Oilaviy o’ynaymiz: “Mazzali tort” o’yini

Oilaviy o’ynaymiz: “Mazzali tort” o’yini
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Bu o’yinni farzandlaringiz bilan birgalikda oila davrasida o’ynaysiz.

 

Bu o’yinning sharti shundaki, oilaning eng kichik a’zosi divanga yoki kengroq joyga yotadi. Qolgan oila a’zolari esa, uni atrofida o’tirgan holatda joylashishadi. Bu o’yinni quvnoq va ko’tarinki kayfiyatda bajarish shart. Jaxl, g’azab holatida boshlangan o’yin natijasiga bir narsa deyish qiyin.

 

Demak o’yinni boshladik

 

  1. Oilaning eng kichik a’zosi, yoki kichik a’zolaridan biri o’rtaga yotgan holda joylashadi;
  2. Qolgan oila a’zolari o’tirgan holda uni o’rab turishadi;
  3. Kimdir boshladik deb aytadi;
  4. Mazali tort uchun hamir qorish boshlanadi;
  5. Bolani hamma sekinlik bilan, mehr bilan hamma joyini uqalab massaj qilgan holda hamir qorishadi;
  6. Bu hamirga kerakli mahsulotlar va masalliqlar qo’shiladi;
  7. Qancha masalliq qo’shishni MAZALI TORT rolidagi ishtirokchi hal qiladi. Undan qanday bo’lishni istashini, orzu qilishini so’rang va shunga qarab unga kerakli hissiyot va sifatlarni qo’shasiz. Masalan: Endi biz bu bolaga (Ismi aytilgan holda, yoki bu Mazali tortga) ILM qo’shamiz… Hamma o’zidan ilm qo’shadi… Bo’ldimi deb so’raladi, toki o’rtadagi «Mazali tort» bo’ldi demaguncha qo’shiladi. Bo’ldi deganidan keyin, Endi biz bunga O’ziga bo’lgan ishonchni qo’shamiz… va yuqoridagi tartibda sog’liqni qo’shamiz, mehrni qo’shamiz, kuch qo’shamiz, iymon qo’shamiz, bu Mazali tortga bilim qo’shamiz, bu mazali tortga u istagan barcha narsani qo’shamiz. Har gal bir yaxshi narsa qo’shganingizda shu qo’shilgan narsani Allohdan qalban farzandingiz uchun so’rang. Qo’shish tartibi siz qo’lingiz bilan huddi qalbingizdan bir hisni olasiz va bolani tanasiga qo’lingizni tekkizgan holda joylaysiz va ozgina massaj qilasiz, huddi hamir qilgandek. Uni ora orada qitiqlash va erkalash ham tavsiya etiladi;
  8. Endi hamma mahsulot qo’shib bo’lib hamir qorilgandan keyin, uni duhovkaga solamiz. Yani uni bir kishi, ona ota yoki boshqa 2-3 kishi birgalikga quchoqlab olasiz;
  9. Undan PISHDIMI? deb so’raysiz. Bola issiqlikni mehrni his etadi. U yo’q yoki ha deydi, shu quchoqlash davomida unga chin mehr bering, borligiga shukur ayting, Eng yahshi tilaklaringizni ichingizda bildiring;
  10. U “PISHDI” deganidan so’ng, uni sekingina qo’yib yuborasiz, yoki hamma birgalikda qo’yib yuboradi.
  11. Undan so’raysiz, ILM yetarli bo’ldimi? sog’liq yetarli bo’ldimi? … va boshqalarini ham… yetarli bo’ldimi deb so’raysiz;
  12. Agar yetarli bo’ldi desa, qarsaklar bilan farzandingizni olqishlang. Yetarli emas desa, yetarli bo’lguncha takrorlang.

 

Bu o’yin odatda 20-30 daqiqa davom etishi ham mumkin.

 

Shu o’yindan keyin farzandingizni kuzating, sizni hayron qoldiradigan holatlar shu o’yindan keyin boshlanadi.

 

Bitta bola bilan bu o’yinni 2-3 kunda bir takrorlab turish tavsiya etiladi.

 

Manba: @BolajonPsixologi

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: