Ona tili o’qitishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari

Ona tili o’qitishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Maqolada ona tili fanini o’qitishning ayrim muammolari va ularning yechimi bo’yicha ba’zi takliflar ilgari surilgan.

Birinchi Prezidentimiz I. Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch” asarida milliy tilimiz haqida shunday yozgan edilar:

“Ma’lumki, o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, ajdodlar orasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga ,avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili—bu millatning ruhidir”.

Milliy ruh bag’ishlovchi o’sha allani aytuvchilarni ham biz—ustozlar o’qitamiz-ku. Uni maromiga yetkazib, so’zini marjondek terib, ma’nosiga tushunib aytish uchun ham bilim kerak. Ana shu bilimning tamal toshi esa ona tilini qay darajada o’qitilishiga borib taqaladi. Ota-ona bilimli, ya’ni ma’naviyatli bo’lsa, farzandiga ham to’gri tarbiya bera oladi. Bugungi kunda bilimga chanqoq o’quvchilar soni ortib bormoqda. Avvalo, ularga o’z ona tilimizni mukammal orgatishimiz lozim. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o’ttiz yilligini keng nishonlash to’g’risidagi qarori o’zbek tiliga bo’lgan e’tiborning yuksak namunasi bo’ldi , desam adashmagan bo’laman. Shu bilan birga ona tilini o’qitishdagi muammolarning hal bo’lishiga ham umid uyg’otdi.
Ona tili o’qitishdagi asosiy muammolardan biri sinfda o’quvchilar sonining ko’pligi, chunki o’quvchining uy ishini, sinf ishini tekshirishga vaqt yetmaydi. Ona tilini barcha fanlarning onasi, deb hisoblayman. Ona tilini bilgan o’quvchi o’z-o’zidan boshqa fanlarni ham o’zlashtira oladi. O’quvchilarning bog’lanishli nutqlarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Masalan,5-sinf o’quvchilarining ko’pchiligi tayyor berilgan so’zlarni bog’lab gap tuza olmaydi. Poydevorni mustahkamlashni quyidan boshlashimiz kerak. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun ham vaqt masalasi muammo tug’diradi. Darsdan so’ng yoki to’garaklarda shug’ullanish mumkin. Lekin o’quvchining yangi darsga bo’lgan qiziqishidan o’rnida foydalanib qolish kerak, deb o’ylayman. Dono xalqimiz “Temirni qizig’ida bos”, “Qolgan ishga qor yogar”, deb bejiz aytishmagan. Bu bilan biz bahona izlash niyatidan yiroqmiz. Har tomonlama puxta bilim berish uchun harakatdan to’xtab qolganimiz yo’q. Masalan,5-sinf ona tili darsligidagi 14-mashqda “Boshqotirma”ning javobini topib, a harfining aytilishi va yozilishiga diqqat qilish topshirilgan. 1. ”Damas” , “Tiko”, “Neksiya” ishlab chiqaradigan zavod: Asaka. 2. Husanning akasi:Hasan. 3. Ish-harakat. 4. Urishqoq xo’roz:dakan. Shunga o’xshash mashqlarni to’g’ri javobi bilan solishtirib tekshirish mumkin. 38-mashqning bajarilishi: Mening 10ta daftarim bor(mavjudlik ma’nosi). Sen tezroq darsga bor(harakat ma’nosi). Tandirga o’t yoq(harakat). Hamma yoq obod bo’lmoqda(joy, makon ma’nosi). U sira sir saqlay olmaydi(mavhum ot). Ko’rpani yaxshilab sir(harakat). Tomdan tush(harakat). Ukam qo’rqinchli tush ko’rdi(ot). Bu bilan o’quvchi o’z xatosini anglashni , o’z-o’zini baholashni o’rganadi. Lekin hamma uy vazifalarini tekshirishda bunday qila olmaymiz. Chunki matn, hikoya va gap tuzish topshiriqlarini tekshirish jarayonida imlo, ishora va uslubiy xatolarini izohlab, tushuntirib ketish kerak. Bu muammolarning yechimiga kelsak, ona tili darslarini bo’lib o’qitsak, degan taklifni bermoqchiman. Aynan shu taklifni 20 yil oldin bildirganimda, bir o’qituvchi “O’z tilini ham bo’lib o’qitadimi?” deya istehzoli javob bergan edi. Bo’lib o’qitish degani tilni yarimta qilish degani emas-ku. Bu masalaga o’z tilimizni mukammal o’rgatish, ta’lim sifatini oshirish maqsadida yondoshsak, to’g’ri bo’lar edi.

Bo’stonova Gulchehra Baliqchi tumanidagi 44-maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: