Qiziqarli va mantiqiy savollar, matematik masalalar izlayapsizmi? Fikrlashga chorlovchi, aqlni chalg’ituvchi, yechimi esa oddiy jumboqlar kerakmi? Unday bo’lsa ushbu maqolani kuzating va o’zingizni ham sinab ko’ring.
O’quvchilar va bolalar, ba’zan kattalar ham jumboqli savollarga o’ch bo’lishadi. Mantiqiy savollar kishini noodatiy fikrlashga, aqlini charxlashga, tafakkurini o’stirishga olib keladi. Ushbu savollardan dars yakunida foydalansangiz maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchilar mantiqiy savolning javobini topa olmasalar javobni kelasi darsga qoldirsangiz, o’shakun kelguncha qiziqish bilan kutishadi. Javobni birinchi bo’lib topgan o’quvchini esa rag’batlantirishni unutmang. Maqolada mantiqiy savollar, qiziqarli savollar, jumboqli savollar, matematik masalalar, javobi kulgili ammo mantiqiy jihatdan tabiiy savollar, javobi kishini o’yga toldiruvchi, izlashga majbur qiluvchi 100 ta savollar javobi bilan o’rin olgan. Javobini bilish uchun “Javobini ko’rish / Yashirish” lingini bosish lozim. Javobini tezda qaramasdan o’zingizni ham sinab ko’rib keyin natijani kuzatsangiz yaxshi bo’ladi. Savollar bachkanalikdan yiroq, katta yoshdagi insonlarga ham to’g’ri keladi. Ota-onalar ham farzandlariga savollarni o’qib berishlari mumkin. Tayyor bo’lsangiz, boshladik!
1. Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?
Shaxmatchilar
2. Bir kuni shofyor o’z mashinasining g’ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko’rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?
Dami chiqqan g’ildirak zahiradagisi edi.
3. Bu shaxmat donasi sabab o’rta asrlarda arab shohlari bu o’yinni o’ynashni istashmagan.
Ot, sababi islom dinida hayvon tasviri mumkin emas.
4. Mashhur sehrgar xonaning o’rtasiga qo’l zo’rg’a sig’adigan shisha qo’yib uning ichiga kira olishini aytdi. U buni qanday uddalashi mumkin?
Shisha qo’yilsa ham, qo’yilmasa ham xonaga istalgan kishi kira oladi
5. 4 ta 2 dan har xil matematik amallardan 9 chiqarib bering.
22:2-2
6. Ot o’z bo’yniga bog’langan qo’ng’iroqning ovozini eshitmaslik uchun necha km/soat tezlikda chopishi kerak?
0 km/soat tezlikda
7. Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.
Tish
8. Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi:
– Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi.
Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: “Azizam, senga nima bo’ldi, nega?”, – deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: “Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili”, – deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?
Sherlok Xolms erkakka qotillik sodir bo’lgan manzilni aytmagan edi.
9. Daraxtning shoxida qarg’a bor. Qarg’ani cho’chitmasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?
Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish kerak.
10. Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 8:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?
9:30 da to’liq olib bo’ladi. 1- 8:30, 2- 9:00, 3- 9:30
11. Itning bo’yniga 3 metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi?
Arqonning ikkinchi uchi hech qayerga bog’lanmagan edi
11. Qaysi holatda 2 ga qarab, 10 deymiz?
Soat strelkasi 2 da turganda
12. Shifoxonadan to’rt muchchasi sog’ bo’lgan odamni qo’lda ko’tarib olib chiqishdi. U mutlaqo sog’lom bo’lsa, nega ko’tarib olib chiqishmoqda?
Bu odam yangi tug’ilgan chaqaloq edi.
13. Qaysi yegulikni pishirish vaqtida qancha tuz solsangiz ham sho’r bo’lib ketmaydi?
Qaynatilgan tuxum
14. Bir shifoxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshladi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?
Chunki xavfsizlik kamari taqilganda YTH’da vafot etadiganlar soni kamaydi, ular jarohat tufayli kasalxonaga tusha boshladi. Oldin esa vafot etishi sababli kasalxonaga tushmasdilar.
15. Bir inson samolyotdan parashyutsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Buni qanday izohlash mumkin?
U sakragan samolyot hali havoga ko’tarilmagan edi.
16. Choyga shaker solib qaysi qo’l bilan aralashtirgan ma’qul?
Qo’l bilan emas, choyqoshiq bilan aralashtirgan ma’qul.
17. Nima oq bo’lganda toza xisoblanadi, yashil bo’lganda tozalash kerak?
Maktab doskasi
18. Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin – ushbu ro’yxatda kim “ortiqcha”?
Sherlok Xolms. Chunki, qolganlaridan farqli ravishda u to’qima shaxsdir.
19. Oqila qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan “ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi” deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
Qog’ozni teskari qilish orqali, bunda 86 -> 98 ga aylanadi
20. Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?
Shu holda qo’shinlari o’z qurol-aslahalarini osonlikcha tashlab qochishmagan.
21. Saudiya Arabistoni mamlakatida nechta daryo o’rin olgan?
Ushbu mamlakatda 1 ta ham daryo mavjud emas.
22. Balandligi 10 metr keladigan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?
Narvonning eng quyi pog’onasidan sakrash kerak.
23. Shoh vaziriga menga nok olma anor keltir – deb buyurdi. Zukko vazir bitta meva keltirdi. Bu qaysi meva edi?
Anor. Chunki shoh nokni olma, anor keltir degan edi.
24. Xonaning qaysi joyiga qalam qo’yilsa, uning ustidan sakrab o’tib bo’lmaydi?
Burchakka
25. Qaysi oyda 28 kun bor?
Barcha 12 oyda 28 kun bor.
26. U sizniki, lekin undan sizdan ko’ra boshqalar ko’proq foydalanishadi.
Bu o’z ismingiz
27. Xomligida iste’mol qilinmaydi, qaynatilganda tashlab yuboriladi.
Lavr yaprog’i (лавровый лист).
28. Kim o’tirgan holda yuradi?
Shaxmatchi
29. Ko’p qavatli kiyim kiygan, usti yashil ichi sariq, bolalari qator-qator, pishganda mazali.
Makkajo’xori
30. Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?
Ular aslida uch kishi: bola, ota va bobo edi.
31. Bir oilada 5 qiz bor ekan. 1- kitob o’qiyapti, 2- shaxmat o’ynayapti, 3- ovqat yeyapti, 4- yig’ishtiryapti, 5- nima qilyapti?
Shaxmat o’ynayapti.
32. Shimoldan janubga qarab elektropoyezd ketmoqda, shamol janubdan shimolga qarab esmoqda. Savol tutun qaysi tarafga qarab ketadi?
Elektropoyezdda tutun bo’lmaydi.
33. Qanday idishda ovqat yeb bo’lmaydi?
Bo’sh idishda.
34. Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
Yo’lovchi o’rindig’idan haydovchi o’rindig’iga o’tish kerak.
35. Futbolda “Quruq barg” degan termin bor, qaysi holda ishlatiladi?
Hech kimga tekkizmay gol urilsa
36. U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va oz konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.
Tulki va bo’g’irsoq
37. U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
Qo’ng’iroq yoki eshik jiringlashi
38. Bir kunda bitta tug’ruqxonada ikki o’g’il farzand dunyoga keldi. Ularning ota-onalari bitta ko’p qavatli uyda yashashardi. Ikkita bola bitta bog’chaga, bitta maktabga borishdi, bir sinfda o’qishdi. Lekin hech qachon bir-birini ko’rmadi. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?
Bolalarning ko’zi ojiz edi.
39. Stolning 4 ta burchagi bor. Uning bir burchagini kesib yuborsak nechta burchak qoladi?
5 ta
40. Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ushbu soha vakillari chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko’p shikoyat qilishadi. Ushbu soha vakillarini toping.
Skripkachilar
41. Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar?
Futbol hakamlari
42. Undan qancha olsangiz, shuncha kattalashib boraveradi. U nima?
Chuqur
43. Tuyaqush o’zini qush deb atay oladimi?
Yo’q, chunki u gapira olmaydi.
44. Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish oson bo’ladi?
Eshik ochiq bo’lsa
45. It, jirafa, tuya. Bularning qanday umumiy xususiyatlari bor?
Ular qadam olishni chap oyoqdan boshlaydi.
46. Qanday holda 12 sonini teng ikkiga bo’lsak, 7 chiqadi?
12 soni rim raqamida XII bo’lganda yarmi VII bo’ladi.
47. Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?
Traktorchi Farhodning singlisi edi.
48. Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?
Qizchalarning biriga quyon qafasi bilan birga berilgan.
49. Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. bu qaysi xarf?
O harfi
50. Bir kuni chol ikki nabirasi bilan yo’lga chiqibdi. Ular yo’lda ketayotib katta daryoga duch kelibdi. Daryoda qayiq bor ekan. Qayiq esa faqatgina 100 kilogram yukni ko’tara olarkan. Chol o’zi 100 kilo ekan. Nabiralar esa 50 kilodan ekan. Ular daryoni u betiga o’tishlari shart. Qanday qilib o’tib olish mumkin?
Dastlab nabiralar o’tadi, ulardan biri tushib qolib biri qaytadi. Bu safar bobo narigi betga o’tadi va u yerdagi nabira qayiqqa o’tirib bu tarafda qolgan nabira bilan birgao’tadi.
51. Bir kishi sochini oldirib bo’lib qancha bo’ladi dedi. Usta esa g’aladanda necha so’m bo’lsa shuncha tashlab 2000 so’m oling dedi .Keyingi odamga ham shu qaytarildi va 3- odam ham g’aladanda qancha bo’lsa shuncha pul tashlab 2000 so’m olib chiqib ketdi va galadanda pul tugadi. Dastlab g’aladonda necha so’m bor bo’lgan?
1750 bor bo’lgan. 1- kishi shuncha tashlasa 3500 bo’ladi, 2000 qaytarib olsa 1500 qoladi. 2- kishi 1500 tashlasa 3000 bo’ladi 2000 qaytarib olsa 1000 qoladi. 3- kishi 1000 tashasa 2000 bo’ladi, 2000 qaytarib olsa pul qolmaydi.
52. Professor kech soat sakkizda budelnikni 9 ga qo’yib uyquga yotdi. U necha soat uxlaydi?
1 soat
53. Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.
Filning bolasi
54. Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi.
Tamaki
55. Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?
Meri
56. 3 ta archa o’sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi?
Archada olma nima qilsin
57. Erkak kishi o’zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi?
Yo’q, o’zi vafot etgan kishi hech kimga uylana olmaydi.
58. Mahmudning 10 ta qo’yi bor edi. 9 tadan boshqa hamma qo’ylari o’lib qoldi. Mahmudning nechta qo’yi qoldi?
9 ta
59. Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.
Begonaning noki
60. Bir vaqtlar Nissa shahrida eng chidamli chekuvchi bo’yicha konkurs o’tkazilgandi. Ishtirokchilardan biri ketma-ket 60 dona sigareta chekib, rekord o’rnatdi, lekin sovrin olmadi. Nega?
U sigaretadan zaxarlanish tufayli vafot etgandi.
61. O’rdaklar qator bo’lib suv ichgani ketishayotgan edi. Ulardan biri oldinga qarab 7 ta boshni ortiga qarab 12 ta panjani ko’rdi. O’rdaklar nechta?
14 ta. 7 bosh 7 o’rdak, 12 panja 6 o’rdak, qaragan o’rdak bilan xisoblanganda shuncha chiqadi.
62. Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?
1 ta, keyingilari to’q qoringa yeyiladi.
63. Sen notanish xonaga kirib qolding. U erda benzin va gaz bilan yonadigan chiroqlar bor ekan. Sen birinchi bo’lib nimani yoqishing kerak?
Gugurt yoki yondirgichni
64. Ota va o’g’il avto halokatga uchrashdi. Otasi shu joyning o’zidayoq halok bo’ldi, o’g’lini esa kasalxonaga yuborishdi. Operasiya vaqtida xirurg bolani
ko’rib: «Voy xudoyim-ey, bu mening o’g’lim-ku-deb baqirib yubordi. Shunday ham bo’lishi mumkinmi?
Ha, bu uning onasi
65. “To’yingda elak bilan suv tashiy” degan ibora mavjud. Bu mumkinmi?
Mumkin, agar suv muzlatilgan bo’lsa
66. Yog’ochni 12 bo’lakka bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?
11 marta
67. 1 kg tosh og’irmi, 1 kg paxta?
Teng
68. 4 ta 4 sonidan turli matematik (qo’shish, ayirish, ko’paytirish, bo’lish) amallarini bajarib 20 sonini chiqaring.
((4:4)+4)*4
69. Rimliklar sanchqi (vilka) konstruktsiyasiga revolyutsion yangilik kiritishdi. Sanchqilarning barcha keyingi modellari ularning kashfiyoti varianti qilib yasala boshlandi. Bu kashfiyotdan oldin sanchqi qanaqa edi?
Bir tishli edi.
70. Qo’llarda 10 ta barmoq bor. 10 ta qo’lda nechta barmoq bor?
50 ta
71. Kun vat un nima bilan tugaydi?
N harfi bilan
72. Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, o’ng qo’l bilan umuman ushlab bo’lmaydi.
O’ng qo’lning tirsagi
73. Avtobusda 15 yo’lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda 3 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 2 yo’lovchi tushib qolib, 4 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 4 yo’lovchi tushib 7 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda esa 1 yo’lovchi tushib 6 yo’lovchi chiqdi. Avtobus necha bekat yurdi?
4 bekat.
74. Yomg’irda quyon qanday daraxt tagida turishi mumkin?
Ho’l daraxt
75. 5 ta yigit 1 ta etikda qolishi uchun nima qilish kerak?
Ularning bittadan etigini yechib olish kerak.
76. Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
U kishi avval milliarder edi.
77. 1 dan 100 gacha sonlar orasida nechta 9 bor?
20 ta
78. Ikki kishi daryo sohiliga keldilar. Ularning har ikkisi ham daryoning narigi tarafiga o’tishi kerak edi. Sohilda bitta qayiq bo’lib u faqat bir kishini ko’tara olardi. Shunga qaramay ular maqsadlariga yetdilar. Ular buni qanday uddalashdi?
Ular daryoning turli sohillarida edilar.
79. 7 ta sham yonib turgan edi. Ulardan 3 tasini o’chirib qo’yishdi. Nechta sham qoldi?
3 ta. Chunki, qolganlari yonib tugaydi.
80. Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?
Yomg’ir yog’mayotgan bo’lsa
81. 2+2*2 ning javobi necha bo’ladi?
6. Matematika qoidalariga ko’ra avval ko’paytirish amali bajariladi.
82. Hamma narsani ko’rayotganingizda uni ko’ra olmaysiz, hech narsani ko’rmaganingizda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Qorong’ulik
83. Qaysi oddiy odam oldida podshohlar ham boshlarini egishgan?
Sartaroshlar oldida.
84. 16 qavatli uyda bir liliput (pakana) odam yashaydi. U har kuni ertalab ishga ketayotib liftda pastga tushib, so’ng ishga ketadi, ishdan qaytayotganda esa 10- qavatgacha liftda ko’tarilib, u yog’iga piyoda ketadi. U nimaga shunday qiladi?
Chunki uning bo’yi 10- qavat tugmasigacha yetadi xolos.
85. Qaysi oyda odamlar kam gapiradilar?
Fevral oyida. Negaki bu oyda kunlar kam.
86. Ular qanchalik ko’payib ketsa, vazni shunchalik kamayib boraveradi.
G’ovak.
87. 100 so’m pulingiz bor. 100 ta hayvon olishingiz kerak. Mol – 10 so’m, qo’y – 3 so’m, xo’roz – 50 tiyin. Qaysi hayvonlardan nechtadan olasiz?
Mol 5 ta, qo’y bitta, xo’roz 94 ta.
88. Qaysi so’z har doim xato bo’lib eshitiladi?
Xato so’zi
89. Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi?
9 ta
90. Bola choynak va uning qopqog’i uchun 11 so’m pul to’ladi. Choynakning narxi qopqog’iga qaraganda 10 so’m qimmat. Qopqoqning narxi necha pul?
50 tiyin. (50 tiyin + 10 so’m = choynakning narxi)
91. Men suvman va suv yuzida suzib yuribman. Men kimman?
Muz
92. Dengiz tubida qanday tosh bo’lmaydi?
Quruq tosh
93. Garchi u yengil bo’lsa ham nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turib bo’lmaydi?
Nafasni
94. Uning balandligi ham, eni va bo’yi ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?
Harorat, vaqt.
95. Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz.
Quyosh
96. Cho’pon karam, qo’y va bo’rini olib ketayotgan edi. Oldidan daryo chiqib qoldi. Qarasa sohilda qayiq turibdi, faqat unga cho’pon o’zi bilan birga uchta narsadan birini olib o’tirishi mumkin edi. Cho’pon qo’y, karam va bo’rini sohilni narigi betiga olib o’tish uchun nima qilishi kerak? (Cho’pon qarovisiz qolganda bo’ri qo’yni, qo’y esa karamni yeb qo’yishi mumkin)
Avval cho’pon o’zi bilan qo’yni olib o’tadi, uni tashlab, qaytib keladi va bo’rini olib o’tadi. Bo’rini qoldirib, qo’yni yana oldingi sohilga qaytib olib keladi. Endi qo’yni qoldirib, karamni olib o’tadi va sohilning narigi betiga (bo’ri turgan tomonga) qoldirib keladi. Oxirgi o’rinda qaytib kelib, nihoyat qo’yni olib o’tadi.
97. Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?
Xarita
98. Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?
Tuxum 10 metr balandlikdan tashlangandi. 3 metr o’tgach, sinishi uchun yana 7 metr masofa qolgandi.
99. Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?
Chunki o’sha vaqt kunduzi edi.
100. Yerdan osonlikcha ko’tarish mumkin,lekin uni uzoqqa otib bo’lmaydi. Bu nima?
Qush pati
Menda hozircha shular. Agar sizda ham ajoyib mantiqiy savollar, qiziqarli jumboqlar, aqlni charxlovchi boshqotirmalar, matematik masalalar bo’lsa fikr bildirish formasi orqali qoldiring. Javobini birgalikda topamiz.
Aytishlaricha, amerikalik biznesmenlar oz muvaffaqqiyatlarini asoslash uchun quyidagi shiorni kop takrorlashar ekan: (Uchta soz qoldirilgan), boshqalar esa pul to’lab turishadi.
Diqqat savol: Qoldirilgan uchta sozni topin
reklama, vaqt, pul
Biz uylab topamiz
TAPO OLMADIM
TOPGANLAR BORMI 
Hozircha javobini topolmadim, javobini bilganlardan kutib qolamiz.
bittasvolingla hato 1dan 100gacha sonlar orsida 10ta 9bor sizlar javobda 20ta deb qo’yipsiz.kanalga gap yo’q
9, 19, 29, 39, 49, 59, 69, 79, 89,90, 91, 92, 93, 94, 95, 96, 97, 98, 99 – hammasi bo’lib 20 ta
19 TA 9 KU
99 ham borku
Keldim Ko’rdim Oldim
Bu topishmoq bo’lsa kerak, sal yaqinlashtirsangiz topib olamiz
Salom. Men bir topishmoq eshitib qoldim. Shuni javobi kerak. Agar bilsangiz yordam berib yuborsangiz.
Bir odam birovdan 1000 so’m qarz oladi. Uni yo’qotib qo’yadi. Keyin boshqa odamidan 500 so’m qarz oladi. 500 so’mdan 200 so’miga suv ichadi. Qolgan 300 so’mni birinchi olgan odamga beradi. Undan 700 so’m qarzi qoladi. Hamma qarz hisoblansa 1200 qoladi. Jami 1500 qarz edi. Ketgan xarajatlarni hisoblasak 100 so’m kam chiqyabdi. 100 so’m qayga ketyabdi?
Bu shunchaki chalg’ituvchi savol. Shunga o’xshash matematikaga oid savollar ushbu sahifada ko’plab topiladi. Agar u odam 300 so’m harajat qildi deb hisoblaganimizda nima bo’lardi, unda 100 so’m ortib qolayotganga o’xshardi. Ya’ni 1000 so’m qarz + 500 so’m qarz = 1500 so’m. 300 Harajat qildi, qolgan 200 so’mini 1000 qarz olgan kishiga bersa undan qarzi 800 qolgan bo’lardi. 800 qarz + 500 qarz + 300 harajaaat = 1600. Bu misol shunchaki solishtirish uchun edi. Savolingizga kelsak, yo’qotilgan 1000 so’mni topib birinchi kishiga bersangiz, qo’lingizdagi 300 so’mni ikkinchi kishiga bersangiz yana 200 so’m qarzingiz qolgan bo’ladi. qilingan harajat bilan qarz aralashtirilsa chalg’ish yuzaga keladi.
salom
qaysi maktabda o’qiysiz?
Asslomu aleykum menda mantiqiy topishmoq bor edi shunga yordam berolaszmi
men ham bilmadim.
Xom yemaydi, pishsa tashlaydi. Bu nima
Tekshirib ko’ring, 27- savol bilan savolingiz bir xil emasmi? Agar shunday bo’lsa savolingiz javobi: Lavr yaprog’i (лавровый лист).
Bu lavroviy list
Juda qiziqarli savollar ekan menga juda ham yoqdi busavollarni dôstlarimga ham kõrsataman
Sizga ham rahmat
Senda bor menda yuq singlimda bor qushnida yuq iltimos shuni javobini yozib qoldiringla bilaykon bulsa iltimos
S harfi deb o’yladim
tabiyatta yashil bazorda qora uyda sariq uw nima??
Choy
Rasvo savollar hammasi axmoqona
Assalomu alaykum 31-savolni o’qiyotganimda qiziq bir savol tug’ildi?https://baxtiyor.uz/wp-content/themes/root/images/smilies/surprised.png
5-qiz shaxmat o’ynayotganini qayerdan bildik?! Balki 2-qiz kompyuterda yoki onlayn o’ynayotgandir shaxmatni?!https://baxtiyor.uz/wp-content/themes/root/images/smilies/wink.png https://baxtiyor.uz/wp-content/themes/root/images/smilies/lol.png
Ancha zukko o’quvchi ekansiz
Mantiqiy savollarga judayam qiziqaman. Saytizi anchadan buyon kuzataman. Yana yangi savollar bersez biz dars jarayonida foydalanardik
E’tiboringiz uchun sizga ham rahmat. Tez orada yangi mantiqiy savollar e’lon qilamiz.
Bunday kishilardan yaxshi razvedkachilar chiqar ekan. Ularda yon atrofga moslashish kuchli, uzoq vaqt gaplashmasdan tura oladilar. Savol: qanday kishilar?
Javobini topa olmadm
Hozirgina javobini topdim, bu baliqchilar ekan.
ko’chirilgan
Akalar va opalar sizlarga bir savol shuni javobini bilsangiz javobini yozing.Savol:10yil buzulmay turadigan taom.
10 YIL BUZULMAY TURDIGAN TAOM YO’Q TAOM BUZILMAY TURADI
Yaxshi savollarga gap yuq eliktron kitob shaklda bulsa xam zur buladi
O’zbek san’atkorlariga e’tibor qaratsak ular 4 turga bo’linar ekan:
1.She’ralistlar 2.Yulduzistlar 3. Ummonistlar . To’rtinchi yo’nalish qaysi?
Nimasiz hechnima bo’lmaydi? shuni javobini bilsela aytila.
hayotsiz
Nomsiz
Mexrsiz hechnima bolmaydi
Ota bola yolga chiqishibdi. Ular yo’lga chiqishdan oldin nima topsalar bo’lishishga va’da berishibdi. Non topishipti ota og’liga ko’prog’ini beripti. Keyin tilla topishipti ota og’ilga beripti. Keyn bir uyga kelib ona qizni ko’rishipdi. Otasi qizga uylanibdi, onasi esa og’ilga. Ularning bolalari bir biriga kim bolishadi
Tog’ali jiyanmikin, yoki begona deyilarmikin, anig’ini bilmadim men ham
Qiz bilan yigit yolda ketayotsa qizning ko’zi bir uzun daraxtga tushadi, daraxtni uchida bir gul o’sib turgan bo’ladi, daraxtni yonida odam boyiday keladigan narvon turadi. Diqqat yigit gulni qanday oladi?
Daraxtning uchida gul bo’lmaydi
qanqay yuklab olsa bo’ladi matnni
Salom men manabu savolni javobini topa olmadim
1. qamoqxonada bir kishiga savol berishibdi, agar savolni javobini topsa, qo’yib yuborilar ekan. 8ta harf, oxirgi 3ta harfi zo’r bilan tugaydi. maxbus savolni javobini topa olmabdi, qamoq muddati tugagach uyga kirib qarasa o’sha buyum turgan ekan. lekin televizor emas. nima bu?
kanalinglani anchadan beri kuzataman va mantiqiy savollarga qiziqaman.
Hammaga salom.Juda kizikarli sowollar ekan ozmoz kyýyn ham ekan
SAWOLLARIŇGIZGA GAP YOK. OMAD SIZLAGA

Qaysi mahsulot erimaydi?
Maktab bizga nimani órgatmaydi???????? Javobi nima
Bir qiz onasining janozasida bir kiwini yoqtirib qoladi ertasi kuni singlisini o’ldiradi nma uchun
A u kiwini ko’riw uchun
B sibglisi u odamni tanigani uchun
C onasi aytgani uchun
D singlisi bn uriwib qolgani uchun
Javobini topiwga yordam bering iltimosss
Ishlaringizga omat. Judaham yokdi menga
Hech kachon tomi ozgarmaydigan narsa asal
A
Javop
Kishini korush ucun singlisini olduradi.
Chunki u gor kozadiganmi
Yoki motam marosimlarni otgazadiganmi bolip ishlaydi
zoooooo omad
zoooooorrrrr daxshattttt hammasai qiziqarli
menmga hammasi yoqqqqdiii
hammasi qiziqarli ekan

Matematika fanidan mantiqiy savollar bo’lsa yaxshi bo’lardi
Och qoringa ninani yeb bolmaydi
Topishvoriylar
Salom mendaham bir topishmoq bor edi
4 lop lop 2 din din 1 shipildin bu topishmoq hayvonlar togrisida
Bola choynak va uning qopqog‘i uchun 11 so‘m sarfladi Choynakning narxi qopqog‘iga qaraganda 10 so‘m qimmat qopqoqni narxi qancha degan savol berilgan ekan JAVOBI 50 TIYN(50 tiyin+10 som coynakning narxi )qanday qjlib tushinmayapmiz BAXTIYOR ROZIQ yordam berib yuboring email izga xabar ham tashlagandim
Topishmoqni topkanlar bormi