O‘zbekistondagi OTMlarni xalqaro reytingga kiritish uchun loyihalar ishlab chiqiladi

O‘zbekistondagi OTMlarni xalqaro reytingga kiritish uchun loyihalar ishlab chiqiladi

Oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish uchun “2+500” va “8+1 000” loyihalari ishlab chiqiladi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va tizimida oliy ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan 2021 yil 1 fevralga qadar 2030 yilgacha xalqaro reytinglarda 2 ta oliy ta’lim tashkilotini – birinchi 500 ta o‘rindagi, 8 ta oliy ta’lim tashkilotini – birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim tashkilotlar ro‘yxatiga kiritish uchun tegishlicha “2+500” va “8+1 000” loyihalarini ishlab chiqishi va taqdimot qilishi belgilanmoqda.

Bu haqida Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasini rivojlantish masalasida qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi yuzasidan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, mazkur yangilik oliy ta’lim tashkilotlarini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rnidagi oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatida munosib o‘rin egallashlarini ta’minlash maqsadida kiritilmoqda.


Будут разработаны проекты «2+500» и «8+1 000» для включения вузов в международный рейтинг.

Государственная инспекция по контролю качества образования, Министерство высшего и среднего специального образования, Министерство финансов и другие министерства и ведомства с высшими учебными заведениями в проектах системы «2+500» и «8+1000» соответственно, для включения в перечень вузов — первые 500 мест, развиваются и представляются 8 вузов — первая 1000 мест.

Об этом сообщил начальник Инспекции образования Улугбек Ташкенбаев на пресс-конференции, посвященной проекту Указа Президента Республики Узбекистан о дальнейшем совершенствовании системы образования, развитии науки.

Отмечается, что данное нововведение ставит высшие учебные заведения на первые 1000 мест в рейтинге международно-признанных организаций (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education или Academic Ranking of World Universities), чтобы обеспечить им достойное место .

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: