O’ta shirin alam…

O'ta shirin alam
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

So’nggi bor qachon bekatda turib avtobus kutdingiz?

Ko’rinishidan oddiy bo’lsa ham juda ajoyib-a? Go’yo avtobuslar kelib o’zi uchun ma’qul bo’lganlarni yamlamay yutib ketayotgandek. Yoki aksincha, odamlar tanlab-tanlab o’zlariga eng yoqqanini xarid qilganlaridek, saralangan avtobuslarga chiqishayotdek…
Sadoqat – juda buyuk tuyg’u! U hamma joyda bo’lishi mumkin. Uning avtobuslarga ham aloqasi bor desam, ishonasizmi? Yo’lovchilar 2 xil bo’lishi mumkin: sadoqatli va bevafo.
Sadoqatlilari qancha bo’lmasin o’z avtobusini kutadi, bevafolari esa duch kelganida ketaveradi… Men birinchi toifa vakilasiman.
Hech bekatdaligingizda, qator avtobuslar orasida siznikiga o’xshagani ko’rinsa, yugurib borib, boshqa raqamni ko’rganingizda chuv tushganingizni anglab, hafsalangiz pir bo’lib ortingizga qaytganmisiz? Alamli-ya ? Yoki narigi betdan o’tayotganingizda avtobusingiz ko’z oldingizdan o’tib ketsa, ulgurolmay qolsangiz… Alamli -ya? Siz kutayotgan emas , boshqa raqamli avtobus har 5 daqiqada qayta-qayta kelaverganidagi qilgan alam-chi, sizda bo’lganmi?
Hech bekatda o’tirib yoqimli musiqa ostida odamlar harakatini kuzatganmisiz? Go’yo musiqaga mos harakatlanishadi. Ajoyib!
Xo’sh, sizda ham shu kabilar bo’lganmi? Menimcha bo’lgan! Sababi, siz ham talaba bo’lgansiz, talabasiz, yoki talaba bo’lmoqchisiz! Agar sizda shularning hech biri bo’lmagan bo’lsa, maslahatim , talaba bo’ling, yoki atrofga talabalardek nigoh tashlab ko’ring! Sababi bularning barchasi talabalar hayotidagi o’ta shirin bo’lgan alamli damlar edi…

Dilafruz To’lqinova , O’zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti 111-guruh talabasi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: