O‘zbek tili dars soatlari rus tilida o‘qitiladigan maktablarda 35 foizga ortgan

O‘zbek tili dars soatlari rus tilida o‘qitiladigan maktablarda 35 foizga ortgan
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Yurtimizda o‘zbek tilida o‘qitiladigan maktab o‘quvchilari rus tilini o‘rganishida qanchalik muammo bo‘lsa, rus tilida ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun esa o‘zbek tilini o‘rganish shuncha muammo edi.

Shu sababli taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirni asosan rus tilida ta’lim beriladigan 110 maktabda va rus tilini o‘rgatishni yaxshilash bo‘yicha loyihani rasman boshlash marosimini esa Uchtepa tumanidagi 129 maktabda, ya’ni faqat o‘zbek tilida ta’lim beriladigan oddiy maktabda tashkil etdik.

Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

Maqsadimiz har bir maktab bitiruvchisi o‘zbek tilini bilib chiqishidir. Shuning uchun o‘tgan o‘quv yilidan rus tilida o‘qitiladigan maktablarda o‘zbek tilini o‘qitish soatlarini 35 foizga (haftalik 20 soatdan 27 soatga) oshirgan edik. Endigi asosiy vazifa boshqa tilda dars beriladigan maktablarda o‘zbek tilini o‘qitish metodikalarini yaxshilash hamda aynan shu yo‘nalishda o‘qituvchilarni tayyorlash hamda malakasini oshirishdan iborat.

Maktabdagi ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni darrov siyosiylashtirish shartmas. Har bir O‘zbekiston fuqarosi qaysi maktabni bitirishidan qat’iy nazar o‘zbek tilini o‘rganishiga sharoit bo‘lishi kerak. Shu bilan birga rus tili hamda ingliz yoki boshqa chet tilini o‘rganishi zarur bo‘ladi. O‘zbekistonda yashaydigan aksariyat rus va boshqa millat vakillari o‘zlari yaxshi bilmasada o‘z farzandlarini o‘zbek tilini o‘rganishini xohlaydi. Chunki ertaga u shu yurtda yashagani uchun ularga o‘zbek tili hayotida muvaffaqiyatga erishishi uchun muhimligini tushunishadi.

PS. 129 maktabga bir yil avval chet ellik mehmonlar tugul xattoki o‘zimizning mahalliy jurnalistlarni ham taklif etishga odam uyalar edi. Poytaxt bo‘lsada, chekkaroq hudud bo‘lganiga maktablarning ahvoli juda achinarli edi. Prezidentimizning Uchtepa tumaniga tashriflaridan so‘ng tumandagi maktablarning deyarli har 3 tadan 1 tasi, asosan o‘zbek tilida dars beriladigan maktablar, chiroyli ta’mirdan chiqdi. Endi ulardagi ta’lim sifatini oshirishimiz, jumladan rus va ingliz tilini o‘qitishni yaxshilashimiz zarur, – deyiladi vazir xabarida.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: