishi mumkin bo’lgan hamma vaziyatlarni hisoblab chiqib, javobgarlikni zimmangga olishga tayyor bo’lishing bilan “ha” deb javob ber”.

Valeriy Sinelnikovning “Dardingni sev” kitobidan

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: