O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklif qilindi

O‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklif qilindi
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini 7-sinfdan boshlab kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish, ularning dastlabki kasbiy tayyorgarligini tashkil etish, yuqori sinflarda zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda ularning har tomonlama yetuk malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlarini ta’minlash, shuningdek yoshlar orasida o‘zini-o‘zi band qilish kabi mehnat shakllarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tayyorlandi va muhokama uchun e’lon qilindi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qaror loyihasi bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimini joriy etish taklifi berilmoqda.
Unga ko‘ra yangi tizimni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari mutaxassislari tomonidan o‘quvchilarni 7-sinfdan boshlab kasb-hunar egallash va o‘zini o‘zi band qilish orqali xizmatlar ko‘rsatish (frilansing) yo‘nalishlariga qiziqishlarini aniqlash va bunday o‘quvchilarning ma’lumotlari bazasini yaratish;
8-9-sinf o‘quvchilariga dasturchi, dizayner, tarjimon kabi istiqbolli kasblar uchun poydevor bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar berish;
o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar asosida 9-sinfdan so‘ng kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10–11-sinf o‘quvchilarini tanlov fanlari yo‘nalishidagi (variativ) o‘quv reja asosida kasb-hunarga yo‘naltirish shuningdek, kasb-hunar o‘rgatuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarda vaucher tizimi asosida yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga o‘rgatish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, kasb-hunarga o‘rgatish kurslarini tamomlagan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining kasb-hunar ko‘nikmalarini amaldagi kvalifikatsiya ramkalari asosida baholash, tegishli (xalqaro) sertifikat va rezidentlik maqomini berish bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi sertifikatsiyalash markazini tashkil etish taklifi ham berilmoqda.
Markazning asosiy vazifalaridan biri bitiruvchilarning malaka va ko‘nikmalarni baholash hamda sertifikatlash maqsadida rivojlangan mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xalqaro va xorijiy sertifikatlash tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Yuqorida qayd etilganidek, O‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga tayyorlashning yangi tizimini joriy etish orqali o‘quvchi yoshlarni maktab davridan kasb-hunar egallashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, hech bo‘lmaganda bitta kasb egallab chiqishlari uchun zamin yaratadi. Bu esa o‘z navbatida oliy ta’lim muassasasiga kira olmagan bitiruvchilar bandligini ta’minlash uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: