O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish muammolari. Ular qanchalik jiddiy?

O‘zbekistonda chet tillarini o‘qitish muammolari. Ular qanchalik jiddiy

“Bugungi kunda ta’lim siyosati yo‘nalishlarini belgilashda qabul qilinayotgan qarorlar keng ma’noda mamlakatning ilmiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ehtiyojlariga ta’sir qilmoqda”, deydi “Daryo” kolumnisti, “Buyuk kelajak” guruhi eksperti, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov.

Dunyoning ba’zi mamlakatlarida 1990-yillardan beri joriy qilinib kelinayotgan bolalarga erta yoshda chet tilida ta’lim berish tizimi bizning mamlakatimizga ham muvofiq kelmoqda va 2017–2018-yillarida bu sohaga taalluqli ba’zi qonuniy hujjatlarni qabul qilish taklif qilindi.
Bolalikda til o‘rganish
Odatiy darajadagi rivojlanishni namoyish qiladigan har qanday bola o‘zi yashab turgan muhitda duch keladigan har qanday tillarni o‘rganishga qodir bo‘lib, unda boshqalar bilan muloqot qilish salohiyati bor. Nevrologik nuqtai nazardan bola o‘rganishi mumkin bo‘lgan tillar sonini qisqartirish suhbatimiz mavzusi emas. Aksincha, patologik nuqsoni bo‘lmagan har bir bola ikki, uch yoki undan ko‘proq tilni o‘rgana oladi. Shunday bo‘lsa-da, bolaning har bir tilni o‘zlashtirganlik darajasi (kompetensiyasi) boshqalaridan o‘sha tilni qo‘llash ehtiyoji va atrof muhitga bog‘liq holda farq qiladi. Bugungi kunda ko‘plab tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, chet tilini bolalikda o‘rgatish tegishli metodlar va yondashuvlar bilan olib borilsa, muvaffaqiyatlari natijalariga erishiladi. Biroq bunday yutuqqa faqatgina talabalarning o‘rganganlik darajasiga muvofiq bo‘lgan til o‘qitish metodlari va o‘qitish materiallarini qo‘llaganda erishsa bo‘ladi. Bunda ikki asosiy shart mavjud: talabaning chet tili muhitida muloqot qilish imkoniyati mavjudligi va o‘qitilayotgan chet tilini qo‘llash va o‘qitilayotgan tilni ma’noli kontekstlarda qo‘llab namoyish etish.
Bir haftada o‘qitiladigan darslar soni muvofiq emas
Mamlakatimizdagi bo‘lgani kabi chet tili faqat dars doirasi bilan cheklangan tizimlarda til muhitida muloqot qilish imkoniyatining vaqti va til qanchalik sur’atda o‘qitilayotgani jiddiy ahamiyatga ega. Tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish va so‘z boyligini egallash bilimlarini olish uchun va ushbu barcha ko‘nikma-malakalarni chet tilida akademik nuqtai nazardan to‘g‘ri va benuqson qo‘llay bilish uchun 5-7 yil mobaynida darslar muntazam va samarali o‘tkazilishini nazarda tutadigan o‘quv dasturi bo‘lishi lozim. Bunday nuqtai nazardan fikrlaydigan bo‘lsak, 2, 3 va 4-sinflarda bir haftada o‘tiladigan chet tillari darslari yetarli emas. Tabiiy jihatdan ham yozma, ham og‘zaki muloqot vositasi bo‘lgan til o‘qitish davomiylikni taqozo qiladi. 7-8 yoshli boshlang‘ich sinf o‘quvchisining haftasiga atigi 4-5 soat muloqot qilish imkoni bo‘lgan va o‘z atrof muhitida qo‘llashning imkoni bo‘lmagan begona til tizimini o‘zlashtira olishi mumkin emas.
Darslik kitoblari yagona bilim manbasi bo‘lmasligi lozim
Til o‘qitishda yana bir jiddiy muammo til qaysi metodlar va o‘qitish uskunalari yordamida olib borilayotgani bilan bog‘liq. Davlat maktablarining boshlang‘ich sinf darajasida qo‘llanilayotgan darslik kitoblarini tekshirib chiqqanda, mavzular orasida tarkibiy qismlar orasida aloqaning yo‘qligi va so‘z boyligining son-sanoqsizligiga qarmay so‘z boyligi birliklari orasida bog‘liqlikning yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Voqe hayotda har bir vaziyatda tilni qo‘llaganimizda og‘zimizdan chiqadigan har bir gap undan oldin aytilgan yoki undan keyin aytiladigan gap bilan semantik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Bugungi texnologiyalar shiddat bilan takomillashib borayotgan bir vaqtda darslik kitoblar tillarni o‘qitishda yagona manba bo‘lib qolmasligi kerakligiga shubha yo‘q. Mamlakatimiz bo‘ylab chet tillarni o‘qitishda o‘qituvchilarimiz 80 foiz hollarda darslik kitoblardan foydalanishlari haqida o‘ylasak, boshqa kitoblar va qo‘shimcha o‘quv materiallarni alohida e’tibor qaratilib tayyorlash lozim. Bugungi kunda biz shunday vaziyatga kelib qoldikki, boshlang‘ich maktabning 2-sinfida chet tilini o‘rganishni boshlagan 7-8 yashar bola 4-sinfning oxiriga kelib o‘zi 3 yildan beri o‘rganib kelayotgan deb hisoblanadigan tilda o‘tgan hafta yoki kecha sodir bo‘lgan ish-harakatni so‘zlab bera olmaydi. Chunki boshlang‘ich maktabda qo‘llaniladigan kitoblarning mazmuni bunga imkon yaratmaydi.
Ba’zi tillar biroz ulg‘ayganda o‘rganiladi
Chet tillarni o‘rganishning dastlabki bosqichlarida talabalarning ona tillarining xususiyatlari ta’siri kuzatilishi mumkin. “Tillararo o‘zar faoliyat” deb nomlanadigan bunday vaziyat talabaning xotirasida o‘rnashgan ona tili va u o‘rganishni boshlagan boshqa til orasida doimo o‘zaro aloqa mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, til o‘rganishda ko‘plab tilning ko‘p jihatlari sekin rivojlanadi. Tilda ba’zi xossa va jihatlar ertaroq, ba’zilari esa keyinroq o‘rganiladi. Ba’zan, tillar orasidagi farqlardan kelib chiqqanligi uchun sodda ko‘ringan ko‘p jihatlarni o‘zlashtirishga uzoq vaqt sarflanadi. Agar talabada tilning qo‘llanilishini eshitish va o‘zi qo‘llash uchun imkoniyat topa olmasa, uning til o‘rganishida ijobiy rivojlanishga erishib bo‘lmaydi va qisqa vaqt ichida allaqachon o‘rgangan narsalarini yoddan chiqarib yuboradi.
Chet tillarni o‘rganishda mo‘jiza kutmaslik kerak
Tilni o‘rganishda taqdim etiladigan har bir material ma’noli bo‘lishi va mavzular bir biri bilan bog‘langan va, zarur bo‘lsa, bola boshqa darslarda o‘rgangan boshqa narsalar bilan bog‘langan bo‘lishi lozim. Bunday holda chet tili o‘qituvchilardan berilgan sinfga dars beradigan boshqa o‘qituvchilar birga hamkorlikda ishlashlari va rejalarni birga tuzishlarini taqozo etiladi. Shuningdek, bunda har bir talabaning tajribasi va hayotini o‘rganish jarayonida nazarda tutish va unga bog‘lashni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, o‘rgatish jarayonida o‘qitishning talabalar to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnashadigan kognitiv, lingvistik va ijtimoiy rivojlanish darajalari va faoliyatlariga mos keladigan mazmun-vazifaga asoslangan modellaridan va ertaklar, qo‘shiqlardan foydalansa bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, jahonning yarmidan ko‘p aholisi kundalik hayotlarida ikki yoki undan ortiq tilda so‘zlashishini hisobga olsak, chet tilini o‘rganish bir mo‘jiza emasligiga ishonch hosil qilamiz. Buning ustiga, chet tilini talabaga faqat sanoqli odamlar erishadigan yutuqqa bo‘lgan imkoniyat sifatida emas, balki ularning zamon bilan hamnafas bo‘lib yurishi uchun o‘rgatishimiz mumkin.

Manba: Daryo.uz


«Сегодняшние решения в области образовательной политики имеют широкое влияние на научные, экономические, политические и культурные потребности страны», — считает Дарья обозреватель, эксперт группы «Великое будущее» южнокорейского округа Пусан, профессор Университета языков Азамат Акбаров.

Система обучения детей иностранным языкам в раннем возрасте, которая внедряется в некоторых странах с 1990-х годов, также соответствует нашей стране, и в 2017-2018 годах было предложено принять некоторые законодательные акты в этой сфере.
Изучение языка в детстве
Любой ребенок, демонстрирующий нормальный уровень развития, способен выучить любой язык, с которым он сталкивается в той среде, в которой он живет, и имеет потенциал для общения с другими людьми. Сокращение количества языков, которые ребенок может выучить с неврологической точки зрения, не является темой нашего разговора. Наоборот, каждый ребенок без патологического дефекта может выучить два, три и более языков. Однако уровень владения ребенком каждым языком варьируется от одного языка к другому, в зависимости от необходимости использовать этот язык и окружающей среды. Многие исследования сегодня показывают, что обучение иностранному языку в детстве может быть успешным, если оно осуществляется с помощью соответствующих методов и подходов. Однако этого можно достичь только в том случае, если методы преподавания языка и учебные материалы соответствуют уровню обучения учащихся. Для этого есть два основных условия: способность учащегося к общению в иноязычной среде и использование изучаемого иностранного языка, а также использование изучаемого языка в осмысленных контекстах.
Недостаточное количество занятий в неделю
Как и в нашей стране, в системах, где иностранный язык ограничен рамками курса, важны время и скорость изучения языка. 5-7 лет, чтобы приобрести знания по аудированию, говорению, чтению, письму и словарному запасу и применять все эти навыки на иностранном языке с академической точки зрения правильно и безукоризненно. Должна быть учебная программа, предусматривающая регулярные и эффективные занятия. С этой точки зрения недели занятий иностранным языком во 2, 3 и 4 классах недостаточно. Обучение языку, которое, естественно, является средством как письменного, так и устного общения, требует преемственности. Учащийся начальной школы 7-8 лет может быть не в состоянии освоить систему иностранного языка, которая позволяет ему общаться только 4-5 часов в неделю и не может быть использована в его собственной среде.
Учебники не должны быть единственным источником знаний
Еще одна серьезная проблема в обучении языку – это методы и оборудование, используемые для обучения языку.При изучении учебников, используемых в народных школах на начальном уровне, стало ясно, что никакой связи между компонентами между предметами и никакой связи между единицами лексики, несмотря на несметное число словарей лади. Когда мы используем язык в каждой жизненной ситуации, каждое слово, слетающее с наших уст, семантически связано с тем, что сказано до или после. В то время, когда технологии стремительно развиваются, нет сомнений в том, что учебники не должны быть единственным источником обучения языку. Если учесть, что в 80% случаев наши преподаватели используют учебники при обучении иностранным языкам по всей стране, необходимо уделить особое внимание подготовке других учебников и дополнительных учебных материалов. Сегодня мы находимся в ситуации, когда ребенок 7-8 лет, начавший учить иностранный язык во 2-м классе начальной школы, на прошлой неделе или прошлой ночью закончил 4-й класс на том языке, который он изучил. учусь 3 года.не могу сказать действие которое происходило. Потому что содержание учебников, используемых в начальной школе, этого не позволяет.
Некоторые языки изучаются в раннем возрасте
На ранних этапах изучения иностранного языка можно наблюдать влияние особенностей родного языка учащихся. Эта ситуация, называемая «межъязыковым взаимодействием», свидетельствует о том, что всегда существует связь между родным языком учащегося и другим языком, на котором он начал учиться. Кроме того, многие аспекты языкового развития замедляются в изучении языка. Некоторые особенности и аспекты языка усваиваются раньше, а некоторые позже. Иногда на освоение многих, казалось бы, простых аспектов уходит много времени из-за различий в языках. Если учащийся не имеет возможности слышать и использовать язык, он или она не сможет добиться положительного прогресса в изучении языка и вскоре забудет то, что он или она уже выучил.
Изучение иностранного языка — это не чудо
Каждый материал, представленный в языковом исследовании, должен быть осмысленным, а темы должны быть связаны друг с другом и, при необходимости, с другими вещами, которые ребенок изучил на других уроках. В этом случае учителя иностранного языка обязаны работать вместе и составлять планы вместе с другими учителями, ведущими данный класс. Это также требует, чтобы опыт и жизнь каждого учащегося учитывались и увязывались в процессе обучения. В этом контексте в учебном процессе могут использоваться содержательные модели, сказки и песни, соответствующие уровням познавательного, языкового и социального развития и деятельности, в которые непосредственно вовлечены учащиеся. Вкратце,Учитывая, что более половины населения земного шара в повседневной жизни говорит на двух и более языках, мы убеждены, что изучение иностранного языка — это не чудо. Кроме того, мы можем преподавать иностранный язык студенту не только как возможность для нескольких человек добиться успеха, но и для того, чтобы они могли идти в ногу со временем.

Источник: Daryo.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: