Ommaviy epidemiya davrida yaratilgan buyuk nazariya

Isaak Nyuton ommaviy epidemiya sababli berilgan ta’tilda eng buyuk nazariyalarini yaratganligini bilarmidingiz?

Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegramdagi kanaliga ta’tilga ketgan talabalar va o‘quvchilar uchun juda foydali bo‘lgan SalomovUz Telegram kanalida e’lon qilingan postni joyladi. Men ham uni sizlar bilan baham ko‘rgim keldi.
“1665-1666 yillarda Londonda o‘lat tarqaydi. Odamlar orasida ommaviy kasallanish boshlanadi. Bu davrlar tarixga “Londondagi Buyuk o‘lat” nomi bilan kirgan. Buyuk o‘lat davrida Londonning chorak qismi (25%) o‘latdan qirilib ketgan.

O‘lat tarqagan yili mashhur olim Isaak Nyuton Kembrijning Trinitiy kollejida 22 yoshli oddiy talaba edi. O‘sha paytda ham hukumat epidemiya tarqalishining oldini olish uchun odamlarni ommaviy yig‘ilishini cheklagan. Kembrij universiteti ham talabalarni uyiga jo‘natgan va talabalar uyida mustaqil o‘qishni davom ettirgan.

Nyuton oilasining Vulstorp mulkida joylashgan uyiga qaytadi va 1 yildan ortiqroq davr mobaynida o‘qituvchilarning yordamisiz ushbu uyda mustaqil tahsil olishni davom ettiradi. Nyuton uyida o‘qigan aynan shu yil keyinchalik uning “mo‘jizalar yili (annus mirabikis)” degan nom olgan. Chunki Nyuton aynan shu davrda, uyida mustaqil o‘rganish davomida eng mashhur nazariyalarini yaratgan.

Birinchidan, u Kembrijda o‘rganishni boshlagan matematik masalalar ustida ishlashni davom ettiradi. Ushbu masalalar yuzasidan yozgan ilmiy ishlari keyinchalik matematik analiz fanining shakllanishida asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Ikkinchidan, quyoshli kunlarning birida deraza va boshqa nur tushadigan barcha yerlarni berkitib, xonasini qop-qorong‘i qilib oladi. So‘ng derazani berkitib turgan pardadan kichik teshik ochib, shu teshikdan tushayotgan nur yo‘lini shisha prizma bilan to‘sadi. Prizmaning birinchi tomonidan o‘tgan nur uning ikkinchi tomonidan turli xil ranglar ko‘rinishida (kamalak kabi) tarqaladi. Aynan shu tajriba Nyutonning optika sohasidagi nazariyalarining yaratilishiga turtki bo‘ladi.

Uchinchidan, Butun olam tortishish qonuni haqidagi fikrlari ham aynan shu yillari vujudga keladi. Nyuton olma daraxti ostida o‘tirgan payti boshiga olma tushgani va shundan Butun olam tortishish qonuniga asos solgani haqidagi hikoyani eshitgan bo‘lsangiz kerak? (Biroq olma Nyutonning boshiga tushmagan, bu, shunchaki, to‘qima sahna). Nyuton bog‘da aylanib yurganida olmalarning daraxtdan qulab tushishini kuzatadi. Va uning xayoliga “olmaning yerga qulashiga sabab bo‘luvchi tortishish kuchining amal qilish masofasi yerdan ma’lum uzoqlik bilangina cheklanmasdan, ancha uzoq masofalarda ham amal qilsa-chi? Masalan, Oygacha bo‘lgan masofada”, – degan fikr kelib qoladi. Shu fikr keyinchalik Butun olam tortishish qonunining kashf etilishiga sabab bo‘ladi.

Buyuk o‘lat davri tugagach, 1667 yili Nyuton uyda o‘rganganlari asosida ishlab chiqilgan nazariyalari va shu nazariyalar haqida yozilgan ilmiy ishlari bilan universitetga qaytadi. 6 oy ichida Nyuton universitetning a’zosiga (fellow) aylanadi, 2 yildan keyin esa professor darajasiga erishadi.

Bugun O‘zbekistonda ham 16 martdan ta’lim muassasalari yopilishi e’lon qilindi. O‘qish yo‘q, endi maza qilib uxlayman yoki ko‘rolmay yurgan seriallarimni ko‘rib tashlayman demay, mustaqil o‘rganish va tajriba o‘tkazishga ham biroz bo‘lsa-da vaqt sarflang. Ajab emas, uydagi mustaqil o‘rganishlardan keyin siz ham Nyutonga o‘xshab kelajakda mashhur bo‘lib ketuvchi nazariyalarni yaratib qolsangiz”.


Знаете ли вы, что Исаак Ньютон придумал свои величайшие теории в праздник, устроенный из-за массовой эпидемии?

Хушнудбек Худойбердиев разместил в Telegram-канале SalomovUz запись, которая очень полезна студентам на каникулах. Я тоже хотел поделиться этим с вами.
«Чума вспыхнула в Лондоне между 1665 и 1666 годами, — сказал он. Начинается массовое заболевание среди людей. Эти периоды вошли в историю как Великая чума в Лондоне. Во время Великой депрессии четверть лондонцев (25%) умерла от чумы.

В год чумы известный ученый Исаак Ньютон был 22-летним обычным студентом Тринити-колледжа в Кембридже. Даже тогда правительство ограничило публичные собрания, чтобы предотвратить распространение эпидемии. Кембриджский университет также отправил студентов домой и продолжил их самостоятельную учебу в общежитии.

Ньютон возвращается в семейный дом Вулсторп и продолжает учиться в этом доме более года самостоятельно, без помощи учителей. Тот же год, когда он учился в доме Ньютона, впоследствии был назван «Годом чудес (annus mirabikis)». Потому что именно в это время Ньютон разработал свои самые популярные теории во время самостоятельного изучения дома.

Во-первых, он продолжит работать над математическими задачами, которые начал изучать в Кембридже. Его научные работы по этим вопросам впоследствии послужили одной из основ формирования науки математического анализа.

Во-вторых, в солнечный день он закрывает окна и все остальные источники света и затемняет комнату. Затем он просверливает небольшое отверстие в занавеске, которая закрывает окно, блокируя путь света через стеклянную призму. Свет, проходящий через первую сторону призмы, отражается с другой стороны в виде разных цветов (наподобие радуги). Именно этот эксперимент привел к развитию теорий Ньютона в области оптики.

В-третьих, в те же годы возникли и его представления о законе всемирного тяготения. Вы когда-нибудь слышали историю о Ньютоне, сидящем под яблоней с яблоком на голове, что породило закон всемирного тяготения? (Но яблоко не упало на голову Ньютона, это просто сцена текстуры.) Гуляя по саду, Ньютон наблюдает, как яблоки падают с дерева. И он задался вопросом: «Что, если сила тяжести, которая заставляет яблоко падать на землю, не ограничена определенным расстоянием от земли, но также и на гораздо больших расстояниях? Например, на расстоянии до Луны». Эта идея позже привела к открытию закона всемирного тяготения.

По окончании Великой чумы Ньютон вернулся в университет в 1667 году с теориями, которые он разработал дома, и своей научной работой по этим теориям. В течение 6 месяцев Ньютон стал членом университета, а через 2 года стал профессором.

Сегодня было объявлено о закрытии учебных заведений в Узбекистане с 16 марта. Больше никакого чтения, никакого крепкого сна, никакого просмотра сериалов, которые я не смотрел, ни меньше времени на самостоятельные исследования и эксперименты. Неудивительно, что после самостоятельного изучения дома вы, подобно Ньютону, будете выдвигать теории, которые станут популярными в будущем».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: