Oʻzbekistonda birinchi dual taʼlim tizimi tashkil etilmoqda

Oʻzbekistonda birinchi dual taʼlim tizimi tashkil etilmoqda

U mamlakatimizda birinchi boʻlib Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda “BCT Cluster” va “TST Cluster” klasterlari hamkorligida yoʻlga qoʻyilmoqda.

Ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy drayveriga aylantirish va bozor talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash shu kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi. Mamlakatimiz rahbarining taʼlim tizimini davlat-xususiy sheriklik asosida rivojlantirish gʻoyasi zamirida ana shu maqsad yotibdi.
Eʼtiborlisi, davlat-xususiy sheriklik tamoyili mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida birinchi boʻlib Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Bu borada yaqin hamkor sifatida Buxorodagi “BCT Cluster” va Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Cluster” paxta-toʻqimachilik klasterlari tanlandi. Institut va shu ikki klaster oʻrtasida “Kadrlarni maqsadli tayyorlash, oʻquv-ilmiy va marketing sohalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik” toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Shu tariqa tomonlarning davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamkorligiga mustahkam zamin yaratildi.
Kuni kecha Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, “OSIYO RAMZI” respublika dizaynerlar assotsiatsiyasi rahbari, Parij xalqaro modalar akademiyasi vitse-prezidenti Xolida Komilova rahbarligida taʼlim dargohining bir guruh vakillari “BCT Cluster”paxta-toʻqimachilik klasterining Buxoro shahridagi zamonaviy toʻqimachilik majmuasiga tashrif buyurdilar. Ular oʻzida beshta fabrikani birlashtirgan majmuadagi paxta tolasini chuqur qayta ishlash texnologiyasi bilan yaqindan tanishdilar.
— Klasterda barcha ish jarayoni zanjirli, — deydi X. Komilova. — Biz taʼlimda ham xuddi shunday tizimni yoʻlga qoʻymoqchimiz. Kadrlar tayyorlashda nafaqat institut, balki maktab – kollej – texnikum – oliy oʻquv yurti tizimi ishlashi kerak. Institutimizda klaster talabidan kelib chiqqan holda barcha boʻgʻindagi malakali mutaxassislarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish ustida ish olib borilmoqda. Aniqroq qilib aytganda, dual taʼlim tizimini joriy etish rejalashtirilgan. Bu taʼlim tizimiga Germaniyada asos solingan. Bugungi kunda u Yevropa Ittifoqi hamda boshqa bir qator davlatlarda joriy etilgan. Unga koʻra, Germaniyada uch oylik oʻqish, uch oylik ish tamoyili amal qiladi. Biz esa taʼlimni ishdan ajralmagan holda yoʻlga qoʻymoqchimiz. Bunda maxsus oʻquv-reja va dasturlar ishlab chiqilib, mobil, yana-da aniqroq aytganda, moslashuvchan taʼlim tizimi tanlanadi. Shu tamoyil asosida professor-oʻqituvchilarimiz klaster tizimidagi korxonalarda kuning birinchi yarmida stajirovka oʻtaydilar. Kunning ikkinchi yarmida esa klaster ishchilariga taʼlim beradilar.
Buning afzal jihatlari koʻp. Professor-oʻqituvchilar jarayondan muntazam xabardor boʻlishadi. Yangi texnologiya kirib kelsa, buni ular oʻz koʻzlari bilan koʻrishadi, bilishadi. Toʻqimachilik sanoatida texnologiyalar har uch yilda yangilanadi. Moda har yili oʻzgaradi. Demak, yangi mato paydo boʻlayapti. Uning strukturasi boshqa, fakturasi, rangi boshqa. Binobarin, bizning ishchi-xodimlarimiz ham shu yangilanishlarga tayyor turishlari, moslashuvchan boʻlishlari kerak. Bir soʻz bilan aytganda, hayotning oʻzi zamonaviy bilim va texnologiyalarni oʻzlashtirgan yangi avlod kadrlarini tayyorlashni taqoza etmoqda.
— Keyingi uch-toʻrt yil ichida barcha sohada inqilobiy oʻzgarishlar boʻlayapti, — dedi oʻz navbatida iqtisod fanlari doktori, professor, Nyu-York fanlar akademiyasi akademigi, “BCT Cluster” va “TCT Cluster” klasterlari rahbari, senator Murtazo Rahmatov. — Shulardan biri qishloq xoʻjaligini qamrab oladi. Men sohada klasterlarning joriy etilganini nazarda tutayapman. Bilasiz, mana ikki yildirki, biz muhtaram Prezidentimiz gʻoyalari bilan Buxoroda chigit ekishdan tortib, xom ashyoni chuqur qayta ishlashgacha boʻlgan zanjirsimon jarayonni yoʻlga qoʻydik. Yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarayapmiz. Tajriba koʻrsatayaptiki, ilm-fan va texnika yutuqlari ishlab chiqarish bilan chambarchas bogʻlanmasa muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shu boisdan ham Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti hamda boshqa bir qator oliy oʻquv yurtlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyganmiz. Tajribali professor-oʻqituvchilar, olimlarning tavsiyalari asosida ishlayapmiz. Shu oʻrinda bir muhim masala xususida toʻxtalib oʻtish lozim. Boshqa yoʻnalishlar qatorida toʻqimachilik sohasida ham malakali mutaxassislarga ehtiyoj katta. Biz hozircha xorijlik mutaxassislarni jalb etgan holda bu masalaga yechim topib turibmiz. Asosiy muammo shundaki, oʻrta boʻgʻin kadrlar tayyorlash tizimli yoʻlga qoʻyilmagan, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi uzilib qolgan. Biz davlat-xususiy sheriklik asosida, avvalo institut va klaster oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirib, nazariya hamda amaliyot uygʻunligiga erishish maqsadidamiz.
Uchrashuv yakunida taʼkidlanganidek, davlat-xususiy sheriklik asosida olib boriladigan dual taʼlim tizimi maktabdan to doktoranturagacha boʻlgan bosqichlarni toʻliq qamrab oladi. Bu esa malakali kadrlar tayyorlash, Oʻzbekiston iqtisodiyotini keskin rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirishga xizmat qiladi.


Он является первым в своем роде в стране в сотрудничестве с Ташкентским институтом текстильной и легкой промышленности и кластерами BCT Cluster и TST Cluster.

Сделать науку главным двигателем экономики и подготовить конкурентоспособные кадры, исходя из требований рынка, — одна из актуальных задач сегодняшнего дня. Эта цель лежит в основе идеи Президента о развитии системы образования на основе государственно-частного партнерства.
Примечательно, что принцип государственно-частного партнерства впервые в системе высшего образования страны внедряет Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности. Кластер BCT в Бухаре и кластер TST в Куй-Чирчикском районе были выбраны в качестве близких партнеров. Подписано соглашение между институтом и двумя кластерами о «Сотрудничестве в области целевого обучения, научных исследований и маркетинга». Таким образом, заложен прочный фундамент для сотрудничества сторон на основе государственно-частного партнерства.
Вчера посетила группа представителей Ташкентского института текстильной и легкой промышленности во главе с проректором по учебной работе, главой Республиканского объединения дизайнеров «ОСИЁ РАМЗИ», вице-президентом Парижской международной академии моды Холидой Камиловой. хлопково-текстильный кластер BCT Cluster в Бухаре. Они ознакомились с технологией глубокой переработки хлопкового волокна в комплексе, в который входят пять фабрик.
— Весь рабочий процесс в кластере закован, — говорит Х. Камилова. — Мы хотим установить аналогичную систему в образовании. В подготовке кадров должен работать не только институт, но и система школа-колледж-техническое-высшее образование. В нашем институте, исходя из требований кластера, ведется работа по подготовке квалифицированных специалистов всех уровней. Точнее, планируется ввести дуальную систему образования. Эта система образования была основана в Германии. Сегодня он введен в Европейском союзе и ряде других стран. По его словам, в Германии действует принцип три месяца учебы, три месяца работы. Мы хотим сделать образование неотделимым от работы. Будут разработаны специальные учебные планы и программы, выбрана мобильная, точнее, гибкая система образования. Исходя из этого принципа, наши профессора и преподаватели проходят стажировку в первой половине дня на предприятиях кластерной системы. Во второй половине дня работники кластера проходят обучение.
В этом есть много преимуществ. Профессора регулярно информируют о процессе. Когда появляются новые технологии, они видят это своими глазами. В текстильной промышленности технология обновляется каждые три года. Мода меняется каждый год. Это означает, что появляется новая ткань. Его структура другая, его текстура, его цвет другой.Поэтому наши сотрудники должны быть готовы к этим обновлениям и быть гибкими. Одним словом, сама жизнь требует подготовки нового поколения кадров, овладевших современными знаниями и технологиями.
«В течение следующих трех-четырех лет во всех сферах происходят революционные изменения, — сказал сенатор Муртазо Рахматов, доктор экономических наук, профессор, академик Нью-Йоркской академии наук, руководитель кластеров BCT Cluster и TCT Cluster. — Одно из них — сельское хозяйство. Я имею в виду внедрение кластеров в поле. Вы знаете, вот уже два года по идеям нашего уважаемого Президента мы наладили в Бухаре цепной процесс, от посева семян до глубокой переработки сырья. Мы производим продукцию с высокой добавленной стоимостью. Опыт показал, что успех не может быть достигнут, если научно-технический прогресс не будет тесно связан с производством. Именно поэтому у нас налажено тесное сотрудничество с Ташкентским институтом текстильной и легкой промышленности и рядом других вузов. Мы работаем на основе рекомендаций опытных профессоров и ученых. Здесь следует отметить важный момент. Среди других направлений велика потребность в квалифицированных специалистах текстильной отрасли. В настоящее время мы работаем над решением этого вопроса с привлечением зарубежных специалистов. Основная проблема заключается в том, что не систематизирована подготовка кадров среднего звена, нарушена интеграция науки и производства. Мы стремимся добиться гармонизации теории и практики через государственно-частное партнерство, в первую очередь за счет углубления интеграции между учреждением и кластером.
В завершение встречи было отмечено, что дуальная система образования, представляющая собой государственно-частное партнерство, охватывает все ступени от школы до докторантуры. Это будет способствовать подготовке квалифицированных кадров, быстрому развитию экономики Узбекистана, занятости населения, особенно молодежи и женщин, сокращению бедности.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: