O’TIBDO’ hodimlar uchun tarifikatsiya bo’yicha qo’llanma

O’TIBDO’ hodimlar uchun tarifikatsiya bo’yicha qo'llanma
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Umumta’lim maktablarining tarifikatsiya ro’yxati va
shtat jadvallarini “O’zASBO” dasturiy majmuasiga
kiritish hamda xarajatlar smetalarini
avtomatlashtirilgan tarzda tuzish, kelishish va
tasdiqlash bo’yicha eslatma

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o’rta ta’lim
maktablarining Tarifikatsiya ro’yxati, shtatlar javdali va
ular asosida tuziladigan xarajatlar smetasini avtomat
tarzda shakllanishi bo’yicha “O’zASBO” dasturiy majmuasida
amalga oshirilgan ishlar:
1. “Titul varag’i” modulida qo’yidagi ma’lumotlar
kiritiladi:
a) maktab turi; ☑
b) maktab joylashuvi (shahar yoki qishloq, ☑);
v) sinf raqami (2A-sinf);
g) bolalar soni va shundan qizlar;
d) shundan uyda o’qiydigan bolalar soni;
e) sinf tili (o’zbek, tojik…);
j) o’qitishning necha smenada tashkil etilganligi;
z) sinf qaysi fanga ixtisoslashganligi.
(VM 173-sonli qarori asosida)
Titul varaq qabul qilish, jamlash:
“Titul varag’i” hujjatini xalq ta’limi bo’limi
tomonidan tashkilotlar kesimida shakllantirish va moliya
organiga bilan kelishish modullari to’liq ishga tushirilgan.
Titul varag’i moliya organlari bilan kelishilgandan so’ng
qayta o’zgartirish (ko’paytirish yoki kamaytirish) kiritib
bo’lmasligi bo’yicha nazorat (kontrol) o’rantilgan. Bu
orqali sinflarni sun’iy ko’paytirishga chek qo’yildi.
2. Har yili Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
tasdiqlanadigan “o’quv fanlari va haftalik soatlar” rejasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
Axboorot hisoblash markazi (IVS) tomonidan O’zASBO
dasturiy majmuasiga kiritib boriladi.
(Asos xalq ta’limi vazirligi xati)
Bunda maktablaring soatlar hajmi aynan shu hujjat
asosida shakllanadi.
Kelgusida soatlar hajmini o’qituvchilar kesimida
taqsimlash jarayonida yuzaga keladigan xatoliklar to’liq
bartaraf etishga erishiladi.
Har bir sinf kesimida soatlar setkasini O’zASBO
dasturi orqali shakllantirish:
ushbu hujjatda sinf tanlanganidan so’ng soatlar va
fanlar ro’yxati avtomat shakllanadi;
faqatgina ikkiga bo’lib o’tiladigan fanlarning soatini
qo’lda kiritish mumkin;
ikkiga bo’lib o’tiladigan fanlar qo’lda kiritiladi biroq
o’quvchi soni, maktab joylashgan hududdan kelib chiqib nazorat
(kontrol) o’rnatilgan.
sun’iy ravishda istalgan fanni ikkiga bo’lib o’tiladigan
qilib qo’yish va bo’lib o’tiladigan fanlar uchun soatni sun’iy
ko’paytirish bo’yicha ham nazorat (kontrol) mavjud.
mazkur hujjatda o’quvchisi kam bo’lgan (malo komplekt)
boshlang’ich sinflar boshqa bir sinfga qo’shib yuborilishi
imkoniyati yaratildi.(VM 140-sonli qarori asosida).
3. Har bir o’qituvchiga fanlarni biriktirish
Bu hujjatda o’qituvchining diplomi va mutaxassisligi,
qayta tayorlov diplomi, til sertifikati va ularni amal
qilish muddati, dars beradigan fani, biriktirilgan sinfi
va barcha ustama va hamda qo’shimchalar hisobga olinadi.
Ushbu moduldagi asosiy cheklovlar quydagilar:
a) diplomi bo’yicha mutaxassisligi fanga to’g’ri
kelmasa o’qituvchiga tanlagan fanni biriktirib bo’lmaydi;b) tegishli fan bo’yicha pedagogik ma’lumotga ega
bo’lmagan (nomutaxassis) o’qituvchiga qayta tayyorlov kursida
o’qiganligi to’g’risidagi hujjatni kiritish majburiy etib
belgilangan;
v) o’qituvchining malaka toifasini tasdiqlovchi hujjat
muddati o’tgan bo’lsa, dasturda tegishli ogohlantirish chiqadi;
g) xorijiy til uchun beriladigan ustamalar faqatgina
til sertifikati mavjud bo’lsagina berilishi mumkin; (PQ 1875-sonli qarori asosida)
d) o’qituvchining til sertifikati muddati o’tib ketgan
bo’lsa, dasturda tegishli ogohlantirish chiqadigan qilindi;
e) barcha ustamalar faqatgina amaldagi qonunchilikda
belgilangan foiz miqdorlari doirasida ko’rsatilishi lozim.
4. Tarifikatsiya moduli
Barcha hujjatlar to’ldirib va tasdiqlanganidan so’ng
Tarifikatsiya moduli shakllantiriladi.
Tarifikatsiya faqatgina to’ldirish (заполнить) tugmasi
orqali amalga oshirilgan ishning hosilasi bo’lib ko’rinadi.
Bu hujjatni qo’lda to’ldirish yoki to’g’rilash imkoniyati
mavjud emas.
Tarifikatsiya shaklantirilgandan so’ng biror bir
o’qituvchining oylik maoshida xatolik aniqlanganda,
avvalgi qilingan barcha hujjatlarni qaytadan amalga
oshirish lozim bo’ladi.
Amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar:
1. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limlari
markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati iqtisodchilari
tomonidan tashkilotlar kesimida Titul varaqlarda
ma’lumotlarni O’zASBO dasturiga kiritish ishlarini 25
dekabrda yakunlash.2. Maktab direktori o’rinbosari va moliya buxgalteriya xizmati iqtisodchilari tomonidan har bir
sinf kesimida soatlar setkasini qaytadan
shakllanitirilib, o’qituvchiga fanlar kesmida soatlarni
biriktirish va tarifikatsiya jadvallarini 28 dekabrga
qadar shakllantirish, tasdiqlash va tuman (shahar) moliya
bo’limlari bilan kelishishni ta’minlash.
Bunda, 1 sinflarda yo’l xarakati fanini
kiritilganligiga boshqa sinflarda ona tili va adabiyot
fanlarini alohida kiritilganligiga alohida e’tibor
qaratish
3. Tuman (shahar) moliya bo’limlari tomonidan
tarifikatsiya ro’yxati va shtatlar jadvallarini 28 dekabrga
qadar tanlov asosida ko’rib chiqish va kelishishni ta’minlash.
4. Xalq ta’limi bo’limi iqtisodchilari tomonidan
moliya organlari bilan kelishilgan Tarifikatsiya ro’yxati va
shtatlar jadvallari shakllantirilib 28 dekabrda yuqori
turuvchi Xalq ta’limi boshqarmalariga yuborishni
ta’minlash.
5. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmalari, 29 dekabrga
qadar umumlashtirilgan Tarifikatsiya ro’yxati va shtatlar
jadvallarini tanlov asosida ko’rib chiqib kelish va yuqori
turuvchi Xalq ta’limi vazirligiga elektron yuborishni
ta’minlash.
6. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 29 dekabrga
qadar umumlashtirilgan tarifikatsiya ro’yxati va shtatlar
jadvallarini ko’rib chiqish va budjetning chegaraviy
miqdorlaridan kelib chiqib belgilanadigan “nazorat foiz”ni
belgilash uchun Moliya vazirligiga yuborish.
7. Axborot hisoblash markazi 29 dekabrga qadar
bazaviy smetani ijroga berish va unda “nazorat foiz”ni
“O’zASBO”dasturi orqali amalga oshirish imkoniyatini
yaratish.8. Xalq ta’limi va Moliya vazirliklari birgalikda
30 dekabrga qadar umumlashtirilgan smetalarni tasdiqlash
va DMBAT dasturiga ijro berishni ta’minlash.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari shtatjadvallari hamda
xarajatlar smetalarini avtomatlashtirilgan tarzda
tuzish, kelishish va tasdiqlash bo’yicha
ESLATMA
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari shtatlar jadvali va
xarajatlar smetasini shakllantarish jarayonini
avtomatlashtirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mavjud
lavozimlar ro’yxati O’zASBO dasturiga kiritilgan.
Maktabgacha ta’lim muassasalari lavozimlar
ro’yxatida bo’lmagan lavozimlarni kiritishning oldi
olingan.
2. SHtatlar jadvallariga tegishli barcha ma’lumotlar
avtomat tarzda shakllantiriladi (lavozim kodi, lavozim
klassifikatori, tanlangan razrdyaga muvofiq ravishda
lavozim summasi)
3. Dasturga kiritilgan shtatlar jadvalida shakllangan
so’mma jami xarajatlar smetasiga avtomatlashtirilgan
tarzda o’tishi ta’minlangan.
4. Har bir bog’cha kesimida kiritlgan shtatlar jadvalini
Maktabgacha ta’lim bo’limida jamlash va ko’rish imkoniyati
yaratildi.
Qilinishi lozim bo’lgan ishlar:
1. Maktabgacha ta’lim bo’limlari moliya-buxgalteriya
xizmati iqtisodchilari tomonidan O’zASBO dasturiga har
bir tashkilot kesimida shtatlar jadvali lavozimlarini
kiritishni 26 dekabrda yakunlash
2. Maktabgacha ta’lim bo’limlari moliya-buxgalteriya
xizmati iqtisodchilari kiritilgan shtatlar jadvalini
tasdiqlash uchun jo’natib, moliya organlari bilan kelishishni
27 dekabrda yakunlash3. Viloyat Maktabgacha ta’limi va moliya bosh
boshqarmalari, 28 dekabrda umumlashtirilgan shtatlar
jadvallarini ko’rib chiqib kelishni ta’minlash.
4. Maktabgacha ta’lim vazirligi 28 dekabrga qadar
umumlashtirilgan shtatlar jadvallarini ko’rib chiqishlari
lozim.
5. Moliya vazirligi 29 dekabrda umumlashtirilgan
shtatlar jadvallarini ma’lumotidan kelib chiqib,
smetalarga kiritiladigan foizni belgilash.
6. Axborot hisoblash markazi 29 dekabrda smetalarga
kiritiladigan foizni dasturiy ta’minotga kiritish.
7. Maktabgacha ta’limi va Moliya vazirliklari
tomonidan 29 dekabrda umumlashtirilgan smetalarni
tasdiqlash va DMBAT dasturiga ijro uchun kiritilishini
ta’minlash.
Mazkur hujjatni PDF shaklida – yuklab olish.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: