Oliy majlisda Prezidentning o‘qituvchilarga bag‘ishlangan nutqi ahamiyati tahlil qilindi

Oliy majlisda Prezidentning o‘qituvchilarga bag‘ishlangan nutqi ahamiyati tahlil qilindi

Mamlakatimiz taraqqiyotining eng muhim ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti, jamiyatimizda koʻpchilikning katta qiziqishi va eʼtiboriga sabab boʻlgan masalalarni Qonunchilik palatasida muhokama qilinishi anʼanaga aylanmoqda.

2020-yil 5-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida bildirilgan gʻoyalar, ilgari surilgan muhim tashabbuslar va takliflarning mohiyati hamda ahamiyatiga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtdi.
«Oxirgi oy ichida bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining uchinchi keng koʻlamli, dasturiy chiqishidir: Prezidentimiz 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda, 23-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida hamda 30-sentyabr kuni Oʻqituvchilar va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali yigʻilishda nutq soʻzladilar.
Oʻzbekiston yetakchisi global taraqqiyotning jadal jarayonlariga munosib va tezkor munosabat bildirish borasida yorqin namuna koʻrsatib kelmoqda. Prezidentimizning barcha chiqishlari Oʻzbekiston manfaatlarini himoya qilish va ilgari surishga, millatimizning va sayyoramizning barqaror taraqqiyotini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan, chuqur oʻylangan izchil siyosat natijasidir», — dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, davlatimiz rahbarining keng qamrovga ega boʻlgan oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tantanali tadbirdagi nutqi bugungi kunda eng dolzarb boʻlgan masala – Vatanimiz kelajagi boʻlgan yosh avlodning barkamol boʻlib voyaga yetishi, ularning sifatli va mukammal taʼlim olishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
«Oʻzbekiston rahbari barcha nutqlari zamirida mustaqil Vatanimizning kelajagi boʻlgan barkamol avlodni yetishtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Mamlakatimiz Prezidenti shu orqali yosh avlod oʻz isteʼdodi va qobiliyatini, ezgu intilishlarini roʻyobga chiqarishi, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va hayotimizda munosib oʻrin egallashi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan istiqboldagi taraqqiyotimizning dolzarb kun tartibini shakllantirib berdi. Mana shular parlamentimiz faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlishi kerak»,- dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilov.
Majlisda davlatimiz rahbarining tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularni oʻz vaqtida samarali amalga oshirish uchun, xalqimiz farovonligi, voyaga yetayotgan yosh avlodning yorqin kelajagini taʼminlashda har bir deputat faol ishtirok etishi qayd etilgan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi oldida ham muhim vazifalar turgani aytib oʻtildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan quyi palataning tadbirlar rejasini ishlab chiqish boʻyicha siyosiy partiyalar fraksiyalari vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzishga kelishib olindi.


Уже стало традицией обсуждать в Законодательной палате важнейшие общественно-политические, социально-экономические вопросы развития нашей страны, вопросы, вызывающие большой интерес и внимание в нашем обществе. 5 октября 2020 года в Законодательной палате Олий Мажлиса состоялось совещание по сути и значению идей, важных инициатив и предложений, выдвинутых в обращении Президента Республики Узбекистан 1 октября, в День учителя и тренеры.
«Это третье масштабное программное выступление Президента Республики Узбекистан за последний месяц: Президент выступил на 29-й годовщине независимости Республики Узбекистан 31 августа, на 75-й сессии Генеральной Ассамблеи ООН по 23 сентября и День учителей и тренеров 30 сентября.
Лидер Узбекистана показал яркий пример адекватного и оперативного реагирования на динамичные процессы мирового развития. Все выступления нашего Президента – результат продуманной и последовательной политики, направленной на защиту и продвижение интересов Узбекистана, поддержку устойчивого развития нашей нации и планеты», – сказал Спикер Законодательной палаты Олий Мажлис Н. Исмаилов.
На совещании было отмечено, что речь главы государства на торжественном мероприятии, посвященном Дню учителя и тренера, была посвящена важнейшему вопросу сегодняшнего дня – гармоничному развитию подрастающего поколения, будущему нашей страны, их качеству. и образование.
«Во всех своих выступлениях Президент Узбекистана уделял особое внимание вопросу воспитания гармонично развитого поколения, за которым будущее нашей независимой Родины. Таким образом, Президент нашей страны сформировал актуальную повестку нашего дальнейшего развития, направленную на создание всех условий для реализации подрастающим поколением своих талантов и способностей, благородных устремлений, повышения социальной активности молодежи и занятия ею достойного места в наши жизни. Это должно стать одним из основных направлений деятельности нашего парламента», — сказал Спикер Законодательной палаты Олий Мажлиса Н.Исмаилов.
На заседании отмечалось, что перед Законодательной палатой Олий Мажлиса также стоят важные задачи по поддержке инициатив Президента, их эффективной реализации в установленные сроки, активного участия каждого депутата в обеспечении благополучия нашего народа и светлое будущее подрастающего поколения. Было решено создать рабочую группу из представителей фракций политических партий для разработки плана действий нижней палаты по выполнению этих задач.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: