O‘zbekistonda Prezident granti stipendiyasi joriy etiladi

O‘zbekistonda Prezident granti stipendiyasi joriy etiladi
Telegram kanal подписаться

«Prezident granti» stipendiyasi va «Qizlar uchun maxsus stipendiya joriy etiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari kunduzgi bo‘limiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun butun o‘qish davri davomida “Prezident granti” stipendiyasini joriy etish va a’lo baholarga o‘qiyotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan qizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun oyma-oy to‘lanadigan “Qizlar uchun maxsus stipendiya” tayinlash ko‘zda tutilgan.
Prezident granti sohibi bo‘lgan birinchi kurs talabalariga o‘quv yilining 1-semestri mobaynida amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng bo‘lgan miqdorda Prezident granti stipendiyasi tayinlanishi va to‘lanishi nazarda tutilmoqda.
Bunda, kamida bitta fandan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “a’lo” baho bo‘lmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi o‘quv semestridan boshlab o‘zlashtirayotgan talabalarga belgilangan miqdorda umumiy tartibda stipendiya to‘lanadi.
Shuningdek, ta’lim muassasasidagi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab a’lo baholarga o‘qiyotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarga “Qizlar uchun maxsus stipendiya” joriy qilinmoqda. Ushbu toifadagi talaba qizlar oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan stipendiya komissiya tomonidan belgilangan mezonlarga qat’iy amal qilgan holda aniqlanadi va tegishli stipendiya bilan ta’minlanadi.
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari kunduzgi bo‘limiga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlarni Davlat test markazi tomonidan tasdiqlangan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga oliy ta’lim muassasalari kesimida taqdim etish belgilanmoqda.

Sizlarga ushbu sahifadagi eng zo'r mantiqiy savollarni ham o'qishni tavsiya qilaman: Mantiqiy savollar javoblari bilan 100 ta, DAHSHAT!
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: