Ona tili ta’limida sifat va mazmunga yangicha nigoh

Interfaol metodlar

O‘zbek tili mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat tili deb qonunlashtirilgandan keyin Xalq ta’limi oldiga Respublika taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi qo‘yildi. Jumladan,Ona tili mashg‘ulotlarida ham yoshlarni erkin va mustaqil fikr egasi, ijodiy izlanuvchan, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda mana shunday o‘qituvchilarni kashf qilish dolzarb masaladir. Ayniqsa, bugungi sinovli kunlarda masofaviy ta’lim jarayoniga o‘quvchilarni jalb qilish, ta’lim-tarbiyani masofadan turib isloh qilish o‘qituvchidan katta pedagogik mahorat va ma’suliyatni talab qilmoqda.

Hammamizga ma’lumki, yurtimizda joriy qilingan karantin munosabati bilan masofaviy ta’lim tashkil qilindi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz boshchiligida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan ko‘plab chora-tadbirlar ishlab chiqildi. O‘qituvchi va o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda televideniye orqali teledarslar tashkil etildi. Birinchi apreldan barcha o‘qituvchilar masofadan turib ishlash rejimiga o‘tkazildi. Buning natijasida fan o‘qituvchilari oldiga mana shu televedeniye orqali o‘tilgan yangi mavzularni mustahkamlash, uyga berilgan vazifalarning bajarilishini tekshirib nazorat qilib turish va baholash vazifasi qo‘yildi.

Sherzod Shermatov ta’biri bilan aytganda,ushbu onlayn maktab loyihasida ishtirok etayotgan o‘qituvchilarni ham bugungi kunning qahramonlari, deb atash mumkin. Masofaviy ta’lim O‘zbekiston respublikasida birinchi marta joriy etilayotganligi sababli bu, albatta, o‘qituvchilardan bir oz ma’suliyat va ijodkorlikni talab qiladi.

Bugungi kunda internet tarmoqlari barcha sohalarda o‘ziga xos salmoqli o‘rin egallamoqda. Bu masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirishda o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarida ham imkoniyat eshiklarini ochadi. O‘qitishning bu yo‘nalishi o‘quvchilarni ma’lum fan bo‘yicha, o‘qitishning mazmuni bo‘yicha ilmiy dalillar va tushuncha hamda nazariyalar bilan qurollantirishni taqozo etadi.

Masofaviy ta’lim jarayonida teledars orqali olingan bilimlarni mustahkamlash uchun o‘qutuvchilar o‘quvchilarga internet tarmog‘i oraqli mavzuga mos rasmlar, chizmalar, diagramma, videofilmlar va ovozli xabarlar jo‘natishi mumkin.

Ona tili darslarida esa yuqoridagi kabi jo‘natmalarga qo‘shimcha tarzda ijodiy matn tuzish, hikmatli so‘zlar, ibratli so‘zlar va iboralar, maqollarni berib, mazmunini tahlil qilishni topshirish mumkin. Bunda o‘quvchilarga matn tuzishda lug‘atlar bilan ishlash qo‘l keladi.

Ona tili o‘qitishning asosiy maqsadlaridan biri ham o‘quvchilarga ona tilidan so‘zning ma’no va mohiyatini o‘rgatishdan, so‘zni his etishga yo‘llashdan iborat. Bunda so‘z ma’nolarini o‘zlashtirish va undan nutqda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash malakasini hosil qila olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Buning uchun ona tili darslarida lug‘at ustida ishlashga alohida e’tibor qaratish kerak. Lug‘at ustida ishlash oddiy dars mashg‘uloti emas. Mazkur jarayon uzluksiz tizim tarzida, ya’ni har bir mashg‘ulot davomida amalga oshirilishi kerak. Buni esa faqatgina teledars orqali qamrab olish mushkul.

Mazkur jarayonda o‘qituvchilar televedeniye orqali berilgan topshiriqlardan tashqari fakultativ mashg‘ulotlarni ham yo‘lga qo‘yish kerak.

Masalan, o‘quvchilarning yozma nutqini o‘stirish, fikrini turli usullarda bayon qila olishga o‘rgatish, lug‘atning imlo, izohli va boshqa turlaridan foydalana olish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida quyidagicha onlayn topshiriqlar berib borish mumkin:

 Kitob,tosh, chaqmoq, go‘zal, daraxt, majlis, sog‘lik, har yer, yoz, bilim, mehnat,o‘qidi,o‘ylamoq, oz-oz kabi so‘zlarni o‘quvchilarga jo‘natadi. Bu so‘zlar asosida o‘quvchilarga bir necha topshiriq beriladi;

 

1-topshiriq. So‘zlarning lug‘aviy ma’nosini izohli lug‘atdan foydalanib sharhlang, qaysi so‘z turkumiga qarashli ekanligini aniqlang.

 

2-topshiriq. Mazkur so‘zlar bilan bog‘liq so‘z brikmalari va gaplar tuzing

 

3-topshiriq. Yuqoridagi so‘zlar qatnashgan ibora, hikmatli so‘z va maqollar topib yozing.

O‘quvchilar mazkur muammoli topshiriqlarni bajarishda o‘zlaricha fikr yuritadilar, tahlil qiladilar, munosabat bildiradilar,lug‘atlardan foydalanadilar,internetdan ma’lumot qidiradilar. Bu jarayonda o‘quvchining quroli avval olgan bilimlari, darslik, turli lug‘atlar hamda internet saytlaridir.

Guruhdagi barcha o‘quvchilar topshiriqni bajarib, o‘qituvchiga havola qilgach, o‘qituvchi o‘zi yuqoridagi topshiriqlarni to‘la bajarilgan variantini taqdim etadi.

Masalan, quyidagi tartibda:

1-topshiriq.

— Kitob — o‘qish, bilim olish uchun mo‘ljallangan o‘quv quroli. Ot so‘z turkumiga kiradi.

— G‘o‘zal- belgi-xususiyatni bildiradi, ma’nodoshi: chiroyli,suluv. Sifat so‘z turkumiga kiradi.

-O‘qid i- tugallangan xarakat ma’nosini beradi,masalan: kitob o‘qidi. Fe’l so‘z turkumiga kiradi va h. k. . .

 

2-topshiriq.

-Daraxt- mevali daraxt, Bahorda mevali daraxtlar juda chiroyli gullaydi.

-Bilim-bilim olmoq, Kelajakda biron-bir kasb egasi bo‘lish uchun bilim olishimiz zarur. Va h. k…

 

3-topshiriq.

-Mehnat- Mehnat bilan topganing, qand-u asal totganing,(Maqol)

-Daraxt- daraxt bir joyda ko‘karadi. (Maqol)

-Tosh-Boshing toshdan bo‘lsin. (Ibora)

 —Issiq- Bu hayotning issiq-sovug‘ni tatib ko‘rmoq. (Ibora)

-Har yer-Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozu. (Maqol)

 

O‘qituvchi shundan so‘ng o‘quvchilarga ”O‘z-o‘zini baholash” metodini tavsiya qilishi mumkin. Bunda o‘quvchilar har bir topshiriqqa qay darajada to‘la yondosha olganliklarini o‘qituvchi havola etgan namunaga qarab tekshiradilar va bu orqali o‘z xatolarini o‘zlari tan olib qo‘yilgan bahoga norozilik bildirmaydilar.

Demak,masofaviy ta’limda yuqoridagi kabi topshiriqlarni bajarish o‘quvchining so‘z boyligini oshirish, mustaqil mushohada yuritish, so‘z va uning ma’nolari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, xotirani mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchining o‘zigagina xos bo‘lgan xatolarini anglashga, o‘z-o‘zini nazorat qila olishiga imkoniyat yaratadi. O‘quvchilarda darsga bo‘lgan qiziqishlarini, internet tarmoqlarida vaqtlarini bekor o‘tkazmay, axborot bilan ishlashga ishtiyoqlarini oshiradi.

Bu kabi mashg‘ulotlarni har bir dars mavzusiga bog‘lab, hattoki adabiyot darslarida ham qo‘llash ta’lim sifatini oshirishda hamda bugungi masofaviy ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin, deb hisoblayman.

 

Djuraboyeva Muhayyo Qobuljonovna, Andijon viloyati Baliqchi tumani, 17-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi


После легализации узбекского языка в качестве государственного языка независимой Республики Узбекистан задачей народного образования стала подготовка предпринимателей и творческих людей, которые будут служить развитию Республики. В частности, открытие таких педагогов имеет важное значение в воспитании молодежи на уроках родного языка как свободно мыслящих, творческих, любознательных и патриотически настроенных людей. Особенно в сегодняшние дни испытаний вовлечение обучающихся в процесс дистанционного обучения, реформирование дистанционного образования требует от преподавателя большого педагогического мастерства и ответственности.
Все мы знаем, что в связи с введенным в нашей стране карантином организовано дистанционное обучение. В связи с этим под руководством Президента Ислама Каримова министр народного образования Шерзод Шерматов разработал ряд мер. Для удобства преподавателей и студентов совместно с Министерством информационных технологий и связи были организованы телеуроки. С 1 апреля все учителя переведены на дистанционный режим. В результате перед учителями естественных наук ставится задача закреплять новые темы, освещаемые этим телевидением, контролировать и оценивать выполнение домашних заданий.
По словам Шерзода Шерматова, учителей, задействованных в этом проекте онлайн-школы, тоже можно назвать сегодняшними героями. Так как дистанционное обучение внедряется в Республике Узбекистан впервые, оно, безусловно, требует от преподавателей определенной ответственности и творчества.
Сегодня Интернет играет значительную роль во всех сферах. Это также открывает двери возможностей в отношениях учитель-ученик при реализации процесса дистанционного обучения. Это направление обучения требует оснащения учащихся научными данными и понятиями и теориями по конкретному предмету, содержанию обучения.
Чтобы закрепить знания, полученные в ходе дистанционного обучения с помощью телеуроков, учителя могут отправлять учащимся фотографии, рисунки, диаграммы, видео и голосовые сообщения, относящиеся к теме, через Интернет.
На занятиях по родному языку, помимо вышеперечисленных заданий, можно составить творческий текст, дать мудрые слова, пословицы и выражения, пословицы и проанализировать содержание. Студенты смогут работать со словарями при составлении текста.
Одной из основных целей обучения родному языку является обучение учащихся значению и сути слова на родном языке, заставить их чувствовать слово. Одним из важнейших вопросов является овладение значениями слов и умение правильно и уместно использовать их в речи. Для этого особое внимание следует уделить работе со словарем на занятиях по родному языку. Работа со словарем — не простое занятие. Этот процесс должен осуществляться в непрерывной системе, т.е. во время каждого сеанса. И это трудно осветить только через телеуроки.
В этом процессе, помимо заданий, данных педагогами по телевидению, необходимо организовать факультативные занятия.
Например, для развития письменной речи учащихся, обучения их различным способам самовыражения, развития навыков использования орфографической, аннотационной и других видов лексики могут быть даны следующие онлайн-задания:
читателям такие слова, как книга, камень, молния, красиво, дерево, встреча, здоровье, везде, лето, знание, труд, читай, думай, мало-помалу . На основе этих слов учащимся дается несколько заданий;

Задание 1. Интерпретируйте лексическое значение слов, используя аннотированный словарь, чтобы определить, к какой группе слов они принадлежат.

Задание 2. Составьте словосочетания и предложения, связанные с этими словами

Задача 3. Найдите и напишите фразы, мудрые высказывания и пословицы, в которые входят слова, указанные выше.
Студенты думают, анализируют, комментируют, используют словари и ищут в Интернете информацию по этим сложным задачам. В этом процессе оружием ученика являются ранее полученные знания, учебники, различные словари и сайты.
После того, как все учащиеся группы выполнили задание и передали его учителю, учитель сам представляет выполненный вариант вышеуказанных заданий.
Например, в следующем порядке:
Задание 1.
— Книга – это учебник для чтения и обучения. Лошадь относится к разряду слов.
— Красивый- означает особенность, значение: красивый, прекрасный. Качество относится к категории слов.
-Read i- означает завершенное действие, например: прочитать книгу. Глагол относится к разряду слов и так далее. .

Задание 2.
-Дерево-плодовое дерево, Плодовые деревья красиво цветут весной.
-Образование, нам нужны знания, чтобы стать профессионалом в будущем. И так далее.

Задача 3 .
-Труд- Тяжёлым трудом зарабатываешь, вкусишь сахар и мёд, (Пословица)
-Дерево- дерево растет на одном месте. (Пословицы)
-Пусть твоя голова будет сделана из камня. (Ибора)
— Горячий- Чтобы попробовать горячее-холодное этой жизни. (Ибора)
-Везде-Везде мечту не сделать, везде камни и весы. (Пословицы)

Затем учитель может порекомендовать учащимся метод «Самооценка». При этом учащиеся проверяют выполненность каждого задания по образцу, предоставленному учителем, чтобы не возражать против выставленной ими оценки.
Таким образом, при дистанционном обучении выполнение заданий, подобных вышеперечисленным, способствует увеличению словарного запаса учащихся, самостоятельному наблюдению, расширению их понимания слова и его значений, укреплению памяти. Это также позволяет ученику понять собственные ошибки, контролировать себя. Повышает интерес учащихся к уроку, их желание работать с информацией, не теряя времени в Интернете.
Привязка таких уроков к каждому предмету, даже на уроках литературы, может стать важным фактором повышения качества образования и укрепления отношений между учителем и учеником в современном дистанционном обучении, я думаю.

Джурабоева Мухайё Кабулжановна, учитель родного языка и литературы школы №17 Балыкчинского района Андижанской области

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: